Mozori Sharif darvozasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mozori Sharif darvozasi
Joylashuvi
Hudud Buxoro viloyati
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Umumiy maʼlumotlar
Qurdirgan hukmdor Abdullaxon II
Arxitekturasi
Meʼmoriy uslubi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Qurilish materiali pishgan gʻisht
Balandligi 11 metr
Map
Mozori Sharif darvozasi xaritada
Mozori Sharif darvozasi

Mozori Sharif darvozasi — Buxoro darvozasi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mozori Sharif darvozasi Shayboniy hukmdor Abdullaxon II Buxoro shahrini kengaytirishi natijasida Bahouddin ziyoratgohiga boradigan yo‘l ustida bunyod etadi[1]. XIII asrgacha darvoza Kalabod darvozasi deb atalgan. Darvoza Xoja Muhammad Bahovuddin Naqshbandiy (1318-1388) ziyoratgohiga borganligi sababli „Mozor“, „Mozori Bahovuddin“ nomlari bilan atalgan[2].

Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mozori Sharif darvozasi salobatli va keng, 18 ta gultojdan iborat bo‘lib, svod timpan (ravoq) kiteba ya‘ni arkasiz shaklda bunyod etilgan. Darvoza 3 ta mo‘ri (teshik)dan iborat va yuqorisi tekis g‘isht bilan soyali qilib qurilgan. Darvoza balandligi 11 metrni tashkil etib, shaharning qal’a devoriga teng hisoblangan. Mozori Sharif darvozasi yonida  darvozabonlar uchun maxsus xonalar va soqchilar uchun alohida joy mavjud bo‘lgan. Darvoza qattiq qayrag‘ochdan mustahkam va qalin qilib qurilgan. Darvozaning mustahkamligini yanada oshirish uchun yog’och materiallar qizdirilgan yog‘ga botirib olingan. Darvoza yo‘g‘on to‘sinlar va temir mixlar bilan yaxlit tabaqali qilib yasalgan. Darvoza uchun halqa va zulfinlari mis temiridan haftjush usulida ishlangan. Darvoza tepa to‘sinlari gujumdan va ostonasi tut daraxtidan tayyorlangan. Ushbu darvozalar har qanday sharoitda vaqt o‘tishiga qaramay, o‘z sifatini yo‘qotmasdan asrlar osha xizmat qilgan. Mazori Sharif darvozasidan vafot etgan hukmdorlar jasadi chiqarilib, Fayzobod xonaqohida janoza o‘qilgan. U yerdan piyoda Bahouddin Naqshband mazoriga borilgan va dafn qilingan. Darvoza yonidan Buxoroning mashhur Shohrud arig‘i oqib o‘tgan. Bu darvoza orqali seshanba, chorshanba, ayniqsa hayit kunlari shahar aholisi Hazrat Bahouddin Naqshband ziyoratiga borgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства (историко-этнографические очерки). Ташкент: Изд-во академии наук Узбекской ССР, 1958 — 145 bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592 bet. 
  3. To'rayev H.H. Buxoro tarixi. Buxoro: Durdona, 2020 — 320 bet. ISBN 978-9943-6571-0-6.