Oʻzbekiston PFL kubogi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston PFL kubogi
Davlat  UZB
Tashkil etilgan 2010-yil
Jamoalar soni Turli xil
Yuqori liga Oʻzbekiston Pro ligasi
Amaldagi chempion "Shoʻrtan" (Gʻuzor) (1-marta)
Eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar "Soʻgʻdiyona" (Jizzax) (2 marta)
TV hamkorlar

Oʻzbekiston MTRK Sport

Oʻzbekiston MTRK hududiy telekanallari
Veb-sayt pfl.uz

Oʻzbekiston PFL kubogi — Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi (Oʻzbekiston PFL) va Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (FAU) hamkorligida tashkil etilgan futbol turniri. 2010-yilda tashkil etilgan. Turnirning soʻnggi qura tashlash marosimi 2015-yilda boʻlib oʻtgan.

Kubok anʼanaviy ravishda qishda (yanvarda yoki fevralda), Oʻzbekiston chempionatining yangi mavsumi arafasida oʻtkazilib, koʻplab manfaatdor klublarga mavsumoldi tayyorgarlikni oʻtkazish imkoniyatini berar edi. Qoidaga koʻra, turnir Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan. Ayrim yillarda oʻyinlarning bir qismi Toshkent viloyatining ayrim shaharlarida (Qibray, Yangibozor) va Yangiyerda (Sirdaryo viloyati) oʻtkazilgan.

Asosan, xorijda yigʻin oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan va shu bois mamlakatimizda xorij klublari va kuchli jamoalar bilan oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlmagan klublar, yetakchi klublarnining oʻrinbosarlar tarkibi, Farm klublar Oʻzbekiston PFL kubogida qatnashganlar. Turnirda Superliga jamoalaridan asosan „oʻrta darajalilar“ va „autsayderlar“ ishtirok etgan. Turnir ishtirokchilarining asosiy qismini Oʻzbekiston chempionati quyi liga klublari tashkil etadi.

Turnirda Oʻzbekistonning har bir futbol klubi ishtirok etishga haqli, bular Oʻzbekiston Superligasi, yoki Oʻzbekiston Pro-ligasi klublari, Oʻzbekiston Ikkinchi ligasi ishtirokchilari, shuningdek, mamlakatning tuman yoki shahar chempionatlari ishtirokchi klublari boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston PFL kubogida xorijiy futbol klublari ham ishtirok etishgan. Shunday qilib, 2011-yilgi Oʻzbekiston PFL kubogi turnirida Qozogʻistonning „Ordabasi“ klubi, 2012-yilgi turnirda Qozogʻistonning yana bir klubi „Oq bulaq“ ishtirok etgan.

Barcha finallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Gʻolib Finalchi Hisob
2010-yil Xorazm (Urganch) Bunyodkor (Toshkent) 2:1
2011-yil Soʻgʻdiyona (Jizzax) Lokomotiv (Toshkent) 1:1 (4:3 pen.)
2012-yil Soʻgʻdiyona (Jizzax) Olmaliq FK 3:1 q.v.
2013-yil Olmaliq FK Paxtakor-2 (Toshkent) 3:0
2014-yil Mashal (Muborak) Obod (Toshkent) 3:1
2015-yil Shoʻrtan (Gʻuzor) Mashal (Muborak) 2:2 (4:2 pen.)
2019-yil Iftixor (Fargʻona) Oqtepa (Toshkent) 2:2 (4:2 pen.)

Barcha gʻoliblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublar Gʻalabalar Finalchi
soni yillar soni yillar
Soʻgʻdiyona (Jizzax) 2 2011, 2012
Olmaliq 1 2013-yil 1 2012-yil
Mash’al (Muborak) 1 2014-yil 1 2015-yil
Xorazm (Urganch) 1 2010-yil
Shoʻrtan (Gʻuzor) 1 2015-yil
Iftixor (Fargʻona) 1 2019-yil
Bunyodkor (Toshkent) 1 2010-yil
Lokomotiv (Toshkent) 1 2011-yil
Paxtakor-2 (Toshkent) 1 2013-yil
Obod (Toshkent) 1 2014-yil
Oqtepa (Toshkent) 1 2019-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]