Gʻijduvon (futbol klubi)
Gʻijduvon | |||
![]() | |||
Toʻliq nomi | “Gʻijduvon” Futbol klubi | ||
Laqabi | Gʻijduvonliklar | ||
Asos solingan | 1991-yil | ||
Stadion | „Gʻijduvon“ | ||
Stadion hajmi | 5000 | ||
Murabbiyi | ![]() | ||
Musobaqasi | Oʻzbekiston Pro-ligasi | ||
2018-yil | 3 | ||
|
„Gʻijduvon“ — Oʻzbek futbol klubi, Buxoro viloyati, Gʻijduvon shahri.
1991-yilda „Zarangar“ nomi bilan jamoa faoliyati boshlangan. 1993-yildan boshlab Gʻijduvon nomi bilan atalib keladi. 2013-yildan klub professional jamoa sifatida qayta jonlangan. 2023-yiil Oʻzbekiston Pro ligasi ishtirokchisidir.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1992-yili Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasida oʻynay boshlagan va soʻnggi, 16-oʻrinni egallab (17 oʻyindan soʻng musobaqani tark etgan) Ikkinchi liga tarkibiga qoʻshilgan.
Keyingi yillarda Buxoro viloyati chempionati va Oʻzbekiston Ikkinchi ligasida ishtirok etgan. Klub bir muddat vaqtincha faoliyatini toʻxtatgan, biroq 2013-yilda qayta tiklangan.
2014-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Birinchi ligasida toʻp surgan. Final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan klub, soʻnggi bosqichda Gʻarbiy guruhda 12 jamoa orasida 11-oʻrinni qayd etgan.
2015-yilda Birinchi liga bahslarida ham ishtirok etadi. Dastlabki bosqich natijalariga koʻra Gʻarbiy guruhda 8-oʻrinni qayd etib, final bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan va musoboqada soʻnggi, 16-oʻrindan joy olgan.
2016-yilgi mavsumda Birinchi ligada 18 ta jamoa orasida 15-oʻrinni egallagan. Klub 2017-yilgi mavsumni Buxoro viloyati chempionati va Ikkinchi liga bahslarida oʻtkazgan.
2018-yilgi mavsumdan boshlab „Gʻijduvon“ yana Oʻzbekiston Pro ligasi (2017-yilgacha Birinchi liga deb atalgan, mamlakat futbol olamida saviyasi va ahamiyati boʻyicha 2-oʻrin) aʼzosiga aylangan.
Murabbiylar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Murabbiy | Yillari |
---|---|
![]() |
|
![]() |
2022 - |
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Zarangar klubi footballfacts.ru ma'lumotlar bazasida
- G'ijduvon klubi footballfacts.ru ma'lumotlar bazasida
- G'ijduvon klubi teams.by bazasida