Kontent qismiga oʻtish

Mashʼal-2 (futbol klubi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Mash’al-2“
Toʻliq nomi Muborakning „Mash’al“-2 futbol klubi
Asos solingan 2005-yil
Vebsayt https://fcmashal.uz/team/fcmashal
Musobaqasi Birinchi liga
Mavsumi
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Mash’al-2 — Muborak shahridagi oʻzbek futbol jamoasi, "Mash’al" jamoasining farm-klubi.

2002-yilda Nuriddin Zayniyev va Bahrom Davlatovlar sayi harakati bilan  „Mashʼal“ futbol klubi akademiyasi tashkil qilindi. Hozirgi kungacha  „Mashʼal“ futbol klubi akademiyasida 500 dan ortiq futbolchilar yetishib chiqqan.[1][2]

2005-yil mobaynida tashkil etilgan. Jamoa asosini asosan akademiya yoshlari tashkil etadi. Oʻzbekiston chempionati Birinchi ligasida 11 mavsum (2006-2012 va 2014—2017-yillar) oʻynagan.

Klub 2005-yilda Yangiyer nomi bilan tashkil topgan.[3] 2006-yildan jamoa nomi Mash’al-2 nomiga oʻzgartirildi.[4] 2010-yildan beri klub „Mashʼal Akademiya“ nomi bilan Oʻzbekiston ligasida ishtirok etadi. Mashʼal-2 asosiy jamoani taʼminlovchi hisoblanadi. Oʻzbekistondagi farm klublari alohida ligada emas, balki oʻzlarining katta jamoasi bilan bir futbolliga tizimida faqat pastki ligada oʻynashadi. Ammo farm jamoalari oʻzlarining katta jamoasi bilan bir divizionda oʻynay olmaydi. Oʻzbekiston kubogida esa asosiy jamoalari bilan birgalikda ishtirok etishlari mumkin.[5]

2009-yilda „Mash’al-2“ O‘zbekiston Birinchi ligasida ikkinchi o‘rinni egalladi, ammo „Mashʼal Muborak“ Oʻzbekiston Ligasida oʻynagani uchun oliy divizionga chiqish huquqiga ega emas edi.

„Mashʼal-2“ning sobiq oʻyinchilari Gʻanisher Xolmurodov va Sardor Rahmonov 2011-yilda Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi safida 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishgan.

  • 2006-2007 — „Mash’al“-2
  • 2008-2012 — „Mash’al-akademiyasi“
  • 2013 — „Mash’al“ FK
  • 2014-yildan — „Mash’al“-2.
  • 2Kumush medal sovrindoriBirinchi ligada 2-oʻrin (2009).

Jamoa tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yildagi jamoa tarkibi[6] Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
GK Oʻzbekiston UZB Ravshan Abdujabbarov
GK Oʻzbekiston UZB Javokhir Ilyasov
GK Oʻzbekiston UZB Ganisher Kholmurodov
DF Oʻzbekiston UZB Mamurjon Abdullaev
DF Oʻzbekiston UZB Akbar Khotamov
DF Oʻzbekiston UZB Dilshod Mamadjanov
DF Oʻzbekiston UZB Timur Dubrovskiy
DF Oʻzbekiston UZB Iskander Shoykulov
DF Oʻzbekiston UZB Sardor Rahkmanov
DF Oʻzbekiston UZB Qozim Akhmedjanov
DF Oʻzbekiston UZB Yunus Ochildiev
DF Oʻzbekiston UZB Jasur Azimov
MF Oʻzbekiston UZB Fayoz Azimqulov
R. Poz. Millati Futbolchi
MF Oʻzbekiston UZB Ildar Irgashev
MF Peru PER Julian Tapara
MF Oʻzbekiston UZB Mirzobedil Juraev
MF Oʻzbekiston UZB Sirojiddin Rakhmatullaev
MF Oʻzbekiston UZB Asatillo Ergashev
MF Oʻzbekiston UZB Ulugbek Amindjanov
MF Oʻzbekiston UZB Oybek Ishimov
MF Oʻzbekiston UZB Sardor Abduraimov
FW Oʻzbekiston UZB Timur Bekchanov
FW Oʻzbekiston UZB Ikhtiyor Toshpulatov
FW Oʻzbekiston UZB Kholmurod Kholmurodov
FW Oʻzbekiston UZB Uyghun Bobonazarov
FW Oʻzbekiston UZB Maradona Safarov
  1. „АКАДЕМИЯ“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  2. „academy_news“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  3. „arxiv nusxasi“ (Russian). FC Mashal. 2016-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  4. „Футбольна Академія «Машала»“ (Russian). ФК «Машал». 13 березня 2016da asl nusxadan arxivlangan.
  5. „arxiv nusxasi“ (Russian). FC Mashal (2010-yil 22-yanvar). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  6. Zayavochniy spisok komand Pervoy ligi-2011, 2011 (Wayback Machine saytida 2018-10-03 sanasida arxivlangan) (ruscha)