Agra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Agra 03-2016 04 Taj Mahal from Mehtab Bagh.jpg

Agra — Hindistonning shimolidagi shahar, Uttar-Pradesh shtatida, Jamna (Yamuna) daryosining oʻng sohilida. Aholisi 899 ming kishi (1991). Yirik temir yoʻl tuguni. Agra — Bombay avtomagistralining oxirgi manzili. A. 16 — 19-asrlarda Boburiylar qarorgohi (poy-taxti) boʻlgan, ayniqsa Akbar va Shoh Jahon davrida ravnaq topgan (16 — 17-asrlar). A.da 16 — 17-asrlarga doir musul-mon meʼmorchiligining ajoyib yodgorliklari saqlanib qolgan. „Agra-Fort“ (16-asr) qasri va uning ichida „Marvarid mayejid“ (17-asr), bir qancha saroylar bor. A. ya kip i da Shoh Jahon va uning xotini (Mumtoz Mahal) maqbarasi — Tojmahal joylashgan (17-asr oʻrtalarida qurilgan). Tojmahal Sharq meʼmorchili-gining ajoyib namunasidir. Jome mas-jid (1628), Eʼtimod ud-Davla maqbarasi (1628) kabilar jahon meʼmorchiligi durdonalaridan hisoblanadi. Bularni qurishda hind ustalari bilan birga Buxoro va Samarqand ustalari ham qatnashgan. 19 — 20-asrlarda A. qayta tiklandi. Shahar tashqarisidagi bogʻda alohida ansamblni tashkil etgan universitet binosi (1927) Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslu-bida qurilgan. A. binolari marmarga ishlangan oʻyma va qadama naqshlari, fil suyagidan ishlangan buyumlari bilan mashhur. A. sanoati asosan koʻn poyabzal, oziq-ovqat, qogʻoz, oynashisha korxonalari, Hindistonning shimolidagi eng yirik „Jons-Mils“ yigiruv kombinati, elektr-texnika va boshqa korxonalardan iborat. Qoʻlda gazlama toʻqish va badiiy buyumlar yasash hunarmandchiligi taraqqiy etgan. A.da universitet (1927) va Mahatma Gandi asarlarining maxsus kutubxonasi bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil