Dilshod Saitov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dilshod Saitov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dilshod Boxodirovich Saitov
Tavallud sanasi 22-fevral 1999-yil (1999-02-22) (25 yosh)
Tavallud joyi Kitob Oʻzbekiston
Boʻyi 1,71 m
Ampluasi Himoyachi
Vazni 67 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Paxtakor
Raqami 77
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2022 Oʻzbekiston Nasaf 106 (11)
2023— Oʻzbekiston Paxtakor 12 (0)
Milliy terma jamoa
2019—2021 Oʻzbekiston UZB U-23 3 (0)
2021— Oʻzbekiston Oʻzbekiston termasi 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Dilshod Saitov (1999-yil 2-fevralda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, Paxtakor klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi himoyachisi[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dilshod Saitov — Nasaf futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2017-2018-yilgi mavsumda Dilshod Saitov Nasaf klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan.

Nasaf safida[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 1-yanvaridan Dilshod Saitov Nasaf U21 jamoasidan Nasafning asosiy jamoasiga koʻchib oʻtadi. Dilshod Saitovning oʻyin uslubi Roʻziqul Berdiyevga yoqadi. Dilshod Saitov Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida birinchi mavsumida 7 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va umumiy hisobda 568 daqiqa maydonda toʻp suradi.

2019-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilgi mavsumda Dilshod Saitov Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 26 ta oʻyinda maydonga tushdi 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Umumiy hisobda 2.018 daqiqa maydonda toʻp suradi[2].

2020-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilgi mavsumda Dilshod Saitov Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 17 ta oʻyinda maydonga tushdi 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Umumiy hisobda 1.269 daqiqa maydonda toʻp suradi[3].

2021-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilgi mavsumda Dilshod Saitov Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 23 ta oʻyinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Umumiy hisobda 1.541 daqiqa maydonda toʻp suradi[4].

2022-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilgi mavsumda Dilshod Saitov Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 16 ta oʻyinda maydonga tushdi 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Umumiy hisobda 1.312 daqiqa maydonda toʻp suradi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dilshod Saitov Oʻzbekiston U23 va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi oʻynadi. Oʻzbekiston U23 jamoasi safida ilk bor 2019-yil 22-martda Hindiston U23 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida ilk bor 2021-yil 9-oktabrda Malayziya milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan[5].

Faoliyatidagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub safidagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub safida musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar statistikasi
Klub Mavsum Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston kubogi Osiyo Chempionlar ligasi Boshqa Umumiy
Chempionat Isht Gollar Isht Gollar Isht Gollar Isht Gollar Isht Gollar
Nasaf 2018-yil Superliga 7 0 9 1 0 0 16 1
2019-yil Superliga 26 4 3 0 0 0 29 4
2020-yil Superliga 17 1 0 1 0 0 17 2
2021-yil Superliga 23 0 6 0 7 3 30 9
2022-yil Superliga 16 2 2 0 6 0 24 2
Jami 89 7 9 2 13 3 116 18

Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston milliy terma jamoasida
Yil Isht Gollar
2022-yil 4 -
Jami 4 -

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]