Darvozabon (futbol)
Darvozabon (shuningdek, golkiper inglizcha: goalkeeper so‘zidan olingan) — darvozani himoya qiluvchi futbolchi. Asosiy maqsadi raqib jamoa futbolchilarini gol urishiga yo‘l qo‘ymaslik. Ko‘pincha jarima maydonchasi ichida darvoza yaqinida o‘ynaydi. Darvozabonlar odatda, baland bo‘yli, yaxshi refleks va ajoyib epchillikka ega futbolchilar bo‘lishadi. Odatda har bir jamoada asosiy darvozabon va ikki nafar o‘rinbosar darvozabonlar bo‘ladi.
Qo‘l bilan o‘ynash[tahrir | manbasini tahrirlash]
Darvozabon atayin qo‘llari bilan to‘pga tegishi mumkin bo‘lgan (autdan uzatilgan to‘plarni hisobga olmaganda) yagona o‘yinchidir. U darvoza tomon yo‘llangan zarbalarni qo‘llari bilan qaytaradi; to‘plarni ushlab olib jarima maydonchasi va darvoza maydoniga havodan yoki pasdan uzatadi, shuningdek, „birga — bir“ holatlarda to‘pni egallab oladi. 1912-yilda darvozabonlarning darvoza yaqinidagi jarima maydonchasi ichida qoʻli bilan toʻpga tegib o‘ynashi mumkin bo‘lgan hudud chegarasi belgilab qo‘yildi (bunga qadar darvozabonlar maydon markazigacha bo‘lgan hududda qoʻllari bilan to‘pga tegib oʻynashi mumkin bo‘lgan). Jarima maydonchasi tashqarisida darvozabon oddiy o‘yinchi kabi harakat qiladi (xususan, o‘z jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qo‘li bilan ushlasa, ushbu vaziyatda qolgan o‘yinchilar qanday jazolansa, darvozabonga ham xuddi shunday jazo belgilanadi). Darvozabon o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan tashlab, o‘z darvozasiga ham gol urishi mumkin va bu gol hisobga olinadi (masalan, SSSR chempionatida bunday holat 1971-yilda sodir bo‘lgan) [1]. Shu bilan birga, darvozabon to‘pni qo‘li bilan o‘ynab raqib jamoa darvozasiga tashlashga haqli emas — rasmiy o‘yin qoidalarining „10 — qoidasi“ga ko‘ra, „Agar darvozabon to‘p(koptok)ni qo‘li bilan tog‘ridan — to‘g‘ri raqib darvozasi tomonga uloqtirsa — darvozaga zarba beriladi yoki belgilanadi“. [2]
Shuningdek, darvozabon o‘z jamoadoshi tominidan uzatilgan uzatma va autdan oshirilgan to‘pni qo‘li bilan ushlashi mumkin emas (to‘pni tananing beldan yuqori bo‘lgan biron bir qismi bilan qabul qilib olib qonuniy paslar uzatishi yoki oyog‘i bilan to‘xtatib keyin to‘pni qo‘lga olishi mumkin). To‘p jamoadoshiga tasodifan tegib ketganidan keyin darvozbon uni qo‘li bilan ushashi qoidabuzarlik hisoblanmaydi. Biroq darvozabon jamoadoshi tomonidan uzatilgan to‘pni qasddan qo‘llari bilan qabul qilsa, bu qoidabuzarlik uchun bilvosita uning darvozasi tomonga jarima zarbasi belgilanadi. Garchi o‘yin davomida darvozabon, qoida tariqasida, himoya qilinayotgan darvozaga yaqin bo‘lsa-da, uning jarima maydonchasini tark etishiga hech qanday taqiq yo‘q. Xususan, darvozabon o‘z jamoasining hujum harakatlariga bog‘lanib, hatto gol urishi ham mumkin.
O‘yin texnikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Darvozabon o‘yin davomida to‘pni mahkam quchoqlab olish, zarb bilan uzatilgan to‘pni tananing biron bir qismi bilan qabul qilib olish (to‘pni qo‘l bilan ushlashning iloji bo‘lmasa), pasdan to‘pga oyoq bilan tegib, to‘pni sakratgandan so‘ng ushlab olish kabi usullardan foydalanadi.
Darvozabonning o‘ziga xos fazilatlari (qobiliyatlari)[tahrir | manbasini tahrirlash]
Darvozabonlarning tana tuzilishi atletlarga xos bo‘lishi, jarima maydonchasi ichida unga alohida ustunliklarni taqdim etuvchi sakrash qobiliyatiga ega bo‘lishi, harakatchanlik, quvvat, epchillik, akrobatit harakatlar va raqibni ortda qoldirish kabi fazilatlarga ega bo‘lishi talab etilib, to‘pni har qanday holatda to‘xtib o‘ziga bo‘ysundirishi va ushlay olishi yoki mushtlari bilan qaytarishi kerak bo‘ladi. Qabul qilib olgan to‘pni kuchli zarb bilan uloqtirishi yoki uzatib berishi lozim. Shuningdek, ushlab olish imkonsiz bo‘lgan holatlarda to‘pni darvoza ustini tepasidan yoki yonidan o‘tkazib yuborishi talab etiladi.
Darvozabon o‘z darvozasi oldida to‘g‘ri pozitsiyani tanlay olishi, to‘pni qaytarishda ishonchli o‘ynashi, darvoza oldida himoyani tashkil qilishi va tezkorlik bilan qarshi hujumga o‘tishni tashkillashtirishi kerak. Darvozabonning o‘yinida ehtimollik va kutilmagan vaziyatlar tez-tez yuzaga kelishi bois, undan topqirlik, tezkor reaksiya, diqqatni jamlash va harakatni muvofiqlashtirish qobiliyati, harakatlarning fazoviy, vaqtinchalik, dinamik aniqligi va biomexanik oqilona qarorlarni qabul qilish talab qilinadi .[3]
Harakatni muvofiqlashtirish qobiliyatlari deganda tez, aniq, maqsadga muvofiq, vaqtdan unumli foydalangan holda mohirona tarzda, yaʼni harakatli muammolarni (ayniqsa murakkab va kutilmagan qiyinchiliklarni) eng mukammal usulda hal qilish qobiliyati tushuniladi [4]
Darvozabonlar libosi[tahrir | manbasini tahrirlash]
FIFA tomonidan tasdiqlangan futbol o‘yinining 4-qoidasiga ko‘ra, darvozabon o‘z formasi bilan jamoaning boshqa aʼzolaridan, raqib jamoa o‘yinchilaridan, shuningdek, uchrashuv hakamlaridan farq qilishi talab etiladi. Baʼzi darvozabonlarni kiyinish uslubidan muxllislari yaxshi tanishgan, jumladan, Lev Yashin liboslari rangiga ko‘ra „qora pantera“ laqabini olgan. Xorxe Kampos ham rang-barang formasi bilan ajralib turgan. Odatda jamoadagi birinchi raqam darvozabon uchun saqlanadi. Futbol tarixida ushbu qoida istisno qilingan holatlar ham bo‘lgan, bular — braziliyalik Gilmar (1958-yilgi Jahon chempionatida 3-o‘rin) va argentinalik darvozabonlar Ubaldo Fillol, Neri Pumpido, Xorxe Goykoechea va boshqalardir. (1974-yildan 1990-yilgacha bo‘lgan davrda Argentina milliy terma jamoasidagi raqamlar ampluasidan qatʼiy nazar alifbo bo‘yicha taqsimlangan).
Barcha futbolchilar uchun majburiy bo‘lgan asosiy anjomlardan tashqari, darvozabonlar uchun zarbalarni yumshatuvchi va to‘pni yanada ishonchli egallash imkonini beruvchi maxsus qo‘lqoplar yaratilgan. Bunday qo‘lqoplar orasida barmoqlar cho‘zilishi kabi jarohatlarning oldini olish uchun mo‘ljallangan xususiyatlarga ega turlari ham mavjud. Darvozabonlarning qo‘lqopdan foydalanishi majburiy emas, biroq professional darvozabonlarning qo‘lqoplardan foydalanmasligini kamdan-kam holatda ko‘rish mumkin. Qo‘lqoplardan birinchi marta XX-asr o‘rtalarida argentinalik darvozabon Amadeo Karriso foydalangan.
O‘yin davomida shuningdek, boshqa anjomlardan foydalanishga ham ruxsat beriladi. Bu darvozabon uchun ham, jamoaning boshqa ishtirokchilari uchun ham turli travmatik holatlarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladigan yumshoq himoya dubulg‘asi yoki yumshoq qalpoqlar bo‘lishi mumkin. Masalan, chexiyalik darvozabon Petr Chex jarohatdan so‘ng doimiy ravishda himoya dubulg‘asidan [5] foydalanadi, bu esa o‘sha paytdan beri uning „tashrif qog‘ozi“ga aylangan.
Darvozabonlarni almashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]
O‘yin to‘xtab turgan vaqtda istalgan o‘yinchi darvozabon bilan o‘rnini almashtirishi mumkin (hakamni oldindan xabardor qilish orqali), shundan so‘ng darvozabonning barcha huquqlari ushbu o‘yinchiga o‘tadi [6]. Amalda bu qoida odatda darvozabon jarohat olganda yoki maydondan chetlatilganda, shuningdek jamoada o‘yinchi almashtirish limiti tugatgan yoki o‘rinbosar darvozabon yo‘q bo‘lgan vaziyatda qo‘llaniladi. Bunday almashtirishlarning soni cheksiz bo‘lishi mumkin. Zaxiradagi 2 nafar darvozabon (majburiy) va qolgan o‘yinchilar ham darvozada turishi mumkin.
Darvozabonlar hujumda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Darvozabonning asosiy vazifasi o‘z darvozasini himoya qilish bo‘lishiga qaramay, baʼzi darvozabonlar ko‘pincha o‘z jarima maydonlaridan tashqarida yaxshi o‘yin namoyish etishadi. Bunday darvozabonlar sirasiga Rene Iguita, Xorxe Kampos, Bryus Grobbelaar, Manuel Noyerlarni kiritish mumkin. Darvozabonlarning bunday o‘yin uslubi biroz xavfli bo‘lib, agar darvozabon xatoga yo‘l qo‘ysa, raqib jamoa aʼzosi bo‘sh qolgan darvozaga gol kiritishi mumkin (masalan, 1990-yilgi jahon chempionatining 1/8 finalida Rene Iguitaning xatosi Kolumbiya va Kamerun o‘rtasida kechgan uchrashuvda kolumbiyaliklarning mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgan).
Darvozabonlar baʼzi hollarda gol ham urishadi. Bu odatda quyidagi holatlarda sodir bo‘ladi:
- Darvozabonlar jarima zarbalari va penalti tepishda aniq trayektoriya bo‘yicha harakatlanadi (bunday o‘yinchilarga Manuel Noyer, Rene Iguita, Rojerio Seni, Xose Luis Chilavert, Xans-Yorg Butt va boshqalarni kiritish mumkin). Biroq darvozabon jarima zarbasi yoki penalti tepganida, raqib jamoaning qarshi hujumga o‘tishi va bo‘sh qolgan darvozaga gol urish xavfi mavjud bo‘ladi.
- Darvozabon o‘yinning so‘nggi daqiqalarida kerakli golni urish maqsadida jamoasini hujumga chorlashi mumkin. Xorxe Kampos, Mikelanjelo Rampulla, Piter Shmeyxel, Mart Pum, Yens Lemann (2ta gol) va boshqalar ayni shu kabi holatlarda gol urishgan. 2007-yil 15-mart kuni UEFA kubogi 1/8 finali doirasidagi „Sevilya“-"Shaxtyor" uchrashuvida o‘yin „Shaxtyor“ foydasiga 2:1 hisobida yakunlanayotgan so‘nggi daqiqalarda „Sevilya“ darvozaboni Andres Palopning urgan goli uning klubi foydasiga o‘yinda qo‘shimcha vaqt taqdim etgan. Shu tariqa o‘yin Andres Palop jamoasi foydasiga g‘alaba bilan yakunlangan (uning jamoasi UEFA kubogini ham qo‘lga kiritgan).
- Darvozabon o‘z jarima maydonchasidan turib uzoq masofaga zarba yo‘llab gol urishi mumkin. (bunday tajribani Pat Jennings, Dragan Pantelich, Pol Robinson, Yuriy Jevnov, Tim Xovardlar amaliyotida kuzatish mumkin </ref>[7])
Rojerio Seni ayni damda darvozabonlar orasida professional tarzda gol urish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Xose Luis Chilavert terma jamoasi uchun eng ko‘p urilgan gol muallifi(8), shuningdek, darvozabonlar orasida xet-trikka erishgan yagona o‘yinchidir (Argentinaning „Veles Sarsfild“ va ,,Ferrokaril Oeste" klublari o‘rtasida 1999-yilning noyabr oyida o‘tkazilgan o‘yinda ,,Veles Sarsfild" 6:1 hisobida g‘alaba qozongan. Ushbu uchrashuvda Chilavert penaltidan uchta gol kiritgan).
Professional faoliyati davomida eng ko‘p gol urgan 10 ta darvozabon[tahrir | manbasini tahrirlash]
(2014-yil 16-sentabr holatiga ko‘ra)
№ | Ismi | Gollar soni | Davlat | Faoliyat yillari | Terma jamaoda | Havola |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | Rojerio Sеni | 123 | ![]() |
1992—2015 | 1997—2006 | IFFHS |
2 | Хоsе Luis Chilavert | 62 | ![]() |
1983—2005 | 1989—2003 | IFFHS |
3 | Rеnе Igita | 41 | ![]() |
1985—2010 | 1987—1999 | IFFHS |
4 | Хоrхе Каmpos | 40 | ![]() |
1988—2004 | 1994—2004 | IFFHS |
5 | Dimitr Ivankov | 40 | ![]() |
1995—2011 | 2003—2010 | IFFHS |
6 | Jonni Vegas | 39 | ![]() |
1997—2017 | 1999—2000 | IFFHS |
7 | Мishel Аlvaro | 39 | ![]() |
1988—2010 | 1991—2005 | IFFHS |
8 | Хаns-Yorg Butt | 29 | ![]() |
1994—2012 | 1999—2010 | IFFHS |
9 | Маrkо Коrnes | 24 | ![]() |
1975—1998 | 1983—1995 | IFFHS |
10 | Dragan Pantelich | 22 | ![]() |
1971—1985 | 1979—1984 | IFFHS |
XFTSF (Xalqaro Futbol Tarixi va Statistikasi Federatsiyasi) talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi darvozabonlari
Madaniyat va sanʼat asarlarida darvozabonlar faoliyatining yoritilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Yuventus futbolkasidagi avto portret“ (1926-1930-yillar), italiyalik rassom Domeniko Dyurante ijodiga mansub ushbu asarda 1900-1911-yillar Turin klublari futbolchi-darvozabonlari tasvirlangan
- Darvozabon (film, 1936-yil), SSSR
- Darvozabon (muallif Grigoryev), SSSR(1949-yil), II-darajali Stalin mukofoti bilan taqdirlangan
- Futbolchilar (Chaykov haykali), SSSR (1938-yil)
- Darvozabon (film, 2000-yil), Ispaniya
- Match (film, 2012-yil), Rossiya
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Случай с вратарём, «Физкультура и спорт», № 7, 1971 год“. 11-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-fevral 2017-yil.
- ↑ „официальный перевод РФС Правил игры в футбол на сезон 2019/20, стр. 93“. 19-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-aprel 2020-yil.
- ↑ Берштейн, Н.А. О ловкости и ее развитии / Н.А. Бернштейн. — Москва, 1991. — С. 228 с..
- ↑ Шамардин, А. А. Координационные способности юных футболистов как критерий прогнозирования их специфических двигательных возможностей // Известия Волгоградского государственного педагогического университета. — 2008. — № 1 (25). — С. 115—117.
- ↑ „Футбольной вратарь сборной Чехии и лондонского «Челси», один из лучших голкиперов мира“. 19-iyun 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-iyun 2014-yil.
- ↑ The International Football Association Board Правила игры. — Zurich, Switzerland, 2019/20. — С. 51. — 230 с.
- ↑ Бразильский вратарь забил победный гол из своей штрафной // 8 марта 2015
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Последний рубеж: необычные и интересные факты о футбольных голкиперах // euro2020.ria.ru, 26.02.2020