Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (17 yoshgacha)
|
| |||
| Tahallusi |
Oq boʻrilar (White Wolves) | ||
|---|---|---|---|
| Assotsiatsiya | Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi | ||
| Konfederatsiya | AFC (Osiyo) | ||
| Bosh murabbiy |
| ||
| Sardor | Moʻminxon Bahodirxonov | ||
| Uy stadioni | Paxtakor markaziy stadioni | ||
| FIFA kodi | UZB | ||
| |||
| FIFA U-17 Jahon chempionati | |||
| Ishtiroki | 2 (Ilk marta 2011-yili) | ||
| Eng yaxshi natijasi | Chorak-final, 2011 | ||
| AFC U-17 Osiyo Kubogi | |||
| Ishtiroki | 10 (Ilk marta 1994-yili) | ||
| Eng yaxshi natijasi |
| ||
17 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston oʻsmirlar futbol terma jamoasi — xalqaro futbol turnirlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladigan milliy terma jamoa boʻlib, uning tarkibiga Oʻzbekistonning 17 yoshgacha boʻlgan (U-17) futbolchilari kirishi mumkin. Jamoa yoshlar oʻrtasidagi xalqaro turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi nazoratida boʻlgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Oq boʻrilar“ yoshlar jamoasi 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi turli xalqaro turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qilmoqda.
7 marta 16 yoshgacha (U-16) yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi futbol boʻyicha Osiyo chempionatida ishtirok etgan. Oʻzbekistonda oʻtkazilgan 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati-2010 U-16 da Oʻzbekiston terma jamoasi turnir finaliga qadar yetib borgan va KXDR yoshlar terma jamoasining hal qiluvchi bahsida 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi ilk bor musobaqa finalida maydonga tushdi va ilk bor kumush medal sohibiga aylandi. 2011-yilda 15 yoshgacha (U-15) oʻsmirlar terma jamoasiga Dilshod Nuraliyev yangi murabbiy etib tayinlangan. Nuraliev boshchiligida jamoa 2011-yilning 1-9-oktabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi 2012-yilgi Osiyo chempionatiga saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, guruhda birinchi oʻrinni egalladi.
2012-yilda BAAda boʻlib oʻtgan 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoa asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang oʻynab, finalda Yaponiyani penaltilar seriyasida 3:2 hisobida magʻlub etib, 1-oʻrinni egalladi. Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng 16 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi birinchi marta qitʼa kubogi — 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqishga muvaffaq boʻlgan mamlakatning birinchi terma jamoasiga aylandi.[1][2][3]
17 yoshgacha boʻlgan terma jamoa 2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan U-17 jahon chempionatida debyutini nishonladi. AQSH, Chexiya va Avstraliya terma jamoalari oʻrin olgan guruhdan milliy terma jamoamiz chiqishga muvaffaq boʻldi. 1/8 finalda oʻzbekistonliklar allaqachon tanish boʻlgan avstraliyaliklar ustidan gʻalaba qozonishdi — 4:0. Ammo chorak finalda Oʻzbekistonni Urugvayning tajribali oʻsmirlar terma jamoasi 0:2 hisobida magʻlub etib, toʻxtatib qoldi. Urugvay faqatgina finalda Meksikaga yutqazdi. 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasining Meksikadagi chempionatdagi debyut oʻyini Oʻzbekiston terma jamoalarining jahon chempionatidagi ilk yirik muvaffaqiyati boʻldi.
2012-yilda 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati yakunlariga koʻra, terma jamoa 2013-yilda BAAda boʻlib oʻtadigan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. 2012-yilgi Osiyo chempioni boʻlgan Dilshod Nuraliev yoshlar terma jamoasi Jahon chempionati-2013 dan barchaning umidi katta edi. Jamoa toʻplar nisbati boʻyicha Marokash termasidan ortda qolib, 7 ochko bilan ishonchli tarzda guruhdan 2-oʻrindan chiqib ketdi. Ammo 1/8 finalda jamoa kutilmaganda Gondurasga minimal 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv boshidanoq terma jamoa uchun omadsiz keldi: 24-daqiqada oʻyin hakami terma jamoa himoyachisi Akramjon Komilovni maydondan chetlatdi. Birinchi boʻlimda qizil kartochka olgani uchun Nuraliev oʻyinni qayta tiklashga majbur boʻldi va jamoa oʻyindagi dastlabki taktikani amalga oshira olmadi. Nuraliev oʻyin oldidan jamoa hujumkor futbol oʻynashini takidlagan edi.
2013-yilda Timur Alimxoʻjayev oʻsmirlar (U-15) terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Terma jamoa 2013-yilda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, 2014-yilda Tailandda boʻlib oʻtadigan 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga yoʻllanma oldi. 2014-yilning 24-iyun kuni Oʻzbekiston 16 yoshgacha boʻlgan (U-16) yoshlar terma jamoasiga avval „Oqtepa“ klubini boshqargan Aleksandr Mochinov bosh murabbiy etib tayinlangan edi. 2014-yilgi 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Mochinov jamoasi chorak final toʻsigʻidan oʻta olmadi. U-16 terma jamoasi Suriya termasiga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib, 2015-yilgi U-17 jahon chempionati yoʻllanmasidan mahrum boʻldi. Mochinov terma jamoadagi lavozimini tark etdi.
Timur Alimxoʻjaev 15 yoshgacha boʻlgan yangi terma jamoaga 2016-yilgi Osiyo chempionati U-16 saralash oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun murabbiy etib tayinlandi. Jamoa 2016-yilgi Osiyo chempionatiga muvaffaqiyatli yoʻl oldi. 2016-yilgi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi Iroq U-16 termasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, yarim finalga chiqa olmadi.
2017-yilda 15 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar jamoasiga Dilshod Nuraliev yangi murabbiy etib tayinlangandi. 2017-yil sentabr oyida Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionati-2018 saralash turnirida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi guruhda atigi 3-oʻrinni egallab, 2006-yildan buyon ilk bor Osiyo chempionatiga chiqa olmadi. 2017-yilning 27-sentabr kuni Oʻzbekiston futbol federatsiyasi Nuraliyevni terma jamoadagi qoniqarsiz natija uchun ishdan boʻshatgan.
2018-yilning 20-mart kuni Oʻzbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan Azamat Abduraimov Oʻzbekiston 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga yangi saralash bosqichiga murabbiy etib tayinlandi.
Asosiy turnirlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
AFC U-17 Osiyo Kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qizil chegara Oʻzbekiston chempionatga mezbonlik qilganini bildiradi. |
FIFA U-17 Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
Milliy terma jamoa murabbiylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aleksey Yevstafeyev, U15—U17 (2009—2011)
Dilshod Nuraliyev, U15—U17 (2011—2013)
Timur Alimxoʻjayev, U15—U16 (2013—2014)
Aleksandr Mochinov, U16 (2014)
Timur Alimxoʻjayev, U15—U16 (2015—2016)
Dilshod Nuraliyev, U15 (2017)
Azamat Abduraimov, U14—U16 (2018—2020)
Olim Shokirov, U16—U17 (2020—2023)
Jamoliddin Rahmatullayev, U16—U17 (2022—2023)
Islombek Ismoilov U14–U15–U16–U17 (2022—2025)
Joriy tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2025-yil 20-aprel holatiga
| № | Poz. | Futbolchi | Tugʻilgan sanasi (yosh) | Ishtiroki | Gollari | Klubi
|
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | DR | Ibrohim Shokirov | 2008-yil 18-mart (17 yosh) | |||
| 12 | DR | Bahodir Izboskanov | 2008-yil 22-iyul (16 yosh) | |||
| 21 | DR | Neʼmatulloh Rustamjonov | 2008-yil 17-mart (17 yosh) | |||
| 2 | HM | Hojiakbar Botiraliyev | 2008-yil 2-yanvar (17 yosh) | |||
| 3 | HM | Muhammad Hakimov | 2009-yil 4-oktabr (15 yosh) | |||
| 5 | HM | Amirxon Murodov | 2008-yil 15-iyun (16 yosh) | |||
| 15 | HM | Muhammadali Musaxonov | 2008-yil 18-dekabr (16 yosh) | |||
| 23 | HM | Dilyorbek Mahmudjonov | 2008-yil 3-dekabr (16 yosh) | |||
| 6 | HM | Miraziz Abdukarimov | 2008-yil 11-may (16 yosh) | |||
| 14 | HM | Behruz Saidmurodov | 2008-yil 9-fevral (17 yosh) | |||
| 4 | YH | Moʻminxon Bahodirxonov | 2008-yil 30-mart (17 yosh) | |||
| 13 | YH | Abdulloh Fazliddinov | 2008-yil 20-yanvar (17 yosh) | |||
| 22 | YH | Faridjon Abdullayev | 2008-yil 13-avgust (16 yosh) | |||
| 8 | YH | Akbar Muhammedov | 2008-yil 29-may (16 yosh) | |||
| 19 | YH | Azizbek Yerimbetov | 2008-yil 29-may (16 yosh) | |||
| 10 | YH | Muhammad Habibullayev | 2008-yil 29-yanvar (17 yosh) | |||
| 16 | YH | Azizbek Abdumoʻminov | 2008-yil 3-noyabr (16 yosh) | |||
| 18 | HJ | Abubakr Shukrillayev | 2008-yil 2-fevral (17 yosh) | |||
| 7 | HJ | Sadriddin Hasanov | 2008-yil 21-may (16 yosh) | |||
| 11 | HJ | Sayfiddin Sodiqov | 2008-yil 27-may (16 yosh) | |||
| 17 | HJ | Jamshidbek Rustamov | 2008-yil 26-mart (17 yosh) | |||
| 9 | HJ | Nurbek Sarsenbayev | 2008-yil 27-sentabr (16 yosh) | |||
| 20 | HJ | Asilbek Aliyev | 2008-yil 8-iyun (16 yosh) | |||
U-16
[tahrir | manbasini tahrirlash]U-15
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2025-yil aprel holatiga koʻra
| Lavozimi | Ismi |
|---|---|
| Bosh murabbiy | |
| Yordamchi murabbiy | |
| Mashgʻulotlar murabbiyi | |
| Darvozabon murabbiyi |
Musoboqalardagi tarkiblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
|
Soʻnggi natijalar va oʻrtoqlik uchrashuvlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]U-16
[tahrir | manbasini tahrirlash]| 5-oktyabr 2022 AFC U-17 Q | Bruney | 0–14 | | Toshkent, Oʻzbekiston |
| 18:00 5:00 | Hisobot |
|
Stadion: Jar Hakam: Shukri Al Hanfosh (Saudiya Arabistoni) |
| 7-oktyabr 2022 AFC U-17 Q | Oʻzbekiston | 3–2 | | Toshkent, Oʻzbekiston |
| 18:00 5:00 |
|
Hisobot |
|
Stadion: JAR stadioni Hakam: Bijan Heidari (Eron) |
| 16-noyabr 2022 Oʻrtoqlik uchrashuvi | Rossiya | 2–2 | |
| 2022 Oʻrtoqlik uchrashuvi | Rossiya | 5–0 | |
| 26-dekabr 2022 Oʻrtoqlik uchrashuvi | Saudiya Arabistoni | 2–1 | |
| 29-dekabr 2022 Oʻrtoqlik uchrashuvi | Saudiya Arabistoni | 1–1 | |
U-17
[tahrir | manbasini tahrirlash]| 2023-yil 22-yanvar Oʻrtoqlik uchrashuvi | Hindiston | 2–0 | | Vasco da Gama, Hindiston |
| 15:30 UTC+5:30 |
|
Hisobot | Stadion: Tilak Maidan Tomoshabinlar soni: 100 Hakam: Tejas Nagvengenkar (Hindiston) |
| 2023-yil 24-yanvar Oʻrtoqlik uchrashuvi | Hindiston | 0–3 | | Vasco da Gama, Hindiston |
| 20:30 UTC+5:30 | Hisobot |
|
Stadion: Tilak Maidan Tomoshabinlar soni: 50 Hakam: Tejas Nagvenkar (Hindiston) |
| 2023-yil 10-fevral Antaliya yoshlar kubogi | Marokash | 0–1 | | Antalya, Turkiya |
| 18:00 UTC+2 | Hisobot | Stadion: Arslan Zeki Demirci |
| 2023-yil 12-fevral Antaliya yoshlar kubogi | Chexiya | 0–1 | | Antaliya, Turkiya |
| 16:00 UTC+2 | Hisobot |
|
Stadion: Arslan Zeki Demirci |
| 2023-yil 15-fevral Antaliya yoshlar kubogi | Oʻzbekiston | 2–1 | | Antalya, Turkiya |
| 18:00 UTC+2 |
|
Hisobot |
|
Stadion: Arslan Zeki Demirci |
| 2023-yil 4-mart Oʻrtoqlik uchrashuvi | Urugvay | 5–2 | | Montevideo, Urugvay |
| --:-- UTC−3 |
| 2023-yil 6-mart Oʻrtoqlik uchrashuvi | Urugvay | 2–1 | | Montevideo, Urugvay |
| --:-- UTC−3 |
| 2023-yil 8-mart Oʻrtoqlik uchrashuvi | Argentina | 8–0 | | Buenos Ayres, Argentina |
| --:-- UTC−3 | Stadion: Predio Ezeiza |
| 2023-yil 10-mart Oʻrtoqlik uchrashuvi | Argentina | 2–1 | | Buenos Aires, Argentina |
| --:-- UTC−3 | Stadion: Predio Ezeiza |
| 2023-yil 25-aprel Oʻrtoqlik uchrashuvi | Oʻzbekiston | 5–1 | | Toshkent, Oʻzbekiston |
| --:-- UTC+4 | Hisobot |
|
| 2023-yil 28-aprel Oʻrtoqlik uchrashuvi | Oʻzbekiston | 2–0 | | Toshkent, Oʻzbekiston |
| --:-- UTC+4 |
|
| 2023-yil 18-may Oʻrtoqlik uchrashuvi | Qatar | Eʼlon qilinmagan | | Doha, Qatar |
| --:-- UTC+4 | Stadion: Aspire Academy stadioni |
| 2023-yil 31-may Oʻrtoqlik uchrashuvi | Oʻzbekiston | 2–3 | | Toshkent, Oʻzbekiston |
| --:-- UTC+4 |
|
Hisobot |
| 2023-yil 6-iyun Oʻrtoqlik uchrashuvi | Malayziya | 2–3 | | Selangor, Malaysia |
| 20:45 UTC+8 |
|
|
Stadion: UiTM stadioni |
| 17-iyun 2023 AFC U-17 Osiyo kubogi 2023 | Yaponiya | 1–1 | | Rajamangala stadioni, Bangkok |
| 17:00 |
|
Hisobot |
|
Tomoshabinlar soni: 421 Hakam: Mongkolchai Pechsri (Tailand) |
| 20-iyun 2023 AFC U-17 Osiyo kubogi 2023 | Oʻzbekiston | 1–0 | | Thammasat stadioni, Pathum Thani |
| 19:00 |
|
Hisobot | Tomoshabinlar soni: 98 Hakam: Shen Yinhao (Xitoy) |
| 23-iyun 2023 AFC U-17 Osiyo kubogi 2023 | Vyetnam | 0–1 | | Thammasat stadioni, Pathum Thani |
| 19:00 | Hisobot |
|
Tomoshabinlar soni: 149 Hakam: Kim Jong-hyeok (Koreya Respublikasi) |
| 26-iyun 2023 AFC U-17 Osiyo kubogi 2023 | Saudiya Arabistoni | 0–2 | | Thammasat stadioni |
| 21:00 | Hisobot |
|
Tomoshabinlar soni: 170 Hakam: Ahmed Al-Ali (Iordaniya) |
| 29-iyun 2023 AFC U-17 Osiyo kubogi 2023 | Janubiy Koreya | 1–0 | | Pathum Thani stadioni, Pathum Thani |
| 21:00 |
|
Hisobot | Tomoshabinlar soni: 496 Hakam: Banerjee Pranjal (Hindiston) |
| 8-avgust 2023 Oʻrtoqlik uchrashuvi Hiroshima yoshlar futbol chempionati | Sanfrecce Hiroshima U-18 | 2–0 | | Xirosima |
| 21:00 | Hisobot |
| 10-avgust 2023 Oʻrtoqlik uchrashuvi Xirosima yoshlar futbol chempionati | Sanfrecce Hiroshima U-21 | 3–1 | | Xirosima |
| 21:00 | Hisobot |
| 12-avgust 2023 Oʻrtoqlik uchrashuvi Xirosima Yoshlar olimpiada oʻyinlari | Yaponiya | 4–0 | | Xirosima |
| 21:00 | Hisobot |
| 2023-yil 20-avgust CAFA U-17 chempionati 2023 | Oʻzbekiston | 3–1 | | Hisor markaziy stadioni, Hisor |
| 20:00 |
|
|
Hakam: (Qirgʻiziston) |
| 2023-yil 21-avgust CAFA U-17 chempionati 2023 | Kyrgyz Republic | 0–2 | | Hisor markaziy stadioni, Hisor |
| 20:00 |
|
| 2023-yil 25-avgust CAFA U-17 chempionati 2023 | Oʻzbekiston | 0–2 | | Hisor markaziy stadioni, Hisor |
| 20:00 |
|
Hakam: Mederbek Taichiyev (Qirgʻiziston) |
| 2023-yil 27-avgust CAFA U-17 chempionati 2023 | Afgʻoniston | 0–3 | | Hisor markaziy stadioni, Hisor |
| 18:00 |
|
Hakam: Abdullo Davalatov (Tojikiston) |
| 2023-yil 8-sentyabr Oʻrtoqlik uchrashuvi | Marokash | 0–1 | | Turkiya |
| 18:00 | Hisobot |
| 2023-yil 11-sentyabr Oʻrtoqlik uchrashuvi | Marokash | 2–0 | | Turkiya |
| 18:00 | Hisobot |
| 2023-yil 22-oktyabr Oʻrtoqlik uchrashuvi | Rossiya | 2–4 | | Turkiya |
| 18:00 |
| 2023-yil 25-oktyabr Oʻrtoqlik uchrashuvi | Panama | 0–0 | | Turkiya |
| 18:00 | Hisobot |
| 2023-yil 28-oktyabr Oʻrtoqlik uchrashuvi | Senegal | 3–1 | | Turkiya |
| 18:00 |
| 2023-yil 28-oktyabr Oʻrtoqlik uchrashuvi | Oʻzbekiston | 2–0 | | Indoneziya |
| 18:00 |
|
Hisobot |
| 2023-yil 10-noyabr FIFA U-17 Jahon chempionati 2023 | Mali | 3–0 | | Manahan stadioni, Surakarta |
| 16:00 | Hisobot | Tomoshabinlar soni: 3,014 Hakam: Gustavo Tejera (Urugvay) |
| 2023-yil 13-noyabr FIFA U-17 Jahon chempionati 2023 | Oʻzbekiston | 3–0 | | Manahan stadioni, Surakarta |
| 19:00 | Hisobot | Tomoshabinlar soni: 6,919 Hakam: Ivo Méndez (Boliviya) |
| 2023-yil 16-noyabr FIFA U-17 Jahon chempionati 2023 | Oʻzbekiston | 2–2 | | Manahan Stadium, Surakarta |
| 16:00 |
|
Hisobot | Tomoshabinlar soni: 5,554 Hakam: Augusto Aragón (Ecuador) |
| 2023-yil 22-noyabr FIFA U-17 Jahon chempionati 2023 | Angliya | 1–2 | | Jakarta xalqaro stadioni, Jakarta |
| 15:30 |
|
Hisobot | Tomoshabinlar soni: 7,014 Hakam: Selvin Brown (Gonduras) |
| 2023-yil 25-noyabr FIFA U-17 Jahon chempionati 2023 | Fransiya | 1–0 | | Manahan Stadium, Surakarta |
| 15:30 |
|
Hisobot | Hakam: Dahane Beida (Mauritania) |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi
- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (23 yoshgacha)
- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (20 yoshgacha)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Юношеская сборная Узбекистана по футболу стала чемпионом Азии“. gazeta.uz (7-oktabr 2012-yil). 2013-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Юношеская сборная Узбекистана (U-16) выигрывает главный трофей в Азии“. sports.ru (7-oktabr 2012-yil). 2013-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Фото архив: Мексика қаҳрамонларидан кимларни танидингиз?“. 2023-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston futbol federatsiyasining rasmiy sayti
- FIFA profili 2017-yil 12-oktabr (Wayback Machine saytida 2017-10-12 sanasida arxivlangan)
- Jamoa profili [ 2020-yil 19-oktabr,
- Jamoa profili [ 2016-yil 8-oktabrda