Saidazamat Mirsaidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saidazamat Mirsaidov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Saidazamat Mirsaidov
Tavallud sanasi 19-iyul 2001-yil (2001-07-19) (22 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Navbahor
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—2020 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020— Paxtakor - (-)
2021—2022   Olimpik 40 (1)
2023 Olimpik 24 (1)
2024— Navbahor
Milliy terma jamoa
2018—2020 Oʻzbekiston U-20 3 (0)
2021— Oʻzbekiston U-23 20 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Saidazamat Mirsaidov (ruscha: Саидазамат Мирсаидов; 19-iyul 2001-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik qanot himoyachisi, Namanganning „Navbahor“ va Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saidazamat Toshkentning „Paxtakor“ klubi akademiyasida taʼlim olgan. 2020-yilgi mavsumda asosiy jamoa tarkibida mashgʻulotlar oʻtkazgan. 2021-yilgi mavsumda yanggi tashkil etilgan, Toshkentning „Olimpik“ jamoasiga Paxtakor klubi tomonida ikki mavsumga ijaraga berilgan. Olimpik jamoasi tarkibida dastlab Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etgan va uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritib oʻtish oʻyinida qatnashgan. Oʻtish oʻyinida Muborakning „Mashʼal“ klubini magʻlub etib Olimpik jamoasi bilan Oʻzbekiston Superligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan[1]. 2022-yilgi mavsumda ilk bor Oʻzbekiston Superligasida ilk debyut mavsumini oʻtkazdi va 24 ta oʻyinda 1 ta gol muallifiga aylandi. Oʻzbekiston Superligasidagi debyut golini Olmaliqning „OKMK“ klubiga qarshi safardagi oʻyinda kiritdi va yakunda jamoasi 2-1 hisobida magʻlub boʻldi[2]. 2023-yilgi mavsumda „Olimpik“ jamoasi bilan shartnomani uzaytirgan Saidazamat mavsum davomida 24 ta oʻyinda ishtirok etib 1 ta gol muallifiga aylandi. 2024-yilgi mavsum oldidan AFC Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchisi Namanganning „Navbahor“ jamoasidan jiddiy qiziqish mavjudligi va Navbahor klubiga oʻtayotganligi toʻgʻrisida OAVda habar qilingan[3].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saidazamat Oʻzbekiston terma jamoalar tizimiga 2018-yilda ilk bor jalb etilgan. 2022-yil Toshkentda oʻtkazilgan AFC U-23 Osiyo kubogi musoboqasida Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida ishtirok etib kumush medallarni qoʻlga kiritgan. 2023-yil Xitoyda oʻtkazilgan Osiyo Oʻyinlari 2022 musoboqasida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida[4] 5 ta oʻyinda ishtirok etib yakunda bronza medalni qoʻlga kiritgan. 2022-yil 13-noyabrda Srečko Katanec murabbiyligi boshchiligidagi Oʻzbekiston terma jamoasi yiginlariga ilk bor chaqiruv olgan[5].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]