Humoyun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Humoyun (1508.6.3 - 1556.27.1) -Boburiylar davlati hukmdori (153040, 155556). 1530 yil H. otasi Boburning Hindistondagi mulklariga ega boʻlgan. Sekin-asta Gujarot, Rajpu-tan, Malvani oʻz davlatiga qoʻshib olgan. Lekin oʻsib borayotgan ichki ni-zolar va ukalari Mirzo Komron, Mir-zo Feruz, Askariy Mirzo va Hindol Mirzolarnint mustaqillikka intilishlari davlatni zaiflashtirgan. Bundan foydalangan afgʻonlarning suriylar sulolasidan Shershoh Suriy Chausa shahri (1539) va Qanovuj shahri (1540) yaqinida H. qoʻshinini yengib, Dehlini egallagan. H. Eronga qochib oʻtgan. Eronning harbiy yordami bilan Afgʻo-nistonni oʻz tasarrufiga olgan. 1541 yil ukasi Hindolning piri boʻlmish Mir Ali Akbar Jomiyning qizi Hamida Bonuga uylangan. 1542 yil Akbar tugʻilgan. Shershoh oʻlimidan keyin (1545) Shim. Hindistonda boshlangan nizolar mamlakatni siyosiy jihatdan parchalab tashlagan. Sharoitdan foydalanib H. Hindistonga yurish boshlagan va 1555 yil 27 may kuni Sirxindda boʻlib oʻtgan shiddatli jangda afgʻonlar yengilganlar. Bu gʻalaba Shim. Hindistonda 2-marta boburiylar sulolasi hukmronligining oʻrnatili-shini taʼminlagan. H. oʻz kutubxonasi zinasidan tushib ketayotganda vafot etgan. H. Hindistonda bir necha maʼmuriy islohotlar oʻtkazgan. Uning davrida Mir Sayid Ali boshchiligida miniatyura maktabi yuzaga kelgan. H. fors va turkiy tillarda sheʼrlar yozgan. Akbar tomonidan Dehli shahrida H. maqbarasi qurilgan. Gulbadan begim Bobur va akasi H. haqida "[Humoyunnoma|Humoyunno-ma]" asarini yozgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Humoyun" OʻzME. H-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil