Oʻzbekiston Professional futbol ligasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi
Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi logotipi
Davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston , Toshkent
Konfederatsiya Osiyo Futbol Konfederatsiyasi
Tashkil etilgan 20-iyun, 2008-yil (15 yil avval) (2008-06-20)
Yuqori liga Oʻzbekiston Superligasi
Oʻzbekiston Pro-ligasi
Oʻzbekiston Birinchi Ligasi
Xalqaro musoboqalar Osiyo Chempionlar ligasi
OFK kubogi
Veb-sayt pfl.uz
Bosh direktor Diyor Imomxoʻjayev
Kuboklar Oʻzbekiston kubogi
Liga kubogi
Map

O‘zbekiston professional futbol ligasi, qisqacha O‘zPFL — Oʻzbekiston hududida futbol jamoalari o‘rtasida tegishli ravishda Superliga, Pro liga, Birinchi liga, ayollar Oliy ligasi, ayollar Birinchi ligasi, futzal Oliy ligasi va Birinchi ligasi, O‘zbekiston kubogi, Liga Kubogi, O‘zbekiston Superkubogi, O‘zbekiston U-19 chempionatidan boshlab O‘zbekiston U-21 chempionatigacha bo‘lgan barcha yosh toifalaridagi va boshqa shu kabi professional futbol musobaqalari o‘tkazishni muvofiqlashtirish, futbol klublari o‘rtasida musobaqalar tashkil etish va o‘tkazish, ularning sport va tashkiliy-boshqaruv faoliyati hamda o‘zaro munosabatlari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berib borish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yilda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi tashkiliy tuzilmasining bir qismi bo‘lgan va O‘zbekistonda professional futbol musobaqalarini o‘tkazishga mas’ul bo‘linma edi. 2008-yil boshlarida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Oʻzbekiston Futbol federatsiyasiga Professional futbol ligasini alohida tashkilot sifatida ajratishni tavsiya qildi. 2008-yil 20-iyunda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va futbol klublarining Umumiy yigʻilishida tashkil etildi hamda 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi[2]. 2023-yilning 10-yanvar kuni Jahon Professional futbol ligalari assotsiatsiyasi aʼzosiga aylandi[3][4].

Maqsadi va vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Professional futbol ligasining asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi hududida futbol jamoalari oʻrtasida futbol boʻyicha tegishli ravishda Superliga, Pro liga, Birinchi liga, futzal Oliy ligasi va Birinchi ligasi, Oʻzbekiston Kubogi, Liga Kubogi, Oʻzbekiston Superkubogi, Oʻzbekiston barcha yosh toifalaridagi va boshqa shu kabi professional futbol musobaqalari oʻtkazishni muvofiqlashtirish, futbol klublari oʻrtasida musobaqalar tashkil etish va oʻtkazish, ularning sport, tashkiliy-boshqaruv faoliyati hamda oʻzaro munosabatlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berib borishdan iborat.

Rahbarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkilotning ilk rahbari sifatida 2008-2017 yillar mobaynida Farhod Magometov faoliyat olib borgan. 2017-yilning sentyabridan 2019-yilgacha Omon G‘ofurov tashkilotga rahbarlik qilgan. Keyinchalik, 2019-2020 yillarda tashkilotga Davron Shoqurbonov rahbarlik qilgan. 2020-yildan 2022-yilgacha Bosh direktor vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Diyor Imomxoʻjayev 2022-yilda tashkilot Bosh direktori etib tayinlandi.

Ismi Tasvir Tayinlangan Boʻshatilgan
Farhod Magometov[5][6] 04.09.2008 04.09.2017
Omon G‘ofurov[7] 04.09.2017 17.06.2019
Davron Shoqurbonov[8] 17.06.2019 26.05.2020
Diyor Imomxoʻjayev[9] 26.05.2020 hozirgacha

Ijroiya qoʻmitasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diyor Imomxoʻjayev, Bosh direktor[10].

Odil Ahmedov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti.

Aziza Tatlimuratova, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ayollar futbolini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi.

Olimxon Ahmedov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Turon futbol klubi prezidenti[11].

To‘labek Akramov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Lokomotiv-Toshkent futbol klubi prezidenti.

Bahodir Mirzayev, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, AGMK futbol klubi bosh direktori.

Alisher Yusupov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Nasaf futbol klubi menejeri.

Maqsud Karimov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Nasaf futbol klubi bosh direktori.

Oybekxon Ibrohimxonov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi yurist-konsultanti.

O‘zPFL tasarrufidagi musobaqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Coca Cola Superligasi — Professional futbol klublari ishtirok etadigan, O‘zbekiston futbol musobaqalari tizimidagi eng yuqori divizion. 1992-yilda Oliy Liga nomi bilan tashkil etilgan. Jami 14ta jamoa qatnashadi. Chempionat mart-noyabr oylarida o‘tkaziladi va har bir jamoa 26ta uchrashuv o‘tkazadi. 2018-yilgacha musobaqa rasman Oliy liga deb nomlangan. 2019-yildan titul homiy ishtirokida dastlab Pepsi Superligasi, keyinchalik, 2020-yildan Coca Cola Superligasi deb nomlanadi. O‘zbekiston chempionatlari tarixida jami 41ta klub ishtirok etgan va ulardan faqatgina 7ta klub chempionlik shohsupasiga erishgan: „Paxtakor“ — 14 marta, „Neftchi“ — 5 marta, „Bunyodkor“ — 5 marta, „Lokomotiv“ — 3 marta, „Do‘stlik“ — 2 marta, MHSK — 1 marta, „Navbahor“ — 1 marta. Turli yillarda O‘zbekiston chempionatida jamoalar soni turlicha bo‘lgan. Dastlabki yillarda chempionat bahslarida 16ta jamoa ishtirok etgan bo‘lsa, keyinchalik turli yillarda jamoalar soni 14, 18 va 20ta bo‘lgan. 2018-yilda bir marta chempionat jamoalari soni 12tani tashkil qilgan.

Oʻzbekiston Kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkillashtiriladigan futbol boʻyicha milliy kubok musobaqasidir. Oʻzbekiston Kubogi bahslari 1992-yildan beri tashkil etib kelinadi. Musobaqaning ilk gʻolibi Namanganning „Navbahor“ klubi hisoblanadi. Oʻzbeksiton Kubogi gʻoliblari OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.

Liga kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Liga kubogi — erkaklar oʻrtasidagi futboli boʻyicha har yili oʻtkaziladigan futbol musobaqasi. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2010-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan musobaqa 2016-2018-yillarda oʻtkazilmagan. Oʻzbekiston Liga kubogi — 2019-yilda ilk marta tashkil etilgan. Unda asosan Oʻzbekiston klublari, shuningdek OʻzPFL taklifiga koʻra Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻiston futbol klublari ham qatnashadi. Musobaqaning ilk gʻolibi — Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi[12].

Pro liga[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 21-noyabr kuni PFL rahbariyati qaroriga ko‘ra, Oʻzbekiston Birinchi ligasi 2018-yilgi mavsumdan boshlab rasman O‘zbekiston Pro ligasi deb o‘zgartirildi. Liga 18 tadan 16 ta jamoaga qisqartirildi[13].

Birinchi liga[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yildan boshlab faoliyat olib boradi. 2010-yilgi mavsumdan eʼtiboran birinchi liga musobaqalari ikki mintaqaga boʻlingan holda olib boriladi: sharq mintaqasi va gʻarb mintaqasi. Sharq mintaqasi jamoalari Andijon, Namangan, Fargʻona va Toshkent viloyati futbol klublaridan tashkil topgan. Gʻarb mintaqasi jamoalari Sirdaryo, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi futbol klublaridan tashkil topgan. Har bir mintaqada qatnashadigan jamoalar soni: 12 ta.

Oʻzbekiston Birinchi ligasi ilgari futbol tizimida ikkinchi toifali musobaqa vazifasini bajarib kelgan. 2018-yilda Pro ligaga asos solinganidan keyin, 2020-yildan eʼtiboran Birinchi liga qayta tashkil qilindi va endilikda mamlakatda uchinchi darajali musobaqa sanaladi.

Oʻzbekiston ikkinchi ligasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistondagi darajasi boʻyicha 4-oʻrindagi (Superliga va Pro-ligadan keyin) futbol ligasi. 2020-yilda Birinchi liga tashkil etilishidan oldin darajasi boʻyicha 3-oʻrinda edi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi nazorati ostidagi Oʻzbekiston PFL hamda uning hududiy boʻlimlari qoshida oʻtkazilgan[14].

U-21 chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston futboli tizimida Superliga jamoalarining yoshlar tarkiblari oʻynaydigan musobaqa. Unda OʻzPFL reglamentiga muvofiq 21 yosh va undan kichik futbolchilar ishtirok etadi. U-21 chempionati uchrashuvlari asosiy tarkiblar uchrashuvidan bir kun keyin tashkil etiladi[15].

U-19 chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasi futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati (U-20), 19 yoshgacha bo‘lgan (U-19) Osiyo chempionati va boshqa turnirlarda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Superliga va Pro liga klublarining 19 yoshgacha boʻlgan tarkiblari oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqa. U-19 chempionatiga 2021-yilda asos solingan. Unda ikki yuqori divizionning barcha klublari oʻz tarbiyalanuvchilari bilan gʻoliblik uchun kurash olib boradi. Superliga va Pro liga klublarining 19 yoshgacha boʻlgan tarkiblari oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqa. U-19 chempionatiga 2021-yilda asos solingan. Unda ikki yuqori divizionning barcha klublari oʻz tarbiyalanuvchilari bilan gʻoliblik uchun kurash olib boradi[16].

Ayollar Oliy ligasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonning eng kuchli ayollar klublari toʻp suradigan Oʻzbekiston chempionati oliy divizioni. Turnir 1995-yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda. Oʻzbekistonning ayollar jamoalari oʻrtasidagi chempioni Futbol boʻyicha ayollar Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.2010-yildan buyon Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Oʻzbekiston ayollar futboli assotsiatsiyasi (OAFA) shafeligida o‘tkazib kelinmoqda. 2013-yilgi mavsumdan boshlab Oliy ligada faqat professional klublar ishtirok etishi mumkin. 2011-yildan beri Birinchi liga jamoalari oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazib kelinmoqda. Ishtirokchilar soni doimiy emas. Professional klublardan tashqari, Nizomga mutlaq rioya qilgan holda ishtirok etishiga ruxsat beriladi[17]. FIFA talabidan kelib chiqib, 2023-yildan boshlab ayollar futboli musobaqalari bevosita Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkaziladi[18].

Futzal Oliy ligasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futzal boʻyicha Oʻzbekiston chempionati asosiy divizioni. Unda futzal boʻyicha mamlakatning eng kuchli jamoalari ishtirok etadi. Musobaqa OʻzPFL tomonidan alohida Reglament asosida oʻtkazildi va gʻolib jamoa yakunda Futzal boʻyicha Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi[19].

Futzal O‘zbekiston Kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futzal boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi — Futzal Oliy liga va Futzal Birinchi ligasi jamoalari qatnashadigan har yilgi musobaqa[20].

Futzal Birinchi liga[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futzal boʻyicha Birinchi liga bahslarida professional hamda yarim-professional futzal jamoalari ishtirok etadi. Klublar Futzal Birinchi ligasida Oliy liga yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun bahs olib borishadi.

Futzal U-18 chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futzal boʻyicha U-18 chempionatiga 2022-yilda asos solingan. Musobaqa Futzal boʻyicha Oliy liga klublari qoshidagi 18 yoshgacha boʻlgan futzalchilardan iborat jamoalar ishtirokida tashkil etiladi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Litsenziyalash jarayoni shartlaridan biri hisoblanadi.

Homiylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi 2018—2019-yillarda Pepsi shirkati bilan hamkorlik qilgan. 2019-yildan boshlab esa Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan kompaniyasi Oʻzbekiston Superligasiga titul homiy vazifasini bajarib kelmoqda. Ommaviy axborot vositalarida va rasmiy tadbirlarda futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yuqori divizioni Coca-Cola Superliga deb yuritiladi[21]. 2020-yilda „Apex Insurance“ sugʻurta shirkati bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Shirkat ligada roʻyxatdan oʻtgan 1500 nafardan oshiq professional futbolchilar salomatligi sug‘urtalanishini taʼminlab beradi[22]. 2023-yil 16-mart kuni „BMB Trade Group“ investitsion konsalting shirkati 2023-yilgi mavsum davomida Superliganing rasmiy homiysi boʻldi[23]. Shuningdek, 2023-yildan Olcha.uz axborot portali va Centrum Air aviakompaniyasi Oʻzbekiston Professional futbol ligasining hamkorlari hisoblanadi.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Osiyo qitʼasida Litsenziyalash boʻyicha yetakchilardan biri sanaladi. 2021-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonning 12 ta klubi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi litsenziyasini qoʻlga kiritdi va bu qitʼada 3-eng yaxshi natija sifatida qayd etildi. 2021-yilda ayollar jamoalari oʻrtasida ham Oʻzbekistonning 2 ta klubi Osiyoda birinchilaridan boʻlib litsenziyalashdan muvaffaqiyatli oʻtdi[24].

OʻzPFL Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan 2021-yil yakunlariga koʻra „Eng shaffof nodavlat-notijorat tashkilotlari TOP-20“ ro‘yxatidan o‘rin olgan[25].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „PFL Superliga taqvimini o‘zgartirdi va o‘zgarishlarga izoh berdi“. kun.uz.
  2. „Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida“. LexUz (23-sentyabr 2010-yil).
  3. O‘zPFL Jahon Professional futbol ligalari assotsiatsiyasi aʼzosiga aylandi
  4. World Association
of Professional
 Football Leagues
  5. Diyor Imomxoʻjayev. „Omad sizga, Farhod Magomedov“. championat.asia.
  6. „Farhod Magomedov PFL direktorligidan bo‘shatildi“. kun.uz (10-oktyabr 2017-yil).
  7. „PFL bosh direktori Omon G‘ofurov iste'foga chiqdi“. kun.uz.
  8. „Rasman: Davron Shakurbanov O'zPFL bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi“. championat.asia.
  9. „Bukmekerlik idoralari, kelishilgan o‘yinlar va futboldagi korrupsiya. PFL rahbariyati bilan suhbat“. kun.uz.
  10. „O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasi“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi.
  11. https://championat.uz/oz/news/turon-tasischisi-klub-prezidenti-lavozimida-ish-olib-boradi?utm_source%5B0%5D=%40%40kdl4R
  12. https://pfl.uz/uzb/clubs/1
  13. https://pfl.uz/uzb/news/sections/pro_liga
  14. https://azscore.uz/football/leagues/uzbekistan/uzbekistan-division-2
  15. https://www.transfermarkt.com/usbekistan-u21/startseite/verein/30418
  16. https://www.transfermarkt.com/usbekistan-u19/startseite/verein/39292
  17. Ayollar futboli // Professional futbol ligasi
  18. „Ayollar futboli musobaqalari 2023-yildan boshlab O‘FA tomonidan o‘tkaziladi“.
  19. https://www.futsalworldranking.com/rank.htm
  20. Futsal World Ranking
  21. Coca-Cola sponsors the 2019 Uzbekistan Super League
  22. PFL APEX INSURANCE bilan hamkorlikni uzaytirdi
  23. BMB Trade group Liga rasmiy homiysiga aylandi
  24. „Litsenziyalash yakunlari: 12 ta klub OFK litsenziyasini, 9 ta klub esa milliy litsenziyani shartli ravishda qo‘lga kiritdi“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi.
  25. „Litsenziyalash yakunlari: 12 ta klub OFK litsenziyasini, 9 ta klub esa milliy litsenziyani shartli ravishda qo‘lga kiritdi“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi.