Sharshara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sharshara — daryo oʻzanidagi tik jarliklardan suvning pastga otilib tushishi. Suv bir nechta pogʻonalardan oqib tushib, Sh.lar qatori — kaskad hosil qilishi mumkin. Dare yumshoq va qattiq jinslardan tarkib topgan joylardan oʻtganda yumshoq jinsli joyni oʻyib kirib pogʻona hosil qiladi va shu pogʻonalardan pastga otilib tushadi. Sh. pogʻonasi betoʻxtov yemirilib turadi va Sh. oqimning yuqori tomoniga siljib boradi. Pogʻona tez yemirilib borgan joylarda Sh. oʻrnida ostonalar hosil boʻladi. Togʻlardagi tor vodiy va daralarning oʻpirilib tushgan qattiq togʻ jinslari bilan toʻsilishi oqibatida hamda tekisliklarda daryoning qattiq jinslar yer yuzasiga chiqib qolgan joylardan oʻtishida ham Sh.lar paydo boʻlishi mumkin.

Oʻrta Osiyo daryolarining togʻli hududlaridagi irmoklari, soylar baʼzi joylarda uncha katta boʻlmagan Sh.lar (mas, Sangardakdaryo Sh.si) hosil qilgan. Daryolardagi Sh.lar kema qatnovi va yogoch oqizishga xalaqit beradi, biroq GESlar qurish uchun kulaydir.

Dunyodagi eng baland va mashhur sharsharalarNomi Joylashgan oʻrni BalandAnxel Jan.Amerika 1054Tugela Afrika 933Yosemit Shim.Amerika 727Utigard Yevrosiyo 610Saterlend Okeaniya 580Viktoriya Afrika 120Iguasu Jan. Amerika 72Niagara Shim.Amerika 51Boyoma Afrika 40