Hindol mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hindol mirzo (1518 - Kobul -1551) — boburiylarp&n. Boburnnng 4-oʻgʻli. Onasi Dildor begim. Boburshoh Hindistonni fath qilishga kirishgan (Bahrani olgan) davrida shu farzandi tugʻilgan, shuning uchun "Hindni ol!" ramziy maʼnosida Hindol deb ism qoʻygan. Bobur hayotligida u Badaxshon hukmdori edi (1526—30). Humoyun taxtga oʻtirgach, ukasi H. M.ga Mevat va Olur viloyatlarining hukmronligini bergan (1530—38). 1538 yil boburiylar oʻrtasidagi ichki nizolardan foydalangan Shershoh Bihar, Junpur va kanaujgacha boʻlgan yerlarni bosib olgan. Shu asnoda H.M. Humoyunshohga qarshi bosh koʻtargan va Agra shahrini bosib olgan hamda oʻzini podshoh deb eʼlon qilgan. Biroq Komron Mirzo oʻz qoʻshini bilan kelib, Agrani H.M.. dan tortib olgan. Ammo tez fursatda Shershoh Agra va boshqa shaharlarni birin-ketin bosib olgach, Komron Mirzo bilan H. M.Kobulga qochishgan. 1544 yilda Humoyun Erondan qay-tib kelgach, boshqa ukalari qatori H.M.ning ham gunohini kechirgan. H.M. umrining oxirigacha Humoyun-shohga sodiq qolgan.

H.M. sheʼriyatga qiziqqan, turkiy va forsiy tillarda gʻazallar yozgan.

1551 yildagi "xandaq jangi"da H.M. Komron Mirzo odamlari tomonidan yaralanadi va oʻsha kuni olamdan oʻtadi. H.M.ning jasadi Kobulda otasi boburning maqbarasi yoniga dafn etilgan. 1607 yilda Jahongirshohfarmoniga binoan H.M.ning qabriga lavha oʻrna-tilgan.

Ad.Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995.