Chust-Paxtakor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chust-Paxtakor
Toʻliq nomi “Chust-Paxtakor” futbol klubi (Chust)
Asos solingan 1968 (56 yil avval) (1968)
Stadion Paxtakor stadioni
Stadion hajmi 5000
Murabbiyi Oʻzbekiston Zohid Nurmatov
Musobaqasi
2015
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Chust-Paxtakor Futbol Klubi Namangan viloyati Chust tumanida ixtisoslashgan futbol jamoasidir. Klub 1992-2009 yilgi Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Chempionatida 2-Ligasida faoliyat olib borgan. 2010-yildan boshlab Chust-Paxtakor Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasining 1-Liga Sharq Mintaqasida kurash olib bormoqda. Chust-Paxtakor oʻz uy uchrashuvlarini Chust shahridagi 5000 muhlisga moʻljallangan Paxtakor stadionida oʻtkazadi.

Oldingi nomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1968—1970 – „Chust“ Namangan viloyati.
  • 1995 – „Sardor“ Chust.
  • 2002 – „Paxtakor“ Chust.
  • 2004 – „Chust Paxta“ Chust.
  • 2010—2015 – „Chust-Paxtakor“ Chust.

Klub Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chust Paxtakor 1968-yillarda tashkil etilgan. Jamoa musobaqalarda „1-May“ kolxozi nomidan ishtirok etib, bosma nashrlarda Chust (Namangan viloyati) nomi bilan yuritilgan[1]. Turli yillarda turli nomlar bilan atalgan klub 1968-yili Oʻzbek SSR Futbol Ligasida chempion boʻlgan. Oʻsha yillari klub Oʻzbekiston nomi ostida ishtirok etardi va asosiy homiysi Barion Korxonasi edi.

Oʻzbekiston mustaqilligi davrida klub 3 marta (1995, 2002 va 2004) Ikkinchi liganing final bosqichida oʻynagan va ketma-ket 6 ta mavsumni Birinchi ligada (20102015) oʻtkazgan. 2016-yilgi mavsum Professional klub sifatida professional va yarim professional musoboqalarda ishtirok etmagan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-Oʻzbekiston Birinchi ligasi (9-oʻrin). 1969-SSSR Ikkinchi ligasi – „Oʻrta Osiy“ zonasi „B“ toifa „Sharq“ guruhi (10-oʻrin).

SSSR turnirlaridagi natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Turnir Oʻrin
1968 Oʻzbekiston SSR chempionati, 1-guruh 1
1969 SSSR chempionati „B“ toifa „Markaziy Osiyo“ zonasi 10
1970 SSSR chempionati „B“ toifa „Markaziy Osiyo“ zonasi 15

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „История футбольных клубов. Узбекистан“ (deadlink). 2016-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]