Sherdor (futbol klubi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
“Sherdor” Samarqand
Toʻliq nomi «Sherdor» Samarqand futbol klubi
Laqabi Samarqand sherlari
Asos solingan 1990-yil
Stadion Nurafshon
Stadion hajmi 5
Murabbiyi Oʻzbekiston Jahongir Abdullayev
Vebsayt fcsherdor.uz
Musobaqasi Samarqand ligasi
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

"Sherdor" Samarqand futbol klubi — Samarqand shahridagi oʻzbek futbol klubi. Klub hozirda Oʻzbekiston Pro-Ligasida toʻp suradi.

Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1990 — „Sherdor“
  • 2012 — „Sherdor-Prestij“
  • 2013-yildan hozirga qadar — „Sherdor“

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yilda tashkil etilgandan soʻng SSSR chempionatining Ikkinchi quyi ligasida debyut qiladi va musobaqada soʻngi 20- oʻrindan joy olib turnirni tark etadi.

Oʻsha yili jamoani Aleksandr Masesov va Mixail Oganyan (yarim mavsum)lar boshqargan.[1] Klub rahbari Igor Oganesov boʻlgan.

SSSR chempionatining Ikkinchi quyi liga bahlarida qayd etgan natijasidan keyin klub tarqatib yuboriladi.

2012-yil boshida klub qayta tiklanadi va Oʻzbekiston chempionati Ikkinchi ligasida ishtirok etadi. Ikkinchi liga final bosqichida 4 uchrashuvda 10 ochko jamgʻarib, „B“ guruhida (5 ta jamoa oʻrtasida) 1-oʻrinni egallaydi. Shu tariqa „Sherdor“ 2013-yilgi Oʻzbekiston chempionati Birinchi ligasida toʻp surish huquqini qoʻlga kiritadi.

Klub birinchi ligadagi debyut mavsumida Gʻarbiy guruhdagi 12 ishtirokchi (22 uchrashuv, 11 gʻalaba, 2 durang, 9 magʻlubiyat va 35 ochko) oʻrtasida dastlabki bosqichda 4-oʻrinni egallaydi. „Sherdor“ jamoasi 16 ta jamoa (30 uchrashuv, 12 gʻalaba, 3 durang, 15 magʻlubiyat va 39 ochko) oʻrtasida 8-oʻrinni egallab final bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.

Oʻsha yili klub Oʻzbekiston kubogida ilk bor ishtirok etadi va birinchi bosqichdayoq Navoiyning „Zarafshonga“ klubiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etadi. 2014-yil Birinchi liga oʻyinlari 2-mavsum dastlabki bosqichida „Sherdor“ Gʻarbiy guruhidagi 12 ta klub orasida (22 uchrashuv, 8 gʻalaba, 6 durang, 8 magʻlubiyat va 30 ochko) 7-oʻrinni egallaydi.

Yakuniy bosqichda klub 16 jamoa orasida 15 (30 oʻyin, 8 gʻalaba, 5 durang, 17 magʻlubiyat va 29 ochko) oʻrinni egallashiga qaramay, keyingi mavsumda Birinchi liga safida ishtirok etish huquqini oʻzida saqlab qoladi (ushbu bosqichda soʻnggi oʻrinni egallagan jamoa Ikkinchi ligaga ishtirok etmaydi).

2014-yil Oʻzbekiston kubogi bahslarida ikkinchi marta ishtirok etayotgan „Sherdor“ 1-turda Gʻallaoralning "Gʻallakor" jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etib, keyingi bosqichda „Andijon“ jamoasi bilan toʻqnash keladi. Oʻyin taqdirini penaltilar seriyasi hal qilgan mazkur uchrashuvda „Sherdor“ 3:5 hisobda (oʻyinning asosiy va qoʻsHMcha vaqti 2:2 hisobida yakunlangan) imkoniyatni boy beradi. Shu tariqa klub chempionatdagi safarini 2-bosqichda yakunlaydi.

2015-yilgi mavsumda Birinchi liganing saralash bosqichida Gʻarbiy guruhdagi 10 ta jamoa orasida Samarqand klubi 9-oʻrinni egallab, Ikkinchi liga tarkibiga qaytishga majbur boʻladi. 2018-yildan buyon „Sherdor“ yana Oʻzbekiston Pro ligasi uchrashuvlarida ishtirok etib kelmoqda.

Sovrin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqand chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1Chempionchempion (2 karra): 2012, 2017

Samarqand kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Samarqand kubogi sohibi (2 karra): 2012, 2016.

Yutuq natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Turnir Oʻrin Kubok
1990
SSSR Ikkinchi quyi ligasi
20
Ishtirok etmagan
1991-2011 Mavjud emas
2012
Ikkinchi liga
1 (B guruhida)
Ishtirok etmagan
2013
Birinchi liga
8
1/32 final
2014
Birinchi liga
15
1/16 final
2015
Birinchi liga
9 (Gʻarbiy guruh)
1/16 final
2016
Ikkinchi liga
4
Ishtirok etmagan
2017
Ikkinchi liga
2
Ishtirok etmagan
2018
B Pro-ligasi
2
1/8 final
2019
A Pro-ligasi
7
1/16 final

Stadion[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub uy arenasi "Dinamo" stadioni boʻlib, 13800 tomoshabinga moʻljallangan. U 1962-yilda qurib foydalanishga topshirilgan. 2012-yilda qayta taʼmirdan chiqarilgan. 2012-yilga qadar stadion hajmi 16 000 oʻrinni tashkil etgan.

Ushbu stadion Samarqand shahri va Samarqand viloyatidagi eng katta stadion boʻlib, Oʻzbekistondagi muxlis eng koʻp tashrif buyuradigan va zamonaviy stadionlardan biri hisoblanadi.

„Sherdor“dan tashqari Samarqandning yana bir mashhur klubi „Dinamo“ ham oʻz uy uchrashuvlarini mazkur stadionda oʻtkazadi.

"Dinamo"stadioni • Hajmi — 13 800 kishi • Maydoni — 112×72 m. • Manzil — Ulugh Beg Mirza, Samarkand.

Brendlar va homiylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Forma ishlab chiqaruvchilar Hamkorlar Asosiy homiy
1990-2010 GermaniyaAdidas Mavjud emas
2010-2018 Qoʻshma ShtatlarNike OʻzbekistoniSamarkand

OʻzbekistonVendo OʻzbekistonKing Academy

OʻzbekistonFootball textil
2019-h.v. OʻzbekistonFootball textil OʻzbekistoniSamarkand

OʻzbekistonKing Academy OʻzbekistonArzone Store

Hozirgi tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilgi maʼlumot boʻyicha

Ampluaitsiyasi Ismi Tugʻilgan yili
13 DR OʻzbekistonAmirjon Narziqulov 2002
99 DR OʻzbekistonShahzod Raimov 1999
2 HM OʻzbekistonFarzin Muhtorov 1999
4 HM OʻzbekistonAsadbek Tolipov 2000
6 HM OʻzbekistonAsiljon Orifov 1999
24 HM OʻzbekistonHumoyun Tolibov 1999
29 HM OʻzbekistonOybek Joʻrayev 2001
44 HM OʻzbekistonRahmatillo Rahmatillayev 2000
96 HM OʻzbekistonShohjahon Qilichov 1996
12 YH Oʻzbekiston Jahongir Sa’dullayev 2001
19 YH Oʻzbekiston Islom Sharipov 1995
17 YH Oʻzbekiston Nurbek O’lmasov 1999
22 YH Oʻzbekiston Jasur Qurbonov 1996
28 YH Oʻzbekiston Asomiddin Mamatov 1997
66 YH Oʻzbekiston Sohib Maxmudov 2001
95 YH Oʻzbekiston Firdavs Abdusalimov 1995
7 HJ Oʻzbekiston Maradona Safarov 1994
10 HJ Oʻzbekiston Faxriddin Alimov 1997
25 HJ Oʻzbekiston Mirzo Ahmedov 1998
26 HJ Oʻzbekiston Farhodjon Safarov 1999
32 HJ Oʻzbekiston Murodjon Samsiddinov 2001
33 HJ Oʻzbekiston Elbek Hamdamov 2001
55 HJ Oʻzbekiston Valijon Gʻulomjonov 2001
23 HJ Oʻzbekiston Shahzod Safoyev 2000
80 HJ Oʻzbekiston Shahzodjon Ravupov 2000

Transfer 2019[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kelgan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amplua Futbolchi Oldingi jamoasi
1 DR OʻzbekistonRavshanbek Yagudin Oʻzbekiston Nurafshon
2 DR OʻzbekistonSherzodbek Abduraimov OʻzbekistonMash’al
3 HM Oʻzbekiston Shohjahon Qilichev Oʻzbekiston Mash’al
4 HM OʻzbekistonMirjalol Miryusupov Oʻzbekiston OKMK
5 HM OʻzbekistonAsiljon Oripov OʻzbekistonSoʻgʻdiyona
6 HM OʻzbekistonFirdavs Abdusalimov Oʻzbekiston Dinamo Samarqand
7 YH OʻzbekistonIslom Sharipov Oʻzbekiston Lokomotiv BFK
8 YH OʻzbekistonJasur Qurbonov Oʻzbekiston Lokomotiv BFK
9 YH OʻzbekistonFarrux Shotursunov OʻzbekistonNurafshon
10 HJ OʻzbekistonShohjahon Abbosov Oʻzbekiston Zomin
11 HJ OʻzbekistonJavohirbek Olmasov Oʻzbekiston Sherdor-2

Ketgan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amplua Futbolchi Yangi klub
1 DR OʻzbekistonFarhod Rahmatov Oʻzbekiston Dinamo Samarqand −2 *
2 DR OʻzbekistonShuhrat Murodov Faoliyatini yakunlagan ***
3 DR OʻzbekistonAzimjon Fayzullayev Oʻzbekiston Sherdor-2
4 HM OʻzbekistonUmar Navruzov Oʻzbekiston Zirabuloq **
5 HM OʻzbekistonBoburjon Abdullayev Erkin agen ***
6 YH OʻzbekistonMirjalol Lokayev Oʻzbekiston Zirabuloq **
7 YH OʻzbekistonIskandar Xolmirzayev Qozogʻiston Kiran
8 YH OʻzbekistonMuhiddin Ergashev Oʻzbekiston Sherdor-2
9 HJ OʻzbekistonFahriddin Alimov Oʻzbekiston Zirabuloq **
10 HJ OʻzbekistonOtabek Hamroqulov erkin agent ***

* ijaraga berilgan

** ijaraga olingan

*** erkin agent

Nomdor Futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Sherdor“ning koʻplab taniqli futbolchilari turli davrlarda toʻp surgan, shuningdek, mahalliy „Dinamo“ klubining ham Futbolchilari boʻlishgan. Quyida „Sherdor“ safida toʻp surgan eng mashhur futbolchilar bilan tanishing.[2]

  • Sovet Ittifoqi Oleg Solovyov
  • Sovet Ittifoqi Bahodir Rahmonov
  • Sovet Ittifoqi Oleg Gorsiv
  • Sovet Ittifoqi Erkin Vohidov (futbolchi)
  • Sovet Ittifoqi Kamo Gazarov
  • Sovet Ittifoqi Viktor Shustiskiy
  • Sovet Ittifoqi Mixayl Fomin
  • Sovet Ittifoqi Farhod Taylyakov
  • Sovet Ittifoqi Bahodir Taylyakov
  • Sovet Ittifoqi Toʻychi Rahmatullayev
  • Sovet Ittifoqi Bahtiyor Rajabov
  • Sovet Ittifoqi Yevstafiy Popandopulo
  • Sovet Ittifoqi Zakir Narzullayev
  • Sovet Ittifoqi Elbek Musayev
  • Sovet Ittifoqi Vadim Zubkov
  • Sovet Ittifoqi Seyran Gʻafarov
  • Sovet Ittifoqi Vitaliy Beglaryan
  • Sovet Ittifoqi AleksanDR Babayan
  • Sovet Ittifoqi Suren Adamyan
  • Sovet Ittifoqi Boris Oganyan
  • Sovet Ittifoqi Suleyman Abdullayev
  • Oʻzbekiston Sanjar Akramov
  • Oʻzbekiston Shuhrat Murodov
  • Oʻzbekiston Bahtiyor Ochilov
  • Oʻzbekiston Maradona Safarov

Bosh murabbiylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Тренеры ФК «Шердор»“. 22-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-fevral 2015-yil.
  2. „Игроки ФК «Шердор»“. 22-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-fevral 2015-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]