Coca-Cola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Coca-Cola (kir. Кока-Кола) — The Coca-Cola Company kompaniyasi tomonidan chiqariladigan alkogolsiz gazli ichimlik. „Coca-Cola“ 2005-2011-yillar oraligʻida Interbrend xalqoro tekshirish agentligi reytingi boʻyicha dunyodagi eng qimmat brend boʻlgan [RBC.Rating 1] [RBC.Rating 2] [RBC.Rating 3][RBC.Rating 4] [RBC.Rating 5]. Bugungi kunda bu ichimlik dunyodagi 200 dan ortiq mamlakatlarda sotiladi.

Tarixi[tahrir]

"5 centga „Coca-Cola“" — „Coca-Cola“ reklamasi 18901900-yillar
"Coca-Cola" shishasi, 1915-yili ihtiro qilingan

Ichimlik 1889-yil 8-mayda (Jorjiya shtati, AQSh) Atlantada oʻylab topilgan. Uning avtori farmatsevt Jon Stit Pemberton (afsonalarga qaraganda ichimlikni receptini bir fermer ixtiro qilgan va Jon Stitga 250$ga sotadi, bu haqida Jon Stit oʻzining intervyularining birida aytgan emish). Ichimlikni nomini Pembertonning muhosibi Frenk Robinson kalligrafiya bilan chiroyli qilib „Coca-Cola“ soʻzini yozadi. Bu soʻz hozirgi kungacha ichimlikning logotipi boʻlib qoʻllanilib kelyabti.

Tarkibi[tahrir]

Shuni hisobga olish kerakki, har bir variantda ichimlik tarkibi har xil. Quyida ichimlikning oddiy varianti koʻrsatilgan Ichimlikning tarkibida[1]:

×

Coca-Cola O'zbekistonda[tahrir]

Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan LTD kompaniyasi Oʻzbekistonda faoliyatini 1993-yilda boshlagan boʻlib, korxonaning rasmiy ochilishi marosimi 1994-yil mart oyida boʻlib oʻtgan. 1997-yilda Namangan va Urganch shaharlarida kompaniya zavodlari qurilgan. 1998-yili Toshkentning Bektemir tumanida qurilgan megazavod oʻz vaqtida Coca-Cola ishlab chiqarish boʻyicha Oʻrta Osiyodagi eng yirik zavod boʻlgan.[2] Hozirgi kunda Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan LTD kompaniyasi Coca-Cola ichimligidan tashqari, Fanta, Sprite ichimliklari va Bonaqua brendi ostidagi gazli va gazsiz suvlarini isteʼmolchilarga yetkazib kelmoqda.

Manbalar[tahrir]

  • RBK — Dunyodagi eng qimmat brendlar reytingi
  1. RBK. Reyting — Dunyodagi eng qimmat brend (2006-yil)
  2. RBK. Reyting — Dunyodagi eng qimmat brend (2007-yil)
  3. RBK. Reyting — Dunyodagi eng qimmat brend (2008-yil)
  4. RBK. Reyting — Dunyodagi eng qimmat brend (2009-yil)
  5. RBK. Reyting — Dunyodagi eng qimmat brend (2011-yil)