Kontent qismiga oʻtish

Nikita Shevchenko

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nikita Shevchenko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nikita Nikolayevich Shevchenko
Tavallud sanasi 27-noyabr 2003-yil (2003-11-27) (21 yosh)
Tavallud joyi Kursk, Rossiya
Boʻyi 1.90 m (6 ft 3 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paxtakor
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2020 4-BOʻSM (Kursk)
2021 Sochi
2022 Lokomotiv (Toshkent)
2023 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2023— Paxtakor 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Nikita Nikolayevich Shevchenko (ruscha: Никита Николаевич Шевченко, 27.11.2003, Kursk, Rossiya) – rossiyalik futbolchi. 2023-yil 1-iyundan „Paxtakor“ klubi darvozaboni[1][2][3][4][5].

Kurskda tugʻilgan. Kursk shahridagi 4-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabida, murabbiylar Oleg Leonidovich Delov va Dmitriy Aleksandrovich Telnix qoʻl ostida futbol oid daslabki bilimlarni olgan[6].

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 25-fevralda „Sochi“ klubining yoshlar jamoasiga oʻtgan[7]. 2022-yil fevral oyida Toshkentning „Lokomotiv“ klubining yoshlar jamoasiga qoʻshilgan.

2023-yil qishki tayyorgarlik davrida „Paxtakor“ klubi safiga oʻtgan. 2023-yilgi mavsumda ushbu jamoa tarkibida Oʻzbekiston chempioni unvonini qoʻlga kiritgan[8]. Shuningdek, ikki marta Oʻzbekiston Superkubogi finalida ishtirok etgan (2023, 2024)[9].

2025-yil 27-aprelda Oʻzbekiston chempionatida „Shoʻrtan“ klubiga qarshi oʻyinda professional futboldagi debyutini oʻtkazgan[10].