Paxtakor-79

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Paxtakor 79
Toʻliq nomi Paxtakor 79 Professional Futbol Klubi
Asos solingan 1987 (37 yil avval) (1987)
Stadion Uychi stadioni
Stadion hajmi 2500
Egasi Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi
Murabbiyi Nozim Mullaohunov
Vebsayt https://www.pfl.uz/uz/clubs/599
Musobaqasi Oliy liga
2021
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Paxtakor-79 — Namangan futbol jamoasi. Oʻzbekiston Oliy Ligasi vakili. 1979-yilgi aviahalokat natijasida halok boʻlgan[1] Paxtakor futbol jamoasi xotirasiga tashkil etilgan futbolchilar jamoasi. Oʻshanda oʻzbek futboli iftixori sanalgan „Paxtakor“ jamoasi aʼzolarining barchasi samoda halokatga uchrashgan edi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1979-yilda avia halokatda fojiali ravishda halok boʻlgan Toshkentning "Paxtakor" futbol jamoasi xotirasi sharafiga 1987-yilda tashkil etilgan. Klub bir muddat „Uychi“ nomi ostida faoliyat olib borgan.

Sobiq Ittifoq davrida klub viloyat va respublika chempionatlarida ishtirok etgan. 2013-yilgacha Oʻzbekiston Ikkinchi ligasida, shuningdek, Namangan viloyati chempionatida toʻp surgan.

2013-yilgi mavsumda „Xotira-79“ oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston Birinchi ligasi bahslarida ishtirok etadi. Biroq dastlabki bosqichda „Sharq“ guruhi tarkibida (12 ta jamoa orasida) 10-oʻrinni egallab, final bosqichiga chiqa olmagan.

2014-yilda Sharq guruhi tarkibida Birinchi liganing dastlabki bosqichida 12 ta jamoa orasida 6-oʻrinni egallaydi. Shuningdek, final bosqichida 16 ta jamoa orasida 14-oʻrinni zabt etadi.

2015-yilgi mavsumda klub final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi va bu turnirda ham 16 ta jamoa orasida 14-oʻrindan joy egallaydi (Sharq guruhida dastlabki bosqichda 10 ta jamoa orasida 4-oʻrinni egallagan).

2016-yilda 18 ta jamoa orasida yana 14-oʻrinni band qiladi. 2017-yil yakuni oldidan jamoa 17-oʻrinni egallashiga qaramay, yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston Pro-ligasi „B“ guruhida oʻrnini saqlab qoladi.

2018-yilgi mavsumda u mamlakat futbol olamida saviyasi va ahamiyati boʻyicha 2-oʻrinda qayd etiladigan Pro-liga ishtirokchisiga aylanadi. Bu turnirda ham „Xotira- 79“ futbol klubi 18 ta jamoa orasida 17- oʻrinni band qiladi. 1979-yilda avia halokatda fojiali ravishda halok boʻlgan Toshkentning "Paxtakor" futbol jamoasi xotirasi sharafiga 1987-yilda tashkil etilgan. Klub bir muddat „Uychi“ nomi ostida faoliyat olib borgan.

Sobiq Ittifoq davrida klub viloyat va respublika chempionatlarida ishtirok etgan. 2013-yilgacha Oʻzbekiston Ikkinchi ligasida, shuningdek, Namangan viloyati chempionatida toʻp surgan.

2013-yilgi mavsumda „Xotira-79“ oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston Birinchi ligasi bahslarida ishtirok etadi. Biroq dastlabki bosqichda „Sharq“ guruhi tarkibida (12 ta jamoa orasida) 10-oʻrinni egallab, final bosqichiga chiqa olmagan.

2014-yilda Sharq guruhi tarkibida Birinchi liganing dastlabki bosqichida 12 ta jamoa orasida 6-oʻrinni egallaydi. Shuningdek, final bosqichida 16 ta jamoa orasida 14-oʻrinni zabt etadi.

2015-yilgi mavsumda klub final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi va bu turnirda ham 16 ta jamoa orasida 14-oʻrindan joy egallaydi (Sharq guruhida dastlabki bosqichda 10 ta jamoa orasida 4-oʻrinni egallagan).

2016-yilda 18 ta jamoa orasida yana 14-oʻrinni band qiladi. 2017-yil yakuni oldidan jamoa 17-oʻrinni egallashiga qaramay, yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston Pro-ligasi „B“ guruhida oʻrnini saqlab qoladi.

2018-yilgi mavsumda u mamlakat futbol olamida saviyasi va ahamiyati boʻyicha 2-oʻrinda qayd etiladigan Pro-liga ishtirokchisiga aylanadi. Bu turnirda ham „Xotira- 79“ futbol klubi 18 ta jamoa orasida 17- oʻrinni band qiladi.

Klub ramzlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aviahalokatda qurbon boʻlgan futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samoda halok boʻlgan oʻyinchi va jamoa aʼzolarining roʻyxati mazkur insonlardan iborat[2]:

Ismi Tugʻilgan sanasi Tavsifi
Idgay Borisovich Tazetdinov 13.01.1933 Murabbiy
Vladimir Vasilevich Chumakov 08.12.1932 Shifokor
Mansur Inomjonovich Tolibjonov 04.04.1944 Maʼmur
Mixail Ivanovich An 19.11.1952 Yarim himoyachi
Vladimir Ivanovich Fyodorov 05.01.1956 Hujumchi
Olim Masolievich Ashirov 25.01.1955 Himoyachi
Ravil Rustamovich Agishev 14.03.1959 Himoyachi
Konstantin Aleksandrovich Bakanov 25.05.1954 Yarim himoyachi
Yuriy Timofeevich Zagumennix 07.06.1947 Himoyachi
Aleksandr Ivanovich Korchyonov 04.05.1949 Yarim himoyachi
Nikolay Borisovich Kulikov 25.04.1953 Himoyachi
Vladimir Vasilevich Makarov 09.03.1947 Yarim himoyachi
Sergey Konstantinovich Pokatilov 20.12.1950 Darvozabon
Viktor Nikolaevich Churkin 25.01.1952 Hujumchi
Sirojiddin Ahmadovich Bozorov 10.08.1961 Hujumchi
Shuhrat Moʻsinovich Eshboʻtayev 08.02.1959 Hujumchi
Vladimir Valievich Sobirov 14.01.1958 Hujumchi[3]

Hozirgi tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 1-mart holatiga[4]
Amplua Futbolchi
92  GHA DR Abraham Odonkor
30  UZB DR Dovudxon Hamidullayev
69  UZB HM Asadbek Lutfullayev
3  UZB HM Alijon Alijonov
59  UZB HM Asadbek Islomov
27  UZB HM Javohir Olimjonov
6  UZB HM Rahim Sharipov
4  UZB HM Shaxboz Tojiyev
4  UZB HM Shahzodbek Hamidov
25  UZB HM Elyor Usmonov
97  UZB YH Abdulaziz Nishonboev
7  UZB YH Akbarali Xoldorov
Amplua Futbolchi
24  UZB YH Asadbek Obidxonov
12  UZB YH Asadbek Parpiyev
13  UZB YH Bahodir Olimjonov
35  UZB Bobirshox Sobirov
9  UZB YH Bobur Mamajonov
25  UZB YH Yodgor Nazarov
29  UZB YH Jamoliddin Baxromov
26  UZB YH Ulugʻbek Aknazarov
13  UZB YH Shohruhmirzo Ahmadaliev
52  UZB HJ Ibrohimjon Qodiraliyev
23  GHA HJ Kvasi Anani Juius
77  UZB HJ Omadbek Ismoilov
17  UZB HJ Hasan Qahhorov

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Евгений Панкратов. „Оставшиеся на небесах“. UA-Футбол (28-oktabr 2008-yil). 2013-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-aprel 2013-yil.
  2. „"В один день я потерял 17 друзей. Больше в футбол играть не смог". 40 лет назад разбился "Пахтакор"“. Спорт-Экспресс (2019-yil 11-avgust).
  3. https://www.gazeta.uz/ru/2019/08/12/pakhtakor-79/
  4. „PAXTAKOR 79 PFK“. pfl.uz/. Uzbekistan Super League. Qaraldi: 10-mart 2021-yil.