Oʻzbekiston Paralimpiada oʻyinlarida
Oʻzbekiston Paralimpiya oʻyinlarida | ||||
XOQ kodi: | UZB | |||
MPQ: | ||||
Yozgi Paralimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki | ||||
2004 • 2008 • 2012 • 2016 • 2020 • 2024 | ||||
Qishki Paralimpiya oʻyinlarida ishtiroki | ||||
2014 • 2018 • 2022 | ||||
Shuningdek qarang | ||||
|
Oʻzbekiston 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Paralimpiya oʻyinlarida pauerlifting boʻyicha yagona vakili (Yusup Qodirov) bilan debyut qilgan. Erkaklar oʻrtasida 75 kg boʻlgan vazn toifasida Qodirov shtangani koʻtara olmadi. Oʻzbekiston 2008-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlariga pauerlifting va suzish boʻyicha ikkita sportchini yuborgan, biroq ular ham birorta ham medalni qoʻlga kirita olishmagan. 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida para-dzyudo boʻyicha 73 kg vazn toifasida Sharif Xalilov Oʻzbekiston hisobidagi ilk medalni (kumush) qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston uchun Paralimpiya oʻyinlarining eng muvaffaqiyatli natijasi 2016-yili Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan boʻlib, ular jami 31 ta medalni qoʻlga kiritib, medallar jadvalida kuchli yigirmatalikka kirgan edi. Oʻzbekiston paralimpiyachilari 2014-yilgi va 2018-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida qatnashgan, biroq medal olisholmagan[1].
Medallar
[tahrir | manbasini tahrirlash]O'yinlar | Sportchilar soni | Oltin | Kumush | Bronza | Umumiy natija |
---|---|---|---|---|---|
Afina 2004 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 |
Pekin 2008 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 |
London 2012 | 10 | 0 | 1 | 0 | 1 |
Rio-de-Janeyro 2016 | 32 | 8 | 6 | 17 | 31 |
Tokio 2020 | 44 | 8 | 5 | 6 | 19 |
O'yinlar | Sportchilar soni | Oltin | Kumush | Bronza | Umumiy natija |
---|---|---|---|---|---|
Sochi 2014 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 |
Pxyonchxan 2018 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 |
Sport | Oltin | Kumush | Bronza |
---|---|---|---|
dzyudo | 5 | 4 | 8 |
yengil atletika | 8 | 3 | 5 |
suzish | 2 | 4 | 8 |
pauerlifting | 0 | 1 | 1 |
Oʻq otish | 0 | 0 | 1 |
Taekvondo | 1 | 0 | 0 |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Paralimpiya qoʻmitasi
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-noyabr.