Oʻzbekiston Birinchi ligasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Birinchi ligasi
Oʻzbekiston chempionati, shu jumladan — Oʻzbekiston Birinchi ligasi oʻtkaziladigan Oʻzbekiston PFL logotipi
Davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Konfederatsiya OFK
Oʻtkazuvchi tashkilot Oʻzbekiston Professional futbol ligasi
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 3
Tashkil etilgan 2020
Jamoalar soni 12
Yuqori liga Oʻzbekiston Pro ligasi
Pastki liga Oʻzbekiston ikkinchi ligasi
Ichki kuboklar Oʻzbekiston Kubogi
Veb-sayt PFL.Uz

Oʻzbekiston Birinchi ligasi — futbol bo‘yicha Oʻzbekiston chempionati tuzilmasida Oʻzbekiston Superligasi, Oʻzbekiston Pro ligasidan keyin maqomi boʻyicha uchinchi darajali musobaqa hisoblanadi.

Oʻzbekistondagi ikkinchi darajali musobaqa ham 1992-yilda tashkil topgan paytdan boshlab va 2017-yilgacha Oʻzbekiston Birinchi ligasi deb nomlangan. 2018-yili O‘zPFL milliy chempionatlarni isloh qilgach, ikkinchi darajali musobaqa — Oʻzbekiston Pro Ligasi nomini oldi. Oʻzbekiston Birinchi ligasi esa mamlakatdagi uchinchi darajali futbol chempionati sifatida 2020-yildan qayta tashkil etildi. Oʻzbekiston Birinchi ligasi Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladi. Birinchi liga ishtirokchilari har yili O‘zbekiston kubogida saralash bosqichidan eʼtiboran ishtirok etadi.

Reglament

Birinchi liga musobaqasi ishtirokchi klublar sonidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Ayni paytda musobaqada 16 ta ishtirokchi klub mavjud. Oʻzbekiston Birinchi ligasi jami 30 ta turdan iborat ikki davrali tizimida o‘tkaziladi. Bunda har bir klub 15 ta uy va 15 ta safar uchrashuvida ishtirok etadi.

Mavsum yakunida Birinchi ligada gʻolib boʻlgan jamoa yangi mavsumni O‘zbekiston Pro ligasida boshlaydi. Birinchi liganing 2-o‘rindagi jamoasi esa Pro ligaga chiqish uchun Oʻzbekiston Pro ligasida 9-o‘rinni egallagan jamoaga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok etadi. Oʻzbekiston Professional Futbol ligasi Musobaqalar Reglamentiga binoan O‘tish o‘yiniga Birinchi ligada ikkinchi bo‘lgan klub maydoni mezbonlik qiladi.

Barcha gʻoliblar

Mavsum Gʻolib 2-oʻrin 3-oʻrin
2020 Yangiyer Paxtakor-Farm Rubin
2021 Zomin Gʻijduvon Navbahor-Farm

Umumiy jadval

2020-2021 yilgi umumiy mavsum turnir jadvali.

# Jamoa Oʻyin Gʻalaba Durang Magʻlubiyat T/N Ochko
1 Gʻijduvon (Buxoro) 37 20 4 13 88-53 64
2 Navbaxor-2 Farm (Namangan) 37 19 6 12 64-44 63
3 Zomin (Jizzax) 20 16 1 3 55-27 49
4 Paxtakor-79 (Namangan) 37 14 7 16 63-71 49
5 Lokomotiv BFK (Toshkent) 37 15 3 19 72-86 48
6 Yangiyer (Sirdaryo) 17 15 2 0 50-14 47
7 Bunyodkor-2 Farm (Toshkent) 37 14 4 19 67-68 46
8 Chigʻatoy (Toshkent Vil) 37 13 3 21 71-100 42
9 Neftgazmontaj 20 11 3 6 31-27 36
10 Rubin (Toshkent) 17 11 3 3 35-21 36
11 Paxatkor-2 Farm (Toshkent) 17 11 2 4 40-14 35
12 Jizzax-Bars (Jizzax) 37 7 7 23 38-69 28
13 Aral-Samali (Nukus) 17 7 4 6 33-29 25
14 Lochin 20 7 3 10 37-45 24
15 Jomboy 20 5 2 13 29-41 17
16 Yashnobod (Toshkent) 17 4 3 10 22-45 15
17 Zirabuloq 12 3 0 9 11-41 9
18 Andijon-2 (Andijon) 12 2 3 7 19-28 9

Yana qarang

Oʻzbeiston Superligasi

Oʻzbekiston Kubogi

Oʻzbekiston Pro ligasi

Oʻzbekiston ikkinchi ligasi

Manbalar

Havolalar