Kontent qismiga oʻtish

Dunxuan

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dunxuan – Xitoydagi qadimgi shahar, Gansu provinsiyasining chekka gʻarbida. Dinxuan 1-ming yillikda Xitoyni Janubiy va Gʻarbiy Osiyo orqali Yevropa bilan bogʻlaydigan Buyuk ipak yoʻlida muhim manzil boʻlgan. Dinxuandan 14 km janubi-gʻarbda gʻorlarga joylashgan budda monastiri – Syanfodun („Mingta Budda gʻori“; 353—366) bor. 480 ga yaqin gʻor saqlanib qolgan (eng kattasi Mogao, 366). 1899-yilda gʻorlarning birida Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo va Kichik Osiyo yarim orolida yashagan xalqlar tilida yozilgan 20 mingdan ortiq qoʻlyozma topilgan. 1907-yil bu topilmalarning koʻp qismi A. Steyn ekspeditsiyasi tomonidan Angliyaga olib ketilgan va Britaniya muzeyiga topshirilgan, bir qismi Pekin kutubxonasida saqlanmoqda[1].

  1. „Dunxuan“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (D-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
  • OʻzME. Birinchi jilDinxuan Toshkent, 2000-yil