Domodedovo xalqaro aeroporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Domodedovo Xalqaro Aeroporti (rus. Международный Аэропорт Домодедово) - Rossiyadagi Moskva viloyati va Moskva shahrining xalqaro maqomdagi aeroportidir. 2012-yilga koʻra ushbu aeroport yoʻlovchi tashish boʻyicha Rossiyada eng yirik hisoblanadi. Aeroport Moskva viloyatining Domodedovo okrugi va Ramenskoe rayoni chegarasida, Moskva markazidan janubi-sharqda 45 kilometr uzoqlikda joylashgan. Rasmiy nomi - «Moskva Domodedovo».

Domodedovo Aeroporti Dunyoning koʻplab mamlakatlari shaharlari qatori Oʻzbekistonning turli shaharlaridan ham reyslarni qabul qiladi. Bular: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus, Andijon, Namangan va Fargʻona shaharlaridir. Moscow Domodedovo Airport logo.jpg