Muxtorjon Abdullayev
Muxtorjon Turdialiyevich Abdullayev | |
---|---|
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi | |
Mansab davri 1993-yildan — 1997-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf |
Vorisi | Abdurashid Bahromov |
Movorunnahr musulmonlari idorasi rahbari (O‘zbekiston) | |
Mansab davri 1993-yil — 1997-yil | |
Oʻtmishdoshi | Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf |
Vorisi | Shayx Abdurashid qori Baxromov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Muxtorjon Turdialievich Abdullaev 30-dekabr 1928-yil Qoʻqon |
Vafoti |
25-may 2002-yil (73 yoshda) Buxoro |
Ilmiy unvoni | Islom teologiyasi |
Muxtorjon Turdialiyevich Abdullayev (1928-yil 30-dekabr, Qoʻqon, SSSR — 2002-yil 25-may, Buxoro, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbek diniy, ilmiy va jamoat arbobi. 1993—1997-yillarda O‘zbekiston Oliy muftiysi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbari. Buxorodagi Miri Arab madrasasining uzoq yillik mudiri.
Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
1928-yilda Qoʻqon shahrining Azriktepa mahallasida tugʻilgan[1][2][3].
Buxoro shahridagi 6-sonli o‘rta maktabni tugatgan, ayni paytda o‘z otasidan va boshqa domlalaridan islomiy taʼlim olgan.
Buxoro shahridagi Miri Arab madrasasida 4 yil tahsil olgan, so‘ngra o‘z iqtidori bilan alohida ajralib turgan talaba sifatida Toshkentdagi Baroqxon madrasasida Ziyouddinxon ibn Eshon Boboxondan[1][2][3] taʼlim olgan.
Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasida faoliyatini boshladi. Biroz vaqt o‘tib, Buxorodagi Miri Arab madrasasiga mudir etib tayinlandi.
Suriyadagi Damashq universitetining shariat fakultetiga 3 yillik o‘qishga yuborildi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbari va O‘zbekiston Oliy muftiysi lavozimidan hokimiyat bosimi tufayli isteʼfoga chiqarilganidan so‘ng, oʻrniga musulmonlar idorasi raisi etib saylandi.
1997-yilda muftiylikdan olingan va Buxorodagi Bahouddin Naqshbandiy majmuasiga qarashli masjidiga qaytib, vafotigacha shu yerda imom-xatib bo‘lib ishladi. Muxtorjon Abdullayev 2002-yil 25-mayda 74 yoshida vafot etdi. U Buxorodagi Imom Hazrati qabristoniga dafn etilgan.
Muxtorjon Abdullayev o‘zbek tilidan tashqari arab, fors, tojik, rus, ozarbayjon, qrim-tatar, tatar, boshqird, turkman tillarini bilgan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 У. Алимов, Б. Бобожонов Ўзбекистон уламолари. — Тошкент: «Мовароуннаҳр», 2015. — 496 с. — ISBN 978-9943-12-324-3
- ↑ 2,0 2,1 А. Иноятов, М. Солиева Зулматдаги зиёкорлар. — Тошкент: «Ҳилол-нашр», 2016. — 286 с. — ISBN 978-9943-4632-1-9
- ↑ 3,0 3,1 „Ўзбекистон муфтийси Мухторжон домла Абдуллаев ҳикояти“ (uz). uzerk.org. Qaraldi: 14-iyun 2022-yil.