Qrimtatar tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qrimtatar tili
Milliy nomi: Qırımtatar tili, Qırım tili, Къырымтатар тили, Къырым тили
Mamlakatlar: Rossiya/Ukraina[1], Oʻzbekiston, Turkiya, Ruminiya, Bolgariya
Mintaqalar:
Rasmiylik holati: Rossiya bayrogʻi Rossiya /Ukraina bayrogʻi Ukraina
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 484 000[2]
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum: Yevroosiyo tillari
Oltoy tillari
Turkiy tarmoq
Qipchoq guruhi
Noʻgʻoy-qipchoq ostguruhi
Oʻgʻuz tillari guruhi
Alifbosi: lotin, Kirill, 1920-yilgacha Arab
Til kodlari
ISO 639-1
ISO 639-2 crh
ISO 639-3 crh
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Qrimtatar tili - turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub til. Asosan, Oʻzbekiston va Ukrainaning bir qator hududlarida, qisman Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Gru-ziya, Ozarbayjon, Ruminiya va turkiyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 800 ming kishiga yaqin (1990-yillar oxiri). Qrimtatar tili tarixan tipologik jihatdan bir tekis rivojlanmagan. Unda 3 ta: shim. (dasht), oʻrta va jan. lahjalar mavjud boʻlib, ularning birinchisi noʻgʻay tiliga, uchinchisi oʻgʻuz tillariga yaqin turadi. Lahjaviy farqlar fonetika, morfologiya va leksika sohalarida kuzatiladi. Fonetik xususiyatlari sifatida lab va tanglay ohangdoshligining 2-boʻgʻinga taʼsiri, 2-darajali choʻziq unlilarning mavjudligi, baʼzan soʻz boshidagi va oxiridagi h undoshining tushib qolishi (ava<hava, saba<sabah, "tong") va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Kishilik olmoshlarining qaratqich kelishigidagi 1-shaxs birlik va koʻplik "mening , bizning" shakllarining "menim, bizim" tarzida qoʻllanishi va boshqa Qrimtatar tilining morfologik belgilaridandir. Leksikasida shu tilning oʻzigagina xos boʻlgan "balaban" (katta), "qoʻranta" (oila) kabi soʻzlar bilan bir qatorda arab, fors, grek, italyan tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham koʻpchilikni tashkil etadi.

20-asrgacha boʻlgan adabiy Qrimtatar tili Oltin Oʻrda turkiy adabiy tilidan kelib chiqqan va unda Qrim xonlarining koʻplab farmon va yorliqlari saqlanib qolgan. Eng qad. yozma yodgorligi 13-asrga mansub. 19-asrdan adabiy til bir necha marta isloh qilingan va soʻzlashuv tiliga yaqinlashtirilgan. Hozirgi adabiy til oʻtgan asrning 20-yillarida oʻrta lahja asosida shakllangan. 1929 yilgacha arab grafikasi, keyinchalik lotin grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanilgan, 1938 yildan esa rus grafikasiga asoslangan yozuv joriy etilgan.

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 Бо́льшая часть Крымского полуострова является предметом территориального спора между Россией и Украиной. Согласно федеративному устройству России на спорной территории Крыма расположены субъекты Российской Федерации Республика Крым и город федерального значения Севастополь. Согласно административно-территориальному делению Украины на спорной территории Крыма расположены входящие в состав Украины Автономная Республика Крым и Территория, подчинённая город со специальным статусом Севастополь.
  2. ethnologue

Adabiyot[tahrir]

  • Baskakov N.A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazikov, 2-izd., M., 1969: Memetov A., Istochniki formirovaniya leksiki kr1mskotatarskogo yazshka. T., 1988.