Dugʻlat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dugʻlat — qad. turkiy qavmlardan biri. Bular 13-asrda Chigʻatoy ulusining sharqiy mintaqalarida yashovchi yetakchi qabilalardan boʻlgan. D.lar Sharqiy Turkistonda, Issiqkoʻlning jan.da, Fargʻona vodiysining shim. r-nlarida koʻchib yurganlar. Asosiy mashgʻuloti chorvachilik boʻlgan. Moʻgʻuliston davlatiga itoat qilmagan D.lar oʻz mustaqilliklari uchun betinim kurashib, 1427— 28 y.larda Qashqarni egallaydi va bu viloyatni to 16-asrning 1-choragigacha mustaqil idora qiladi. Zahiriddin Muhammad Boburshtt onasi Qutlugʻ Nigor xonim va "Tarixiy Rashidiy" muallifi Mirzo Muhammad Haydar D.dan boʻlganlar. 15—16-asrlar davomida D.lar bir qancha guruhlarga boʻlinib ketgan. Ular Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Qorategin va Hisor viloyatlariga kelib joylashgan. D.lar hozirda oʻzbek, qozoq va qirgʻiz xalqlari tarkibiga singib ketgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil