Taxtaqoracha
Taxtaqoracha — Zarafshon tizmasida joylashgan dovon. taxtaqoracha dovoni (eng baland joyi 1788 metr) Oʻzbekiston respublikasining janubiy hududlarini shimoliy qismi bilan bogʻlsha vazifasini ham bajaradi. Dovon boʻylab M-39 magistral avtomobil yoʻli qatnovi mavjud. Dovon Kitob tumani hududida joylashgan.
Nomlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amir Temur va temuriylar hukumronlik yillarida Samarqand va Shahrisabz shaharlari orasida koʻplab koʻshklar va bogʻlar bunyod etilgan. Mana shu koʻshklar nomi Taxti Qarocha deb nomlangan. Shu hududlar nomlari keyinchalik dovon nomiga oʻtib uning nomi Taxtaqorachaga aylanib ketgan. Ayrim yozma manbalarda uning nomi Kesh dovoni (aqbai Kesh) shaklida ham uchraydi[1]
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taxtaqoracha dovoni Samarqand viloyati bilan Qashqadaryo viloyati oraligʻida joylashgan. Uning dengiz sathidan balandligi 1670-1780 metrni tashkil etadi. Zarafshon tizmasining (aynan Qoratepa togʻlari joylashgan qismi) dovondan sharqdagi qismi balandroq boʻlib, Chaqilikalon togʻi deb yuritiladi. Qoratepa togʻi gʻarbga tomon pasayib borib, Zirabuloq va Ziyovuddin togʻlariga tutashadi. Taxtaqoracha orqali Samarqanddan Kitob va Shahrisabzga karvonlar qatnagan (hozir ham qisqa yoʻl sifatida foydalaniladi). Dovonning Samarqand (Omonqoʻton) tomoni nisbatan qiya. Kitob tomoni esa nisbatan tikroq[2].
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taxtaqoracha dovonining tabiati moʻtadil. Dovon boʻylab qurilgan taomxonalarda Qashqadaryo tandir goʻshti tayyorlanadi[3].
Bogʻlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amir Temur hukmronlik davrida Samarqanddan Kesh (Shahrisabz)ga borishda Taxtaqoracha dovonigacha boʻlgan hududlarda uchta bogʻ bunyod etilgan. Bular: Bogʻi Davlatobod, Bogʻi Qarotoʻba, Bogʻi Taxti Qarocha. Ayni Bogʻi Taxti Qarochadan to Taxtiqoracha dovonigacha boʻlgan oraliqda Qutlugʻ Yurt nomli aholi punkti boʻlgan
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mazkur dovon orqali M-39 magistral yoʻli qatnovi amalga oshiriladi. M-39 Olmaota—Bishkek—Toshkent—Shahrisabz—Termiz xalqaro avtomobil yoʻli hisoblanadi. Lekin magistral yoʻldan avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyilmagan.
Ayrim yillarda, jumladan 2020-yil[4] va 2022-yillarda[5] qishning kuchli ekanligi va qor yogʻishi vaqtida yoʻlda muzlamalar paydo boʻlganligi sababli, dovon yoʻli bir necha kunga yopilgan. Ammo ayrim vaqtlarda kuz va bahor oylarida ham davonda qor yogʻish holatlari kuzatiladi. Magistral yoʻlning 1100-1200-kilometrlarida turli favqulotta holatlar yuzaga kelishi sabbali ham avtomobillar harakati cheklanadi[6].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Taxtaqoracha“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 8-jild (Solnoma — Toʻytepa). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004 — 704-bet.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Bo'riyev, Omonullo; Mutaliyev, Abdulhamid. „Amir Temur bunyodkorligi o‘z davri mualliflari tavsifida“. oyina.uz (2021-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 08-2023.
- ↑ „Taxtaqoracha“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Ikki viloyatni bog‘lovchi maskan: Taxtaqoracha dovonidan fotoreportaj“. Xabar.uz (2022-yil 14-iyul).
- ↑ „"Taxtaqoracha" (Kitob) dovoni ochilishi to'g'risida“. uzavtoyul.uz. Avtomobil yo'llari qo'mitasi matbuot xizmati (2020-yil 7-yanvar). 2023-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ „“Taxtaqoracha” dovoni yopildi“. qalampir.uz (2022-yil 19-fevral). Qaraldi: 08-2023.
- ↑ „Taxtaqoracha dovoni ikki kunga yopiladi“. Xalq so'zi (o'zbekcha). 06-09-2021 [06-09-2021]. 2023-08-26da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 06-09-2021.
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|access-date=
va|date=
(yordam)CS1 maint: unrecognized language ()