Kontent qismiga oʻtish

Behruz Karimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Behruz va familiyasi Karimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Behruz Karimov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2007-yil 7-avgust (2007-08-07) (18 yosh)
Tavallud joyi Kosonsoy tumani
Boʻyi 1.79 m (5 ft 10 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Surxon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2024—2025 Olimpik
Milliy terma jamoa
2023—2024 Oʻzbekiston U17
2024— Oʻzbekiston U23
2026— Oʻzbekiston
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Behruz Karimov (2007-yil 7-avgust, Kosonsoy tumani, Namangan viloyati) — oʻzbekistonlik futbolchi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Surxon klubi himoyachisi[1][2].

Faoliyatini Oʻzbekiston Superligasining Olimpik klubida boshlagan. 2025-yilda Surxon klubiga oʻtgan. 2026-yil may oyida uning oyogʻida jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi[3][4].

2023-yilgi U-17 Osiyo Kubogida Oʻzbekiston U17 terma jamoasi tarkibida boʻlgan[5]. 2024-yilgi U-23 Osiyo Kubogi va 2026-yilgi U-23 Osiyo Kubogi uchun Oʻzbekiston U23 jamoasi tarkibida maydonga tushgan[6]. 2026-yil mart oyida 2026-yilgi FIFA seriyasi oʻyinlari uchun Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqiruvini olgan. Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan[7].