Sulton Said Xon
Sulton Said Xon | |
Yorkent xonligi | |
Hukmronligining boshlanishi: | 1514 |
---|---|
Hukmronligining tugashi: | 1533 |
Oʻtmishdosh: | Mansur Xon |
Voris: | Abdurashid Xon |
Tugʻilgan sanasi: | 1487 |
Vafot sanasi: | 1533 |
Vafot joyi: | Qoraquram tog`lari |
Sulton Said Xon (xitoycha: 薩亦德; 1487-yilda tug'ilgan) 1514-yil sentabrdan 1533-yil iyulgacha Yorkent xonligini boshqargan. U XV asr oxirida Moʻgʻulistonda tugʻilgan va 1348-yilda Moʻgʻuliston davlatiga asos solib, 1363-yilgacha hukmronlik qilgan birinchi Moʻgʻul xoni Tugʻlug Temurning bevosita avlodi boʻlgan. Bu davrda mo'g'ullar islomni qabul qilib, turklashgan edilar.
Ba'zi ingliz manbalarida bu hukmdor Abusaid deb ataladi.
Dastlabki yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharqiy va Gʻarbiy Turkistonni oʻz ichiga olgan Chigʻatoy ulusi parchalanishi natijasida ikki davlat vujudga keldi. Ulardan birinchisi 1370-yilda Buyuk Temur hokimiyat tepasiga kelgan Gʻarbiy Turkistondagi poytaxti Samarqand boʻlgan Movarounnahr. Ikkinchisi esa poytaxti Ili vodiysidagi hozirgi Gʻulja shahri yaqinidagi Olmaliq shahri bo`lgan Mo'g'uliston hududi edi. Mo`g`uliston Sharqiy Turkistondagi o'troq hududlar bilan bir qatorda Tangritog'dan shimolda joylashgan ko'chmanchi yerlargacha qamrab olgan. O'troq yerlar o'sha vaqtlarda Manglai Sobe yoki Mangalay Suyah ya'ni "Yaltiroq yer" yoki Quyoshga qaragan rivojlangan yer nomi bilan atalgan. Bu hududlarga gʻarbiy va markaziy Tarim vohasi — Xoʻtan, Yorkent, Yangihisor, Qashgʻar, Oqsuv, Uch Turpon kabi shaharlar kiradi; Sharqiy Tangritog` vohasi - Kucha, Qorashahr, Turpan va Kumul kabi shaharlar deyarli bo`ysunmasdi. Ularda mahalliy uyg'ur ma'muriyati va buddist aholisi o`z davlatlariga asos solishgan edi. Ko'chmanchilar yashaydigan hududlar hozirgi Qirg'izistonni va Qozog'istonning bir qismini, jumladan, Yettisuvni o'z ichiga olgan.
Oqsuv hukmdori, dugʻlat amiri Poʻladchi 1347-yilda Ili vodiysidan 18 yoshli Tugʻluq Temurni olib kelib, qurultoyda uni 1282—1307-yillarda Chig`atoy xonligini boshqargan Duvaxonning nabirasi, Chigʻatoyxonning evarasi sifatida hukmdor deb e’lon qildi. Poʻladchi barcha moʻgʻullarni Tugʻluqni xon deb tan olishga majbur qildi. Chingizxonning ikkinchi oʻgʻli Chigʻatoydan Tugʻluq Temurgacha boʻlgan xonlar “Chagʻatoy xonlari”, Tugʻluq Temurdan boshlab uning avlodlari “Moʻgʻul xonlari” nomi bilan mashhur.
Mo'g'uliston taxminan 100 yillar mavjud bo'lib, keyin uch qismga bo'linadi: poytaxti Yorkent bo'lgan G'arbiy Qoshg'aristonning barcha o'troq yerlarini qamrab olgan Yorkent davlati, Tengri Tog'dan shimoliy ko'chmanchilar yerlarini qamrab olgan Mo'g'uliston va Sharqiy Qashg'ariya, Turpan va Kumul havzalarining o'troq yerlarini o'z ichiga olgan Uyg'uriston.
Yorkent davlatining asoschisi duglat qabilasidan boʻlgan mirzo Abu Bakr edi. 1465-yilda u qoʻzgʻolon koʻtarib, Yorkent, Qashgʻar va Xoʻtanni egallab, oʻzini mustaqil hukmdor deb eʼlon qiladi. Abu Bakr qalmiqlarga qarshi yurishi vaqtida Moʻgʻuliston hukmdorlari Yunusxon va uning oʻgʻli “Qassob” laqabli Ahmad Aloqning hujumlarini muvaffaqiyatli qaytardi. 1462-yilda moʻgʻul xoni Doʻst Muhammad koʻchmanchi turmush tarzini inkor etib, Oqsuvda muqim istiqomat qila boshladi va natijada Sharqiy Qashgʻaristonning Oqsuv, Uchturpan, Bay, Kucha, Qorashar, shuningdek, Turpan va Kumul kabi shaharlari Sharqiy xonlik yoki Uygʻuriston sifatida ajralib chiqadi.
Dug'lat amirlari XIII asr o'rtalaridan boshlab Tarim havzasidagi Tangritog'dan janubda joylashgan mamlakatni Chig'atoyxon va uning avlodlari nomidan boshqarishgan. Toʻgʻridan-toʻgʻri Chagʻatoydan yerlarni olgan birinchi dugʻlat hukmdori amir Bobdagan yoki Tarxon edi. Amirlikning poytaxti Qashqar shahri boʻlib, mamlakat “ Mamlakati Qashgʻar ” nomi bilan mashhur edi. Sharqiy Turkistonning oʻtroq aholisi davlati boʻlgan amirlik rasman moʻgʻul xonlari tasarrufida boʻlsa-da, dugʻlat amirlari qaramlikka chek qoʻyishga harakat qilib, tez-tez qoʻzgʻolon koʻtarib turishgan, shulardan biri Qashgʻarning Mo`g`ulistondan 15 yildan ziyod (1416-1435) ajralishiga sabab bo`ldi.
Mirzo Abu Bakr Yorkentni 48 yil boshqargan va uning hukmronlik davri boshqa mamlakatlarda boʻlmagan noyob va yuqori samarali ijro etish tizimini yaratgani bilan ajralib turadi. Mirzo Abu Bakr eski Yorkent shahrida qazishlar vaqtida oltin qum va kumush tangalar (Balish) bilan to'ldirilgan 29 ta katta kosani topgach, butun mamlakat bo'ylab barcha eski shaharlarda va Taklamakan cho`lining ko`plab joylarida qazish ishlarini boshlashni buyurdi. Ommaviy qazish ishlarini olib borishda ishchi kuchi sifatida u har qanday yoshdagi erkak va ayol mahkumlardan foydalandi. Qazilgan joylar Qaziq nomini oldi va mahkumlar uchun ko'plab kazarmalar barpo etilib, qo`riqchilar tayinlandi. Sudlanganlar mamlakatning turli burchaklaridan bosqichma-bosqich Qaziqqa jo'natildi va qazish ishlari yil davomida to'xtovsiz davom ettirildi. Ushbu majburiy mehnat tizimidan foydalanib, u o'z hukmronligi davrida juda katta miqdordagi xazina to'plab, yuzlab va hatto ming yillik nodir va qimmatbaho buyumlarga ega bo'ldi.
1514-yil may oyida Yunusxonning nabirasi (1462—1487-yillarda Moʻgʻuliston hukmdori) Ahmadxonning uchinchi oʻgʻli Sulton Saidxon atigi 5000 nafar qabiladoshlari (9 moʻgʻul qabilasi – Duglat, Duxtuy, Barlos, Yorki, O`rdabegi, Itarchi, Konchi, Churas va Bekchi) bilan Andijondan Qashgʻarga qarshi yurish qildi. Qashgʻarni janubiy tomondagi himoya qal'asi Yangihisorni egallab, Mirzo Abu Bakrni taxtdan tushirib, shaharni egalladi. Koʻp oʻtmay Yorkent davlatining boshqa shaharlari — Yorkent, Xoʻtan, Oqsuv va Uch Turpon ham unga qoʻshilib, Sulton Saidxonni hukmdor deb tan oldi va Oltishahr deb nomlangan oltita shahardan iborat ittifoq tuzdi. Sulton Saidxonning kutilmagan muvaffaqiyatiga aholining mirzo Abu Bakrning hukmronligidan noroziligi va dugʻlat amirlarining Chigʻatoyxon avlodidan boʻlgan shaxsga qarshi kurashishni istamagani sabab boʻldi. Amirlar qarshilik o`rniga sobiq hukmdorning boshini kesib, Sulton Said Xon huzuriga keltirishga qaror qiladilar. Ushbu g`alaba Dugʻlat amirlarining Gʻarbiy Qoshgʻariya (1219–1514) shaharlarida deyarli 300 yillik (nominal va haqiqiy) hukmronligiga chek qoʻydi. Oʻz xazinalarini 900 ta eshakka ortib, o`z tarafdorlari bilan Yorkentdan Ladaxga qochib ketayotgan Abu Bakr mirzo Sulton Saidxon yuborgan Dugʻlat va Barlos amirlari tomonidan taʼqib qilindi. Ular unga Karangutog' tog'larida yetib olishdi, lekin Mirzo Abu Bakr 900 ta eshakning hammasini o'ldirib, barcha xazinani Qoraqosh daryosiga tashlab, qochishga muvaffaq bo'ldi. Qochish paytida u Kashmir va Kichik Tibetda (Ladax) joylashtirilgan barcha garnizonlardagi qo'shinlar tarqab ketganini ko`radi. Ladaxda qolishning iloji yoʻqligini anglab, orqaga qaytib Sulton Saidxonga taslim boʻlishga qaror qiladi. Ammo Yorkentga qaytayotganida unga xiyonat qilgan Dugʻlat amirlari tomonidan qoʻlga olinib, oʻldiriladi.
Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu vaqtda deyarli butun Gʻarbiy Turkiston (Movarounnahr) Shayboniyxonning koʻchmanchi oʻzbeklari tomonidan bosib olindi, ular Buyuk Temur va Chigʻatoyxonning barcha avlodlarini qirib yuborishdi. Sulton Saidxon oʻz zodagonlari bilan Qashgʻarga koʻchib oʻtib jonini saqlab qoladi. 1516-yilda u 1543-yilda vafot etgan Chalish va Turpan (Uygʻuriston) moʻgʻul xoni Mansurxon bilan sulh shartnomasi tuzadi. Natijada mamlakatning sharqiy qismi Tangritogʻ janubi va qisman shimoli, jumladan, Bay, Kucha, Chalish (Qorashahr), Urum (Urumchi), Turpan, Kumul, Shajou (Dunxuan) shaharlari uning davlatiga qoʻshildi. Ushbu XIII asr o'rtalarida Mo'g'ul imperiyasining Beshinchi Ulusi deb ataladigan sobiq Uyg'uriya (856-1335) davlatining sobiq hududlari. Beshinchi ulus deyilishining sababi Uyg'uriyaning sobiq hukmdori idikut Baurchuk Art Tekin Chingizxonning qizi Altun Begiga uylangan. Xon 1211-yilda Chingiz tomonidan uning beshinchi oʻgʻli deb eʼlon qilingan[1]
Yorkent xonligi va Min sulolasi oʻrtasidagi munosabatlar yaxshi rivojlanmagan edi. Mansurxonning muqaddas yurishlari, jumladan, sariq uygʻurlarga qarshi uyushtirilgan yurishlari tufayli Yorkentning uzoq sharqiy chegaralari Buyuk Xitoy devorining gʻarbiy tomonidagi Jiayuguan dovonigacha yetib bordi. Sariq uyg`urlar - yoki Yugurlar deb atalgan 1529-yilda Mansurxonning muqaddas yurishlaridan qochib, Minlarning Gansu viloyatida panoh topgan tibet buddizmiga sig`inadigan uyg'urlar. Bu vaqtga kelganda Ipak yo'li savdosining to'liq yo'q bo'lib ketishini ushbu yurishlar bilan ham izohlash mumkin.

Sulton Said Xon qariyb 20 yillik hukmronlik davrida Tangritogʻdan janubdagi Qashgʻardan Qumulgacha kelib chiqishi va tili bir xil boʻlgan barcha oʻtroq oʻlkalarni yagona markazlashgan davlat – Yorkent xonligiga birlashtirdi. Shuningdek, Kashmir va Bolor kabi togʻli hududlar Yorkentxonligiga qaram boʻlib, soliq toʻlab, “Abul Fath Sulton Saidxon Gʻoziy ” nomi bilan kumush va tilla tangalar zarb qilgan. Zamondosh adib, dugʻlat amiri Mirzo Muhammad Haydarning ta’kidlashicha, Sulton Saidxon davrida zulmga asoslangan hokimiyat (Mirzo Abu Bakr hukmronligi) qonun va tartib hokimiyatiga oʻzgartirilgan edi. Mulkni o'g'irlash katta jinoyat hisoblanib, qattiq jazoga, jumladan, qatl qilishga hukm qilinardi. Dehqonlarga ishdan keyin asbob-uskunalarini dalada qoldirish, uy xoʻjaliklari egalariga esa uylarining eshiklarini qulflamaslik tavsiya etilgan. Chet ellik savdogarlar istalgan shaharga yetib kelgach, yuklarini toʻgʻridan-toʻgʻri ko`chada qoldirishlari mumkin edi va bir necha kun dam olib, qaytib kelgach, oʻz mollarini qoldirgan joylarida — xavfsiz va daxlsiz holatda topishlari mumkin edi.
Saidxon Yorkent xonligidan Himolay va Qorakoram tizmasi boʻylab chegarada joylashgan Boburiylar imperiyasining asoschisi, amakivachchasi Bobur bilan yaqin munosabatda boʻlgan.[2]
Sulton Saidxon uyushtirgan harbiy yurishlari uchun ba'zida G'oziy unvoni bilan tilga olinadi.[3] Sulton Saidxon hukmronligi davrida xojalar ta'sir doirasi oshdi.[4]
Uning hukmronligi davrida 1527—1528-yillarda oʻgʻli Rashid va Mirzo Muhammad Haydar qoʻmondonligida Bolorga,[5][6] 1529-yilda[7] mahalliy aholining iltimosiga koʻra Badaxshonga yurishlar boʻlgan. Bu vaqtda Badaxshon Boburkasal boʻlib qolganligi va oʻzining toʻngʻich oʻgʻli Humoyun mirzoni Badaxshondan (1520—1528-yillarda Badaxshonda hukmronlik qilgan) vafot etgan taqdirda vorisi bo`lishi uchunAgraga chaqirib olgani va Sulton Saidxonning Badaxshondagi huquqlarini Shoh Begning nabirasi sifatida tan olgani sababli hukmdorsiz qolgan edi. Sulton Saidxon Badaxshonga kelganida, Boburning kenja oʻgʻli Hindol mirzo allaqachon Badaxshon poytaxti Zafar qoʻrgʻonida, oldindan qoʻshin bilan Badaxshonga joʻnatilgan Mirzo Muhammad Haydar esa qalʼani qamal qilayotgan edi. Zafar qal'asini qamal qilish 3 oy davom etdi. Bobur Agrada Davlat kengashini yig'di va Boburiylar imperiyasi va Yarkent xonligi o'rtasidagi urushning oldini olish to'g'risida qaror qabul qilindi. Hindal Mirzo Agraga chaqirib olindi. 1520-yilda vafot etgan Badaxshon hukmdori Mirzo Vaysxonning o`g`li Sulaymon Shoh Badaxshonning qonuniy hukmdori etib hokimiyatga tiklandi. Mirzo Vaysxon - temuriy Sulton Mahmud Mirzo va Sulton Nigorxonimning(Yunusxon va Shoh Begimning qizi) oʻgʻli.
Ladaxga ekspeditsiya va vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Said Xon 1532-yilda Ladax va Kashmirga talonchilik yurishlarini boshladi[7] Bu harbiy yurish haqidagi maʼlumotni Sultonning amakivachchasi boʻlgan sarkardasi Muhammad Haydar Dugʻlat “Tarix-i-Rashidiy” asarida yozib qoldirgan.[8]
1531-yilning kuzida (hijriy 938-yil safar oyi) Sulton Saidxon Haydar va bir necha ming kishi bilan Yorkentni tark etdi. Sulton Qoraqurumni birinchi marta kesib o'tganida og'ir balandlik kasalligiga duch keldi, ammo u tuzalib ketdi. Bir necha oylik yurishlar davomida ular Nubra vodiysini talon muvaffaq bo'lishdi. Qish yaqinlashganda kuchlarni bo'lishdi. Sulton Baltistonga jo'nab ketdi; Haydar Kashmirga joʻnab ketdi. Baltistonda Sulton mehmondo`st musulmonlar jamoasiga duch keladi, lekin ularni o'ldirdi va qul qildi. Buning sababi balki ular Yorkent sunniylariga dushman bo'lgan shialar ekanligi bo`lishi mumkin. Kashmirga borishda Haydar Zoji La yaqinida Drasni egallashdi. Kashmirda u va uning qo'shinlari Srinagar qiroli tomonidan qabul qilindi. Bahorda ikkala qo`shin ham Maryulda qayta birlashdi. Sulton Yorkentga qaytishga qaror qildi, lekin u qaytishidan oldin Haydarga Tibetni Islom uchun zabt etishni buyurdi.[9][10]
Sulton Saidxon Yorkentga qaytayotganda Daulat beg Oldi hududida vafot etgani aytiladi.[11][12][3] U 1533-yilda baland tog'da o'pka shishi tufayli vafot etdi.[7][13] Genri Valter Bellyuning ta'kidlashicha, uning o'limi Daulat Beg Oldida sodir bo`lgan. Sultonning o'limi haqidagi xabar Abdurashidxonning taxtga chiqishida qonli voqealarga sabab bo`ldi. Abdurashidxon Tibetdagi kuchlarni chaqirib, Haydarni surgun qilishga qaror qildi. Bu vaqtga kelganda Haydar Baryangning Changpa tibetliklariga qarshi bir qancha muvaffaqiyatlarga erishayotgan, lekin uning qo`shinlari balandlik va noqulayliklardan juda ko'p jabr ko'rgan edi. Qo'shin Yorkentga qaytganida, dastlabki bir necha ming kishilik qo`shindan o'ntadan kamroq odam qolgan edi. Surgundagi Haydar Badaxshondagi xolasinikidan panoh oladi. Oxir-oqibat u Boburiylar imperiyasi tomoniga o`tadi va u yerda " Tarix-i-Rashidiy" asarini yozdi.[9][10]
Keyingi voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sulton Saidxondan so`ng Yorkentda 1533—1560-yillarda hukmronlik qilgan oʻgʻli Abdurashidxon taxtga oʻtirdi.
Tarixchi Mirzo Muhammad Haydar 1546-yilda Kashmirda yozgan mashhur “Tarix-i Rashidiy” kitobida mamlakatning sharqiy qismini “Sharqiy xonlik yoki Uygʻuriston” deb atagan. Bu davlatning poytaxti Yorkent boʻlib, Eron manbalarida mamlakati Saidiya, mamlakati Yarkand, mamlakati Moʻgʻuliya nomlari bilan mashhur boʻlgan. Ushbu mamlakat XV-XVI asrlarda Tangritog'dan shimoldagi barcha Mo'g'ul yerlarini bosib olgan qirg'iz, qozoq va jung'orlarning ko'chmanchi qabilalari tomonidan yo'q qilindi. Mo'g'ullarning avlodlari (asosan barlas, chura va arlat qabilalaridan bo'lgan 5000 ga yaqin oila) Qoshg'ariyaga ko'chib o'tib, mahalliy 1 000 000 uyg'ur aholisi bilan aralashib ketishdi. Mo'g'ullarning 30 000 kishilik bir guruhi Temur avlodi Boburga qo'shildi. Hindistondagi Boburlar davlati 1529-yilda (Bobur va Sulton Saidxon Badaxshon atrofidagi masalani tinch yoʻl bilan hal qilganlarida) Yorkent xonligini tan olgan. Movarounnahrdagi Shayboniylar davlati esa 1538-yilda tan oladi.
Balxlik tarixchi Maxmud ibn Valiyning yozishicha, bu oʻlka keyinchalik “Qashgʻar va Uygʻuriston” nomi bilan mashhur boʻlgan (“Bahr al-asror”, “ Sirlar dengizi”, 1641-1644). Qashgʻar tarixchisi Muhammad Imin Sadr Qoshgʻariy 1780-yilda oʻzining “Bosqin izlari” (“ Asar al-futuh”) kitobida mamlakatni Uygʻuriston deb tilga olgan (u Moʻgʻuliston deb atagan Jungʻoriya va Bagʻiston (Bog'lar mamlakati) deb atagan Ili daryosi vodiysidan farqli oʻlaroq). Uning yozishicha, bu buyuk mamlakat Tangritogʻdan janubda joylashgan oltita shahar — Qashgʻar, Yangihisor, Yorkent, Xo`tan, Oqsuv (Ardabil) va Uch Turpon (Safidkuh) — Oltishahr deb ataladigan shaharlar, shuningdek, Kucha, Chalish (Qorashahr), Turpan va Qumuldan iborat. Uning soʻzlariga koʻra, mamlakat tashqi dushmanlar hujumi tufayli emas, balki uning diniy yetakchilari xoʻjalarning shaxsiy ambitsiyalari tufayli qulagan. Xojalar 1678-yilda jung`orlarni taklif qilib, shaxsiy hokimiyatga ega bo`lish maqsadida soʻnggi Moʻgʻul xonlaridan biri Ismoilxonni taxtdan agʻdargan oq togʻliklar (oq togʻliklar) va qora togʻliklar (qora togʻliklar) bir-birlaridan nafratlanadigan va bir-birlarini o`ldiradigan ikki dushman guruhga boʻlingan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Yuan Shi, volume 122 which contains the biography of Baurchuk Art Tekin, composed in 1370 by official Bureau of History in Ming Dynasty China as the official chronicle of Yuan Dynasty.
- ↑ Bano, Majida (2002). „Mughal relations with the Kashghar Khanate“. Proceedings of the Indian History Congress. 63-jild. 1116–1119-bet. JSTOR 44158181. „Babur, the founder of the Mughal Empire, and Sa'id Khan were cousins, and the relationship was recognised in Babu'r memories. In a sense the Khanate and the Mughal Empire were built together, though there could be no military cooperation between the two, given the heights of the Hamalayas and the Karakoram Range that separated the two states.“
- ↑ 3,0 3,1 Bhattacharji, Romesh. Ladakh - Changing, yet Unchanged. Rupa Publications Pvt Ltd, 7-iyun 2012-yil. ISBN 978-8129117618. „Some 400 years earlier, in ad 1527, a Yarkandi invader, Sultan Saiad Khan Ghazi (also known as Daulat Beg) of Yarkand, briefly conquered Kashmir after fighting a battle along this pass. He died in 1531 at Daulat Beg Oldi (meaning, where Daulat Beg died) at the foot of the Karakoram pass, after he was returning from an unsuccessful attempt to invade Tibet.“
- ↑ Grousset, p. 500
- ↑ Holdich, Sir Thomas Hungerford. Tibet: The Mysterious. Frederick A. Stokes, 1906 — 61 bet.
- ↑ Cacopardo, Alberto M.. Gates of Peristan: History, Religion and Society in the Hindu Kush. Istituto Italiano per l'Africa e l'Oriente, 2001 — 47 bet. ISBN 9788863231496. „Mirza Haidar who led in 934/1527-28 an Islamic incursion into "Balur", describing it as "an infidel country (Kafiristan)" inhabited by "mountaineers" without any "religion or a creed" (Mirza Haidar 1895: 384), located "between Badakhshan and Kashmir" (ibid.: 136).“
- ↑ 7,0 7,1 7,2 Baumer, Christoph. History of Central Asia, The: 4-volume set. Bloomsbury Publishing, 2018. ISBN 978-1838608675.
- ↑ Bellew, Henry Walter. The history of Káshgharia. Calcutta: Foreign Department Press, 1875 — 66–67 bet. „(p66) Daulat Beg Uild... "The lord of the State died"... (p67) Hydar... wrote the Tarikhi Rashidi from which these details are derived“
- ↑ 9,0 9,1 Kohli, Harish. Across the Frozen Himalaya: The Epic Winter Ski Traverse from Karakoram to Lipu Lekh. Indus Publishing, 2000 — 66–67 bet. ISBN 978-81-7387-106-1. „According to H.W. Bellew, he was no ordinary traveller but a great warrior, a partisan of Babur, the conqueror of Ferghana and the king of Yarkand and Kashgar.“
- ↑ 10,0 10,1 „Bellew, Henry Walter (1875). "Kashmir and Kashghar. A narrative of the journey of the embassy to Kashghar in 1873-74". Trubner & Co. pp. 95–98. Retrieved 3-yanvar 2020-yil – via Internet Archive.“.
- ↑ Albert von Le Coq. Buried Treasures of Chinese Turkestan: An Account of the Activities and Adventures of the Second and Third German Turfan Expeditions. Taylor & Francis, 14-dekabr 2018-yil — 292 bet. ISBN 978-0-429-87141-2. „Daulat Bak Oldi (the royal prince died here), close to the Karakorum pass, is so called because the Sultan Said Khan of Kashgar, on his return from a successful campaign against West Tibet, died here from mountain sickness (Plate 50)“
- ↑ Howard, Neil; Howard, Kath (2014), „Historic Ruins in the Gya Valley, Eastern Ladakh, and a Consideration of Their Relationship to the History of Ladakh and Maryul“, in Lo Bue, Erberto; Bray, John (muh.), Art and Architecture in Ladakh: Cross-cultural Transmissions in the Himalayas and Karakoram, 68–99-bet, ISBN 9789004271807: "When his Khan decided to return home because of ill health, leaving Mirza Haidar to destroy "the idol temple of Ursang (i.e. Lhasa)", he "set out from Maryul in Tibet, for Yarkand". He "crossed the pass of Sakri", which must be that above Sakti (not the Kardung pass as Elias and Ross suggest), descended to Nubra and died at a camping place named Daulat Beg Uldi which is two-and-a-half hours below the Karakoram Pass."
- ↑ Rasuly-Paleczek, Gabriele. Central Asia on Display: Proceedings of the VII Conference of the European Society for Central Asian Studies Katschnig: . LIT Verlag Münster, 2005 — 29 bet. ISBN 978-3-8258-8586-1. 2-yanvar 2020-yilda qaraldi. „On the 16th dhu-l-hiddjja 939/July 9th, 1533, on the way back from campaign in Minor Tibet (Ladakh) the founder of the Moghuliyya-Chaghataid state in Eastern Turkestan, Sultan Said-khan died.“
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Mirzo Muhammad Haydar Duglat. Tarix-i-Rashidiy. Elias va Denison Ross tomonidan tarjima qilingan va tahrirlangan (London, 1898)
- Mahmud ibn Valiy. "Bahr al-asror" (Sirlar dengizi). 1641—1644-yillarda Balxda 7 jildda yozilgan. Balx asl matnidan B. Ahmedov tarjima qilgan. (Toshkent, 1977)
- Muhammad Imin Sadr Qoshgʻariy. Asor al-futuh (Bosqin izlari). Asl qoʻlyozma (hech qachon nashr etilmagan, 1780-yilda Samarqandda uygʻur tilida surgun qilingan muallif tomonidan yozilgan) Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining 753-raqamli, Toshkent shahridagi, Oʻzbekiston.
- Kutlukov, M. Sharqiy Turkistonda moʻgʻullar hukmronligi. (Moskva, Nauka, 1970)
- Qutlukov, M. Yorkand davlatining vujudga kelishi haqida. (Almati, Gym, 1990)