Nayrobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nairobidan yoʻnaltirildi)
Nairobi

Nairobi - Keniya poytaxti, 1700 m balandlikdagi yassitogʻlikda joylashgan. Iqlimi ekvatorial, mussonli iklim. Iyul oyining oʻrtacha temperaturasi 15°, martniki 18,7°. Yillik yogʻin oʻrtacha 930 mm. Aholisi 2,07 mln. kishi (1998). N. maʼmuriy jihatdan provinsiyaga tenglashtirilgan poytaxt okrugini tashkil qiladi.

Shaharga 1899-yilda Mombasa — Kisumu temir yoʻlning qurilishi natijasida asos solingan. Keyinroq inglizlarning harbiy bazasi boʻlgan. 1963-yildan mustaqil Keniya poytaxti. Nayrobi — temir yoʻl va shosse yoʻllar tugun i. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdo-sanoat markazi. Oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, toʻqimachilik, metallsozlik, kimyo, qogʻoz, oynashisha, sement sanoati korxonalari mavjud. Milliy universitet, milliy muzey, Sorsbi badiiy galereyasi, milliy teatr, kutubxona, tad-qiqot markazlari bor. Shahar toʻgʻri burchakli reja asosida, binolar yevropacha usulda qurilgan. Turizm rivojlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil