Andijonsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Andijonsoy Andijon shahrida

AndijonsoyAndijon viloyatidagi kanal. Umumiy uz. 76,7 km, suv o‘tkazish imkoniyati 45,0 m³/sek. Kanal Andijon suv omboridan suv oladi va Katta Fargʻona kanaliga tashlama bilan tugaydi. Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, An-dijon, Oltinko‘l tumanlaridagi ekin-zorni suv bilan taʼminlaydi, shuningdek kanal Andijon shahridan o‘tib, biokimyo zavodini va shaharning ko‘kalamzor yerla-514rini suv bilan taʼminlashga ham xizmat qiladi. A.dan Ishkol, Jo‘raboy, Dehqon, Yangi Ko‘tarma, Qatortol, Ko‘k Gumbaz, Xo‘tan, Qo‘shariq, Derivatsiya kabi 10 ga yaqin katta-kichik kanallar va 30 ga yaqin mayda dahanalar suv oladi. A.da 6 ta yi-rik suv taqsimlash inshootlari qurilgan (ulardan 3 tasi telemexanika vositalari bilan jihozlangan). A.dan Andijon tuma-nidagi va viloyatning boshqa sharqiy-g‘arbiy tumanlaridagi, shuningdek Yomo-nadir mavzeidagi ekinzorlarga nasoslar yordamida suv chyqariladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil