FIFA U-17 Jahon chempionati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
FIFA U-17 World Cup
Asos solindi 1985 (39 yil avval) (1985)
Hudud International
Jamoalar soni 24 (finals)
Hozirgi chempionlar  Braziliya (4 ta unvon)
Eng muvaffaqiyatli jamoa(lar)  Nigeriya (5 ta unvon)
Vebsayt Web site
FIFA U-17 Jahon chempionati 2023

FIFA U-16 Jahon chempionati sifatida tashkil etilgan FIFA U-17 Jahon chempionati, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan 1991-yilda U-17 ga va 2007-yili hozirgi kundagi nomi – 17 yoshgacha boʻlgan erkaklar oʻrtasidagi futbol assotsiatsiyasi boʻyicha jahon chempionatiga oʻzgartirildi. Amaldagi chempion Braziliya boʻlib, u oʻz maydonida 2019-yilgi turnirda toʻrtinchi chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA U-17 Jahon chempionati 1977-yilda Singapur futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Lion City Cup musobaqasidan andoza olingan. Lion City Cup 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi dunyodagi birinchi futbol turniri edi. FIFAning oʻsha paytdagi bosh kotibi Zepp Blatterning 1982-yilgi Lion City kubogi uchun Singapurda boʻlganidan keyin tavsiyasiga binoan FIFA FIFA U-16 Jahon chempionati yaratildi[1].

Birinchi marotaba 1985 yilda Xitoyda[2] oʻtkazilgan boʻlib oʻshandan buyon turnirlar har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi. Musobaqa 1991-yildan boshlab 16 yoshgacha boʻlgan va 17 yoshga toʻlgan oʻyinchilar uchun oʻtkazila boshlandi. Hindiston mezbonlik qilgan 2017-yilgi turnir, tarixidagi eng koʻp ishtirokchi qatnashgan turnir boʻldi, FIFA U-17 Jahon chempionatiga jami tashrif buyuruvchilar soni 1 347 133 nafarni tashkil etdi[3].

Nigeriya beshta chempionlik va uchta ikkinchi oʻrin bilan turnir tarixida eng muvaffaqiyatli qatnashgan mamlakat hisoblanadi. Braziliya toʻrtta chempionlik va ikkita ikkinchi oʻrin bilan ikkinchi eng muvaffaqiyatli mamlakat, Gana va Meksika ikki marta turnirda gʻolib chiqib keyingi oʻrinlarni egallashgan.

FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati 2008-yilda boshlangan boʻlib, birinchi turnirda Shimoliy Koreya gʻalaba qozongan edi.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir turnir guruh bosqichidan iborat boʻlib, unda toʻrtta jamoa bir-biriga qarshi oʻynaydi va guruh jadvalidagi oʻrinlar qaysi jamoalar keyingi bosqichga oʻtishini hal qiladi, soʻngra gʻolib jamoa musobaqani davom ettirib keyingi bosqich yoʻllanmasini olsa, yutqazgan jamoa esa musobaqadagi faoliyatini yakunlaydi. Bu turnir gʻolibini aniqlaydigan finalga chiqish uchun ikkita jamoa qolguncha davom etadi. Magʻlub boʻlgan yarim finalchilar ham uchinchi oʻrinni aniqlash uchun oʻyin oʻtkazishadi.

1985-yildan 2005-yilgacha musobaqada guruh bosqichida har biri toʻrttadan toʻrtta guruhga boʻlingan 16 jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa oʻz guruhidagi boshqalar bilan oʻynadi va guruh gʻolibi va ikkinchi oʻrinni egallagan jamoa pley-off bosqichiga yoʻllanma oldi. 2007-yildan boshlab turnir har birida toʻrttadan oltita guruhga boʻlingan 24 jamoaga kengaytirildi. Har bir guruhda eng yaxshi 2 oʻrin va uchinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi toʻrtta jamoa pley-off bosqichiga yoʻl oldi.

Musobaqa oʻyinlari 45 daqiqalik ikkita boʻlimda (yaʼni, jami 90 daqiqa) oʻtkaziladi, 2011-yilgi turnirga qadar,Pley-off bosqichida jamoalar 90-daqiqa yakunigacha durang qayd etishadigan boʻlishsa, qoʻshimcha 30 daqiqa vaqt oʻyashdi, agar durang boʻlsa , penaltilar seriyasi orqali gʻlib aniqlandi. 2011-yilgi turnirga kelib, oʻyinchilarning charchashiga yoʻl qoʻymaslik uchun qoʻshimcha vaqt oraligʻi olib tashlandi va barcha play-off oʻyinlari 90 daqiqa oxirida durang boʻlsa, gʻolib penaltilar seriyasi orqali aniqlanadigan boʻldi.

2024-yildan boshlab turnir har yili oʻtkaziladi va unda 48 ta ishtirokchi jamoa 12 ta jamoadan iborat 4 ta „mini-turnir“(4 ta mintaqa)ga boʻlingan holda, har biri 4 tadan 3 ta guruhga boʻlinib, gʻoliblar va eng yaxshi ikkinchi oʻrinni egallagan MT yarim finaliga yoʻllanma olib va undan soʻng 2 ta gʻolib finalga yoʻllanma oladigan boʻladi. Har bir MT gʻolibi 2 ta yarim final, uchinchi oʻrin uchun oʻyin va FIFA U17 jahon chempionlarini aniqlash uchun final oʻtkazadigan „yakuniy toʻrtlik“ turniriga yoʻllanma oladi[4].

Malaka[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir turnirning mezbon davlati toʻgʻridan toʻgʻri guruh bosqichida qatnashadi. Qolgan jamoalar oltita mintaqaviy konfederatsiyalar tomonidan oʻtkaziladigan musobaqalar orqali saralanadi. 1985-yilda birinchi marotaba tashkil etilgan turnirga FIFA taklifiga binoan Yevropaning barcha jamoalari va Boliviya tashrif buyurishgan.

Konfederatsiya Chempionat
AFC (Osiyo) AFC U-17 Osiyo Kubogi
CAF (Afrika) CAF U-17 Afrika Kubogi
KONKAKAF (Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib dengizi) CONCACAF U-17 chempionati
KONMEBOL (Janubiy Amerika) CONMEBOL U-17 Janubiy Amerika chempionati
OFC (Okeaniya) OFC U-16 / U-17 chempionati
UEFA (Yevropa) UEFA U-17 Yevropa chempionati

Natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musoboqa nomlar tarixi
  • 1985–1989: FIFA U-16 Jahon chempionati
  • 1991–2005: FIFA U-17 Jahon chempionati
  • 2007–hozirgacha: FIFA U-17 Jahon Kubogi
Kalit
Ed. Yil Mezbon Final Uchinchi oʻrin uchun oʻyin Num.
teams
1st Chempion Hisob 2nd Ikkinchi oʻrin 3rd Uchinchi oʻrin Hisob Toʻrtinchi oʻrin
1 1985  Xitoy
Nigeriya
2–0
Gʻarbiy Germaniya

Braziliya
4–1
Gvineya
16
2 1987  Kanada
Sovet Ittifoqi
1–1 (q.v)

(4–2 p)


Nigeriya

Kot-dʼIvuar
2–1 (q.v)
Italiya
16
3 1989  Shotlandiya
Saudiya Arabistoni
2–2 (q.v)

(5–4 p)


Shotlandiya

Portugaliya
3–0
Bahrayn
16
4 1991  Italiya
Gana
1–0
Ispaniya

Argentina
1–1 (q.v)

(4–1 p)


Qatar
16
5 1993  Yaponiya
Nigeriya
2–1
Gana

Chili
1–1 (q.v)

(4–2 p)


Polsha
16
6 1995  Ekvador
Gana
3–2
Braziliya

Argentina
2–0
Ummon
16
7 1997  Misr
Braziliya
2–1
Gana

Ispaniya
2–1
Germaniya
16
8 1999  Yangi Zelandiya
Braziliya
0–0 (q.v)

(8–7 p)


Avstraliya

Gana
2–0
AQSh
16
9 2001  Trinidad va Tobago
Fransiya
3–0
Nigeriya

Burkina Faso
2–0
Argentina
16
10 2003  Finlandiya
Braziliya
1–0
Ispaniya

Argentina
1–1 (q.v)

(5–4 p)


Kolumbiya
16
11 2005  Peru
Meksika
3–0
Braziliya

Niderlandiya
2–1
Turkiya
16
12 2007  Janubiy Koreya
Nigeriya
0–0 (q.v)

(3–0 p)


Ispaniya

Germaniya
2–1
Gana
24
13 2009  Nigeriya
Shveysariya
1–0
Nigeriya

Ispaniya
1–0
Kolumbiya
24
14 2011  Meksika
Meksika
2–0
Urugvay

Germaniya
4–3
Braziliya
24
15 2013  Birlashgan Arab Amirliklari
Nigeriya
3–0
Meksika

Shvetsiya
4–1
Argentina
24
16 2015  Chili
Nigeriya
2–0
Mali

Belgiya
3–2
Meksika
24
17 2017  Hindiston
Angliya
5–2
Ispaniya

Braziliya
2–0
Mali
24
18 2019  Braziliya
Braziliya
2–1
Meksika

Fransiya
3–1
Niderlandiya
24
19 2023  Indoneziya 24
20 2025 TBD 24

Kuchli toʻrtlikka kirgan jamoalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Yutuq Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin
 Nigeriya 5 (1985, 1993, 2007, 2013, 2015) 3 (1987, 2001, 2009)
 Braziliya 4 (1997, 1999, 2003, 2019) 2 (1995, 2005) 2 (1985, 2017) 1 (2011)
 Gana 2 (1991, 1995) 2 (1993, 1997) 1 (1999) 1 (2007)
 Meksika 2 (2005, 2011) 2 (2013, 2019) 1 (2015)
 Fransiya 1 (2001) 1 (2019)
 Sovet Ittifoqi 1 (1987)
 Saudiya Arabistoni 1 (1989)
  Shveysariya 1 (2009)
 Angliya 1 (2017)
 Ispaniya 4 (1991, 2003, 2007, 2017) 2 (1997, 2009)
 Germaniya1 1 (1985) 2 (2007, 2011) 1 (1997)
 Mali 1 (2015) 1 (2017)
 Shotlandiya 1 (1989)
 Avstraliya 1 (1999)
 Urugvay 1 (2011)
 Argentina 3 (1991, 1995, 2003) 2 (2001, 2013)
 Niderlandiya 1 (2005) 1 (2019)
 Kot-dʼIvuar 1 (1987)
 Portugaliya 1 (1989)
 Chili 1 (1993)
 Burkina Faso 1 (2001)
 Shvetsiya 1 (2013)
 Belgiya 1 (2015)
 Kolumbiya 2 (2003, 2009)
 Gvineya 1 (1985)
 Italiya 1 (1987)
 Bahrayn 1 (1989)
 Qatar 1 (1991)
 Polsha 1 (1993)
 Ummon 1 (1995)
 AQSh 1 (1999)
 Turkiya 1 (2005)
1Gʻarbiy Germaniyani ifodalovchi natijalarni oʻz ichiga oladi

Kontinental zonalar boʻyicha ishtirokchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Map of the best results for each country
Map of the best results for each country

Afrika eng muvaffaqiyatli kontinental zona boʻlib, 7 ta turnir gʻolibi (5 ta Nigeriya, 2 ta Gana) va 6 marta ikkinchi oʻrinni egallagan. Xususan, 1993-yilgi finalda Afrikaning ikkita jamoasi ishtirok etgan, oʻshanda finalda bitta konfederatsiyadan ikkita jamoa ishtirok etgan. Afrika jamoalari 1993-yilgi finalni takrorlashdi, Mali Gana oʻrniga (yosh buzilishi uchun diskvalifikatsiya qilingan) 2015-yilda Nigeriya va Mali oxirgi ikki oʻringa chiqishdi va Nigeriya oltinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

Janubiy Amerika 3 ta turnirda gʻalaba qozongan va uch marta ikkinchi oʻrinni egallagan. Bundan tashqari, Argentina 3 marta uchinchi oʻrinni egallagan, Chili bir marta va Kolumbiya ikki marta toʻrtinchi oʻrinni egallagan, ammo oxirgi ikkitasining hech biri finalda ishtirok etmagan.

Yevropa 4 ta turnirda gʻalaba qozongan (Fransiya, SSSR, Shveytsariya va Angliya uchun 1 tadan) va 6 marta ikkinchi oʻrinni egallagan. Ispaniya 4 marta ikkinchi oʻrinni egallagan. Bundan tashqari, Portugaliya va Niderlandiya 1989 va 2005-yillarda mos ravishda uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.

KONKAKAF zonasida 2 ta turnir gʻolibi (Meksika uchun 2005 va 2011), bu konfederatsiya toʻrt marta finalga chiqqan (Meksika bilan).

Osiyoda 1 ta turnir gʻolibi (1989-yil Saudiya Arabistoni uchun), bu konfederatsiya jamoasi finalga chiqqan yagona va Osiyo terma jamoasi erkaklar toifasida FIFA turnirida gʻolib chiqqan yagona marta (Avstraliya 1999-yilda ikkinchi oʻrinni egallagan, ammo oʻsha paytda Okeaniya Futbol Konfederatsiyasida edi).

Okeaniya turnirda gʻalaba qozonmagan va 1 marta ikkinchi oʻrinni egallagan (1999-yilda Avstraliya uchun). Shundan soʻng Avstraliya Osiyo konfederatsiyasiga oʻtdi.

Ushbu turnirning oʻziga xosligi shundaki, unvonlarning aksariyati eng kuchli mintaqaviy konfederatsiyalar (CONMEBOL va UEFA)dan tashqaridagi jamoalarga nasib etdi. Hozirgacha oʻtkazilgan oʻn beshta nashrning toʻqqiztasida (jami 60 foiz) Shimoliy va Markaziy Amerika, Afrika va Osiyo jamoalari gʻalaba qozongan.

Konfederatsiya (materik) Sovrindorlar
Gʻoliblar Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin
CAF (Africa) 7 times: Nigeriya (5), Gana (2) 6 times: Nigeriya (3), Gana (2), Mali (1) 3 times: Gana (1), Ivory Coast (1), Burkina Faso (1) 3 times: Gana (1), Guinea (1), Mali (1)
UEFA (Europe) 4 times: Fransiya (1), SSSR (1), Shveytsariya (1), Angliya (1) 6 times: Ispaniya (4), Germaniya (1), Shotlandiya (1) 9 times: Germaniya (2), Ispaniya (2), Belgium (1), Fransiya (1), Niderlandiya (1), Portugaliya (1), Shvetsiya (1) 5 times: Germaniya (1), Italiya (1), Niderlandiya (1), Polsha (1), Turkiya (1)
CONMEBOL (South America) 4 times: Braziliya (4) 3 times: Braziliya (2), Urugvay (1) 6 times: Argentina (3), Braziliya (2), Chili (1) 5 times: Braziliya (1), Argentina (2), Kolumbiya (2)
CONCACAF (North, Central America and Caribbean) 2 times: Meksika (2) 2 times: Meksika (2) None 2 times: Meksika (1), Qoʻshma Shtatlar (1)
AFC (Osiyo) 1 time: Saudiya Arabistoni (1) None None 3 times: Bahrain (1), Qatar (1), Oman (1)
OFC (Oceania) None 1 time: Avstraliya (1) None None

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa ishtirokchilarni quidagi mukofotlar bilan taqidirlanadi:

  • "Oltin toʻp" turnirning eng samarali oʻyinchisiga beriladi;
  • "Oltin butsa" turnirning eng yaxshi toʻpurariga beriladi;
  • "Oltin qoʻlqop" turnirning eng yaxshi darvozaboniga beriladi;
  • FIFA Fair Play kubogi turnirda eng yaxshi intizomga ega boʻlgan jamoaga topshiriladi.
Musoboqa Oltin toʻp Oltin butsa Gol Oltin qoʻlqop FIFA Fair Play sovrini
Xitoy 1985 Xitoy Braziliya William Gʻarbiy Germaniya Marcel Witeczek 8 Not Awarded  Gʻarbiy Germaniya
Kanada 1987 Kanada Nigeriya Philip Osundu Kot-dʼIvuar Moussa Traoré 5  Sovet Ittifoqi
Shotlandiya 1989 Shotlandiya Shotlandiya James Will Gvineya Fode Camara 3  Bahrayn
Italiya 1991 Italiya Gana Nii Lamptey Braziliya Adriano 4  Argentina
Yaponiya 1993 Yaponiya Gana Daniel Addo Nigeriya Wilson Oruma 6  Nigeriya
Ekvador 1995 Ekvador Ummon Mohammed Al-Kathiri Avstraliya Daniel Allsopp 5  Braziliya
Misr 1997 Misr Ispaniya Sergio Santamaría Ispaniya David 7  Argentina
Yangi Zelandiya 1999 Yangi Zellandiya Qoʻshma Shtatlar Landon Donovan Gana Ishmael Addo 7  Meksika
Trinidad va Tobago 2001 Trinidad va Tobago Fransiya Florent Sinama Pongolle Fransiya Florent Sinama Pongolle 9  Nigeriya
Finlandiya 2003 Finlandiya Ispaniya Cesc Fàbregas Ispaniya Cesc Fàbregas 5  Kosta Rika
Peru 2005 Peru Braziliya Anderson Meksika Carlos Vela 5  Shimoliy Koreya
Janubiy Koreya 2007 Janubiy Koreya Germaniya Toni Kroos Nigeriya Macauley Chrisantus 7  Kosta Rika
Nigeriya 2009 Nigeriya Nigeriya Sani Emmanuel Ispaniya Borja 5 Shveysariya Benjamin Siegrist  Nigeriya
Meksika 2011 Meksika Meksika Julio Gómez Kot-dʼIvuar Souleymane Coulibaly 9 Urugvay Jonathan Cubero  Yaponiya
Birlashgan Arab Amirliklari 2013 Birlashgan Arab Amirliklari Nigeriya Kelechi Iheanacho Shvetsiya Valmir Berisha 7 Nigeriya Dele Alampasu  Nigeriya
Chili 2015 Chili Nigeriya Kelechi Nwakali Nigeriya Victor Osimhen 10 Mali Samuel Diarra  Ekvador
Hindiston 2017 Hindiston Angliya Phil Foden Angliya Rhian Brewster 8 Braziliya Gabriel Brazão  Braziliya
Braziliya 2019 Braziliya Braziliya Gabriel Veron Niderlandiya Sontje Hansen 6 Braziliya Matheus Donelli  Ekvador
Indoneziya 2023 Indonesiya TBA TBA TBA TBA TBA

Rekorlar va natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]