Tugʻluq Temur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tugʻluq temur (? 1362 yoxud 1363) — Moʻgʻuliston davlati asoschisi va xoni (1348 yildan). Sharqiy Turkistonda uning avlodlari 16-asrning 70-yillarigacha hukmronlik qilgan. Chigʻaytoy ulusi parchalanishi jarayonida uning sharqiy qismida Amir Poʻlodchi yordamida T.T. tuzgan davlat tarkibiga Sharqiy Turkiston, Jan. Sibir va Yettisuv kirgan. 13601361 yillardagi harbiy yurishlar natijasida T. T. Movarounnahrni egallagan. T.T. vafotidan soʻng oʻgʻli Ilyosxoja bilan boʻlgan kurashlarda Sohibqiron Amir Temur moʻgʻullarni Movarounnahr hududidan quvib chiqargan. T.T. vorislari faqat Sharqiy Turkistonga egalik qilganlar, xolos.