Qarshi choʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qarshi choʻli, Qarshi dashti — Oʻrta Osiyoning janubidagi tekislik. Qashqadaryo viloyatining gʻarbiy va Turkmanistonning sharqiy qismida joylashgan. Maydoni 13 ming km². Sharqda Hisor va Zarafshon togʻlarining togʻ oldi oʻydimchuqur qiya tekisliklari, shimolida Qarnob choʻli, gʻarb va janubi-gʻarbda Devxona platosi, janubiy va janubi-sharqda Amudaryo va Qashqadaryo havzalarini ajratuvchi tepaliklar bilan chegaralangan. Qarshi choʻlining asosiy qismini Qashqadaryoning deltasi egallagan. Qarnob choʻli bilan Qarshi choʻli oʻrtasidagi tabiiy chegara Shoʻrsoy botigʻidan oʻtadi. Qarshi choʻlining relyefi, asosan, toʻlqinsimon tekislikdan iborat. Oʻrtacha balandligi sharqiy qismida 400–500 m, gʻarbida esa 200–260 m. Qarshi choʻli zamini paleozoy davrida vujudga kelgan. Keyingi geologik davrlarda bir necha marta suv ostida qolgan. Paleogenning oxiri va neogenning boshlarida dengiz suvi chekinib quruqlikka aylangan. Yer yuzasining ustki qavati, asosan, daryo va soylar oqizib keltirgan oqiziqlar — loyqalar, qumoq va qumloq yotqiziqlar qum bilan qoplangan. Qarshi choʻlida Qoʻngʻirtov, Kosontogʻ, Maymanoqtov, Aloviddin, Doʻltalitov, Qoraqir, Saksondara kabi qirlar, Shoʻrsoy, Choragʻil kabi botiklar bor. Platosimon va oddiy qirlar (Saritosh — Jarqoq, Oqjar, Azkamar, Setalantepa, Buyerman va boshqalar) mavjud. Choʻlning janubi-gʻarbiy va gʻarbiy qismining katta maydonlari qum uyumlari va tepalari bilan band. Iqlimi keskin kontinental, qishi qisqa (yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,5°, eng past temperatura — 28°). Bahor erta keladi, lekin, juda tez issiq boshlanadi. Yozi uzoq davom etib, juda quruq va issiq boʻladi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28,2°—31,6°. Eng yuqori temperatura 47°. Vegetatsiya davri 226—248 kun. Yogʻin kam, hudud boʻyicha notekis taqsimlangan (gʻarbida 146 mm, sharqida 230 mm gacha). Asosiy qismi qish va bahorda yogʻadi. Qor qoplami har yili bir xil emas, baʼzi yillar 10—25 kun saqlanishi mumkin. Qor qalinligi 15—20 sm, ayrim yillari 30—40 sm ga yetadi. Shamol va chang toʻzonli boʻronlar boʻlib turadi. Yozda quruq va issiq havo oqimlari ("garmsel") koʻpincha changli boʻronlar bilan birgalikda sodir boʻladi. Choʻlda tabiiy suv manb&tari kam (Qashqadaryoni hisobga olmaganda). Oʻzlashtirilgan yerlarni suv bilan taʼminlashni yaxshilash va yangi yerlarni xoʻjalik muomalasiga kiritish maqsadida Qashqadaryo havzasida Chimqoʻrgʻon, Pachkamar va boshqalar kichikroq suv omborlari qurilgan. Chimqoʻrgʻon suv omborini suv bilan taʼminlashni yaxshilash uchun Zarafshon daryosidan boshlanuvchi va miloddan avvalgi 2-asrda qazilgan va moʻgʻullar tomonidan koʻmilib tashlangan Eski Anhor kanali 1953—55 yillarda tiklanib ishga tushirildi. 1972 yilda Qarshi magistral kanali va Tallimarjon suv ombori barpo etildi. Zich joylashgan kollektor — zovur tarmoqlari mavjud. Qarshi choʻli Buxoro — Qarshi artezian havzasi tarkibiga kiradi. Havzada yer osti shoʻr suv qatlamlari turli chuqurliklarda, toʻrtlamchi, neogen, paleogen, boʻr, yura va paleozoy davrlari togʻ jinslarida joylashgan. Ularning tarkibida xloridsulfat tuzlari mavjud. Paleozoy davri qatlamlaridagi suvlar yuqori bosimli. Qarshi choʻlining sharqiy va shimoli-sharqiy chala choʻl qismida och tusli boʻz, gʻarbiy hududida shoʻrlanish darajasi har xil boʻlgan taqirli, surqoʻngʻir, Shoʻrasoy, Choragʻil botiqlarida va oʻzansimon pastliklarda shoʻrtob, shoʻrxok, daryo boʻylarida va sugʻoriladigan yerlarda oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Choʻlning sugʻoriladigan yerlarida sizot suvlar yer yuzasiga chiqib tuproqlarning shoʻrlanishiga sabab boʻlmoqda. Shu sababli maxsus meliorativ choratadbirlar amalga oshirilmoqda. Oʻsimliq turlari har xil. Choʻl mintaqasida shuvoq, singren, juzgʻun, quyonsuyak, keyreuq, yantoq va yulgʻun oʻsimliklari keng tarqalgan. Qumliklarda quyonsuyak, juzgʻun, oq saksovul, selin; taqirli tuproqlarda yulgʻun, qora saksovul bilan birga uchrayi. Boʻzqoʻngʻir tuproqlarda partesingren va turli efemerlar tarqalgan. Shoʻrxoklarda, asosan, sarsazan, donashoʻr, ajriq, shoʻralar oʻsadi. Daryo oʻzani yaqinidagi toʻqay oʻsimliklari yulgʻun, yantoq, baʼzan, qora saksovul, turli efemerlardan iborat. Qarshi choʻli tabiiy gaz va neft zaxiralariga boy. Mashhur Shoʻrtan tabiiy gaz koni, shuningdek, Zevardi, Koʻkdumaloq va boshqalar yirik neft va gaz kondensat konlari bor. Yangi yerlarni oʻzlashtirish, qoʻplab neft va gaz konlarining ochilishi (Muborak, Pomuq atroflarida) bilan Qarshi choʻlida sanoat rivojlandi. Choʻlda Tallimarjon, Muborak, Koson, Kasbi, Nishon kabi yirik maʼmuriy va sanoat markazlari barpo etiddi. SamarqandQarshi temir yoʻl (144 km), Buxoro — Qarshi elektr liniyalari qurilib ishga tushirildi. Q ch.ning eng yirik sanoat shahri Harshidsr.[1]

Adabiyot[tahrir]

  • Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002; Xodjibayev N.N., Mavlyanov E. V.,Altmev S. A., Injenernaya geologiya Karshinskoy stepi, T., 1976; Babushkin L. N., Kogay N. A., Fizikogeograficheskoye rayonirovaniye Sredney Azii i Uzbekistana, TashGU, vmp. 231, T, 1964.

Manbalar[tahrir]

  1. Mamatqulov, Murod. "Qarshi choʻli" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil