Amirbek Saidov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Amirbek Saidov | ||
Tavallud sanasi | 1-fevral 2006-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 182 cm (5 ft 11 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Bunyodkor | ||
Milliy terma jamoa | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2022— | Oʻzbekiston U-17 | 15 | (5) |
Amir Saidov (ruscha: Амирбек Саидов; 1-fevral 2006-yil, Toshkent) – oʻzbek futbolchisi, Oʻzbekiston Superligasining „Bunyodkor“ klubi va Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi.
Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Amirbek Toshkentning „Bunyodkor“ klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi va klubning U-18 yoshlar jamoasi aʼzosi hisoblanadi[1].
Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Saidov Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi bilan CAFA U-16 chempionati 2022 turnirida ishtirok etgan. Musoboqada Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi gollar farqiga koʻra ikkinchi oʻrinni olgan va Amirbek 7 gol bilan musoboqa toʻpurari boʻlgan[2].
Amirbek Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi safida ilk bor 2023-yil Rossiya U-17 terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyit qilgan[3]. 2023-yilgi AFC U-17 Osiyo Kubogida 5 ta oʻyinda ishtirok etdi va Yaponiya U-17 terma jamoasiga qarshi oʻyinda ilk debyut golini kiritgan. Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi yarim finalga qadar yetib bordi va FIFA U-17 Jahon chempionati 2023 ga yoʻllanma oldi. Indoneziyada oʻtayotgan jahon chempionatida Amirbek 3 ta oʻyinda ishtirok etib, Kanada U-17 terma jamaosiga 2 ta[4] va Ispaniya U-17 terma jamoasiga 1 ta gol urib[5], 3 ta gol bilan eng yaxshi toʻpurarlar safida bormoqda.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Amirbek Saidov transfermarkt.de“ (2023-yil 19-noyabr).
- ↑ „CAFA U-16 Championship. Ўзбекистон тўплар нисбатига кўра иккинчи бўлди. Саидов эса тўпурарга айланди“ (21 май 2022).
- ↑ „INTERNATIONAL FRIENDLIES“ (2022-yil 16-noyabr).
- ↑ „Ўзбекистон U-17 Канадани таслим қилди, олдинда Испания билан "жанг"“ (2023-yil 13-noyabr).
- ↑ „U-17 Jahon Chempionati. O‘zbekiston yoshlari Ispaniyaga qarshi o‘yinda 2 ta gol farqini yo‘qqa chiqarib, durang qayd etdi“ (2023/11/).
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Amir Saidov Transfermarkt saytida
- Amir Saidov OʻzPFL saytida
- Amir Saidov Soccerway saytida