Oqsaroy (Shahrisabz)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

OqsaroyShahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik (13801404). Amir Temur qurdirgan. Shaharning shim.sharqidagi bosh maydonda joylashgan. Bir za-monlar muhtasham, xashamatli boʻlgan bu saroyning bizgacha yemirilib, haroba holga kelgan ulkan peshtogʻi, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. O.ning hozirgi koʻrinishi ham salobatli va goʻzaldir. Bu salobatlilik va goʻzallikka gʻishtlarning yaxlit boʻlib koʻrinishini taʼminlash — old va shim. de-vor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli erishilgan. Peshtoq ravogʻining eni 22,5 m, balandligi 40 m, umumiy balandligi 50 m dan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan.

O.ning avvalgi holati toʻgʻrisida faqat yozma manbalarga qarab fikr yuritish mumkin. 20 yil davomida qurilgan bu bino toʻgʻrisida Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha maʼlumot beradi: "Temur ishga yaroqli boʻlganlarning hammasini Xorazmdan Movarounnahrga koʻchirish uchun buyruq berdi... Xorazmlik ustalar baland va salobatli saroy qurishdi, hozir u Oqsaroy nomi bilan mashhur". Kpavixo saroyni koʻzdan kechirganda (1404, 29 avg .) u hamon qurib bitkazilmagan, baʼzi joylarining koshinli naqshlari tugallanmagan edi. Shunga qaramay, juda hayratlanganligini, uning nihoyatda goʻzalligini yozadi. Saroy qurilishida xo-razmlik ustalar qatori, mahalliy va boshqa davlatlardan kelgan ustalar ham qatnashgan. Peshtogʻidagi yozuvlar orasida eronlik Muhammad Yusuf Tabriziy nomi 2 marta takrorlangan.

Yozma manbalarga koʻra, O. turar joy va jamoat binosi sifatida qurilib, xonalar hovli atrofida joylashgan. Bobur maʼlumotlariga koʻra, hovli oʻrtasida hovuz, toʻrida gumbazli katta xona — devonxona, yonlarida maslahatchilar uchun kichik xona, hashamatli ravoqli bostirmalar, ichki tomonida haram va amirning xonasi joylashgan. Devonxona peshtogʻida arslon va quyosh tasviri va Temur davlatining 3 halqa shaklidagi nishoni boʻlgan. Gumbaz ichi va yonlariga, burchaklardagi minoralarga koshin-gʻishtlardan qalqon shaklidagi girih naqshlar ishlangan. Bu naqshlar silliqlangan gʻisht va feruza rangli sirkor parchindan yozilgan ku-fiy xatlar zamini yoʻgʻon koʻk belboqqa oʻxshash mujassamotni tashkil etgan. O. devorlaridagi ranglar jilosi, tari-xiy, falsafiy va diniy mavzudagi, kufiy, suls yozuvlari, koshinkori be-zaklar, islimiy, girih naqshlarning oʻzaro uygʻunligi binoga ajoyib va sehrli mazmun bagʻishlagan. Ranglarning oy yorugʻida jilolaniboqarib koʻrinishidan bino O. deb nomlangan.

Saroyning oʻziga xos xususiyatlaridan biri — tom tepasiga ishlangan hrvuzdir. Hovuzga suv Taxtaqoracha dovonidan qoʻrgʻoshin quvurlar orqali oqib kelib, undan sharshara hosil qilib pastga tushirilgan.

1707 yilda Buxoro xoni Ubaydullaxon O. peshtogʻi ostida toj kiyib, taxtga oʻtirganligi peshtoqning oʻsha paytda butun ekanligidan darak beradi. 1973— 75 yillarda arxeologik tadqiqotlar, 1994—96 yillarda konservatsiya ishlari olib borilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Mankovskaya L. Yu., Qashqadaryo vohasining arxitektura yodgorliklari, T., 1979.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil