Kontent qismiga oʻtish

Azizbek Toʻlqinbekov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada Aziz ismli va Toʻlqinbekov familiyali boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Azizbek Toʻlqinbekov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Azizbek Toʻlqinbekov
Tavallud sanasi 10-fevral 2007-yil (2007-02-10) (18 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bunyodkor
Raqami 66
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022— Bunyodkor 18 (0)
Milliy terma jamoa
2022—2023 Oʻzbekiston U17 17 (0)
2024 Oʻzbekiston U20 10 (2)
2024— Oʻzbekiston U21 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Azizbek Toʻlqinbekov (2007-yil 10-fevralda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi. Oʻzbekiston Superligasining „Bunyodkor“ klubida markaziy himoyachi ampulasida toʻp suradi[1][2][3].

Umidli futbolchi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yilda The Guardian nashri eʼlon qilgan jahonning eng umidli oʻyinchilari TOP-60 lik roʻyxatga Azizbek Toʻlqinbekovni ham kiritgan[4].

Klub faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Azizbek „Bunyodkor“ futbol klubining akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Uning birinchi murabbiyi Yevgeniy Kazakov[5]. Toʻlqinbekov „Bunyodkor“ safida 2022-yil 7-noyabr kuni, Oʻzbekiston Superligasi turniri doirasida „Qoʻqon 1912“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut oʻyinini oʻtkazgan. Azizbek 15 yosh, 8 oy va 28 kunligida oʻzining professional faoliyatidagi ilk oʻyinini Ivan Bošković murabbiyligida oʻtkazgan[6]. Bu bilan u ligadagi eng yosh debyutantga aylangan. 2023-yilda Oʻzbekiston Superligasida bu safar ham bitta oʻyinda ishtirok etgan. 2024-yilgi mavsumda Azizbek „Bunyodkor“ asosiy jamoasining doimiy aʼzosiga aylandi. Mavsum davomida Oʻzbekiston oliy divizionida 17 ta oʻyinda, shuningdek, Oʻzbekiston Kubogida 4 ta oʻyinda maydonga tushgan. Toʻlqinbekov mavsum davomida professional faoliyatidagi ilk golini „Jayxun“ klubi darvozasiga kiritgan[7].

2024-yil 15-oktyabrda u Angliyaning The Guardian gazetasi tomonidan 2007-yilda dunyoga kelgan eng yaxshi futbolchilardan biri sifatida eʼtirof etilgan[8][9].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻlqinbekov Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzosi boʻlib, Oʻzbekiston U17 terma jamoasi safida 2023-yilgi AFC U-17 Osiyo chempionati va 2023 -yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida ishtirok etgan va 17 ta uchrashuvda maydongga tushggan[10][11]. 2024-yildan buyon Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibidagi oʻyinlarda ishtirok etmoqda[12]. Yoshlar terma jamoasi tarkibida jami 16 oʻyin oʻtkazgan va 2 ta gol muallifi boʻlgan (ikkalasi ham Kambodja yoshlar terma jamoasiga[13]).