Kontent qismiga oʻtish

Urumchi

Koordinatalari: 43°49′21″N 87°36′45″E / 43.82250°N 87.61250°E / 43.82250; 87.61250
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Urumchi
Skyline of Urumchi, Xitoy
250px
43°49′21″N 87°36′45″E / 43.82250°N 87.61250°E / 43.82250; 87.61250
Hukumat
 • mer Shuhrat Zokir
[[File:|290px|Urumchi xaritada]]

Urumchi (uygʻurcha: ئۈرۈمچی, Ürümchi), — shimoli-g'arbiy Xitoydagi eng katta va tez rivojlanayotgan shahar. Aholisi soni 2,1 milliondan ortiq, Shinjong Uyg'ur Avtonom Rayonining poytaxti. Urumchi dengizdan eng uzoq boʻlgan katta shahardir. Tyanshan tog'larining shimolida joylashgan.Ishlab chiqarishda neft,tekstil va metallurgiya asosiy o'rin egallaydi. Urumchida Xitoydagi eng katta Shamol energiyasi markazi ishlaydi.

Urumchi - Xitoydagi shahar. Sintszyan Uygʻur muxtor rayonining maʼmuriy markazi. Tyanshan togʻlarining shim. Etagida, Urumchi daryosi vodiysidagi vohada. Aholisi 2 mln. kishidan ziyod (2004), asosan, xitoylar. Muhim iqtisodiy va madaniy markaz. Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Xitoyni Yevropa mamlakatlari bilan bogʻlaydigan temir yoʻl U. orqali oʻtgan. Toʻqimachilik, oziqovqat, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik sanoatlari, sement, qogʻoz korxonalari mavjud. Untlar (Sintszyan universiteti, Islom universiteti), muzey (5—6 ming yillik tarixga ega eksponatlar: Taklamakon choʻli atrofidagi qad. shaharlar xarobalari orasidan topilgan jasadlar va matolar boʻlaklari saqlanadi) bor. Shahar oʻzining kechki bozorlari bilan mashhur. Turizm markazlaridan. Shahar yaqinida toshkoʻmir qazib olinadi.

Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, U. oʻrnida 2500-yil muqaddam turar joylar boʻlgan. Shahar sifatida Taklamakon choʻlining shim.dan oʻtgan savdo yoʻli yoqasida vujudga kelgan. Biroq shaharning siyosiy, harbiy va iqtisodiy ahamiyati 18-asr oʻrtalaridan ortib bordi. 19-asrdan 20-asr oʻrtalarigacha U.ni xitoylar Dixua deb ataganlar. Koʻhna budda ibodatxonasi boʻlgani sababli shaharning Xungmyaozi (Qizil budda ibodatxonasi) degan nomi ham boʻlgan. 1954-yildan shaharning avvalgi nomi boʻlgan U. (moʻgʻul tilida — atrofi oʻralgan dala) uning rasmiy nomi. U.da xukumat va maʼmuriy binolar joylashgan.