Xitoy (urugʻ)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xitoy, qtoy, kidan — turkiy urugʻlardan biri. Ularning ajdodlari qad. kidanlar boʻlgan (qarang Kidonlar). 11-asrga kelib ularning Shim. Xitoydagi davlati tugatilgach, bir qismi Oʻrta Osiyoga koʻchib oʻtgan. Manbalarda ularni qoraX. deb atashgan (qarang Qoraxitoylar). 16-asrda X.larning bir qismi Shayboniyxon qoʻshinlari tarkibiga kirgan. 17-asrda X.larning katta guruhi kipchoqlar bilan birgaliqda X.qipchoqlar qabilaviy ittifoqini tuzganlar va Urta Zarafshon vohasiga koʻchib oʻtganlar.Hozirda ham Zarafshon vohasida Xitoypoyon mahallasi kabi shu urug'ga mansub qishloqlar mavjud. Bu qabilaviy ittifoq 19-asrning oʻrtalarigacha davlatning siyosiy hayotida muhim oʻrin tutib kelgan. X.lar 3 katta uruqqa boʻlingan: qanjigʻaliX., qoʻshtamgʻaliX. va oʻtarchi. 19-asrning 70-yillarida Samarqand viloyatida yashovchi Xlar 45 ming kishini tashkil qilgan. X.lar Buxoro, Xorazm viloyatlarida ham yashaganlar. X.lar qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, boshqird va boshqa turkiy xalqlar tarkibiga kirgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Shaniyazov K., K etnicheskoy istorii uzbekskogo naroda, T., 1977.