Buyuk Xitoy devori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buyuk xitoy devori (xitoycha "Vanli chongchang" — "10 ming li uzunliqdagi devor"), Saddi Chiniy — Shim. Xitoydagi qalʼa devori. Qad. Xitoy meʼmorligining ulkan yodgorligi. Qalʼa devori sifatida dastlabki kismi mil. av. 4—3-a.larda (tosh va gʻishtdan ishlanib, ichini tuproq bilan toʻddirib, shibbalab) qurilgan. Mil. av. 2— 1-a.larda Gʻarbga tomon 500 km ga uzaytirilgan. Keyinchalik uni qurish va mustahkamlash ishlari (eng muhimi 14—15-a.lar) davom etgan. 1953 y.da Szyuyyunguan qalʼasi (Pekin) yaqinidagi qismi taʼmirlangan. B. X. d. Szyuyyunguan qalʼasi (Gansu viloyatining gʻarbi) va Shanxayguan (Lyaodun koʻrfazi qirgʻogʻi) qalʼaqoʻrgʻoni oraligʻida choʻzilgan; koʻtarilish joylari va tarmoqlari bilan uz. 5000 km ga yaqin (toʻliq saqlanmagan). Xitoy arxeolog olimlarining 2001 y.dagi i.t.lariga koʻra, Xitoyning jan.gʻarbidagi sunʼiy tepalik ham B.X.d.ga daxldorligi — uning davomi ekanligi anikdandi. Bu bilan B.X.d.ning umumiy uz. 530 km ga koʻpaydi. B.X.d.ning bal.— 6,6 m (shinaklarining devorlari bilan 8—10 m gacha), kengligi — asosida 6,5 m dan yuqorisida 5 m gacha. Har bir necha yuz metrda soqchilar uchun toʻrtburchakli burjlar (bal. 10—12 m) qurilgan, har 10 km da kuzatish va xabar berish uchun minoralari, togʻdagi muhim oʻtish joylarida mustahkam qoʻrgʻonlari boʻlgan. B. X. d. meʼmoriy yodgorlik sifatida saqlanadi.

Alisher Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonida B.X.d. "Saddi Chin" devori nomi bilan tilga olingan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil