Grigoriy Potanin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Grigoriy Nikolayevich Potanin [1835.22.9(4.10), Pavlodar yaqinidagi Yamishevo posyolkasi — 1920.30.6, Tomsk] — rus sayyohi, etnografi, folklorshunosi; Sibir va Markaziy Osiyo tadqiqotchisi. 1863—64 yillarda Rossiya Geografiya jamiyati tomonidan rus astronomi K.V.Struve rahbar-l i gida Zaysan koʻli va Tarbagʻatay tog tizmasiga uyushtirilgan ekspeditsiyada ishtirok etgan. 1876-77 va 1879-80 yillarda Mongoliyaning shim.-gʻar-biy qismiga va Tuvaga, 1884—86 va 1892—93 yillarda Xitoyning shim.ga, Tibetning sharqiga va Mongoliyaning markaziga va 1899 yilda Katta Xingan togʻlariga ekspeditsiya qilgan. Bu ekspedi-siyalar natijasida oʻsha paytgacha yaxshi oʻrganilmagan Markaziy Osiyo toʻgʻrisida keng geografik va etnografik maʼlumotlar olingan, katta gerbariy va zoologik kolleksiyalar toʻplagan. P.ning , ayniqsa, Sibir va Markaziy Osiyodagi turkiy va mongol xalklarining hamda tangut, xitoy, dunganlarning madaniyati, urf-odati va sanʼati hakdda yiqqan materiallari kimmatli-dir. P. Markaziy Osiyo xalklarining eposi urta asr Yevropasining folklori va adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatganligini ilmiy asoslab bergan. Nanshan tizmalaridan biri va Oltoy togʻlaridagi muzlik P. nomiga koʻyilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • Obruchev V.A. Puteshestviya Potanina, M., 1953.
  • Puteshestviya po Mongolii, M., 1948.