Yorkend

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yorkend (qad. nomi Sakaraoʻl, xitoycha Shache) — Xitoyning SinszyanUygʻur muxtor rnidagi shahar, Qashqar viloyatining Yorkend tumani markazi (1980 y.gacha Qashqar viloyati markazi). Taklamakon choʻlining gʻarbiy qismida, Yorkenddaryoning oʻng sohilida, 1200 m balandlikda joylashgan. Aholisi qariyb 547,5 ming kishi, asosan uygʻurlar, qisman oʻzbeklar, xitoylar ham yashaydi. Yo. 2 qism — musulmonlar yashaydigan Yo. va xitoylar yashaydigan Shachedan iborat. Muhim savdo va tranzit punkti. Yo. yirik dehqonchilik (gʻallakorlik, paxtachilik), bogʻdorchilik va ipakchilik rnining markazi. Oziqovqat sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda gilam, ip gazlama va shoyi toʻqiladi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, mil. av 65 y. Yo.da 2300 dan ziyod xonadon boʻlgan, aholisi sak (yun. manbalarida skif)lar deb koʻrsatilgan. Yo. 1465— 1759 y.larda butun Sharqiy Turkistonni oʻz ichiga olgan Yorkend xonligining markazi edi. Shahar atrofidan temir rudasi va qimmatbaho yashma toshi olingan. Yo. orqali qadimda Oʻrta Osiyodan Sharqiy Turkistonning boshqa shaharlari va Hindistonga boradigan karvon yoʻli oʻtgan. Shahar Buyuk ipak yoʻlida joylashganligidan qadimdan hunarmandchilik (gilam, ip gazlama, shoyi toʻqish) ravnaq topgan. Shaharda qad. obidalardan malika hamda shoira Omonisaxon (16-asr) maqbarasi va xon daxmalari (Oltunum) saqlangan. Oʻzbek shoiri Furqat (1859—1909) umrining soʻnggi yillari Yo.da yashab ijod qilgan, 1990 y.da shoir qabri ustiga maqbara qurilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil