Sulduz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sulduz, suldus — turklashgan moʻgʻul qabilalardan biri. S.larning katta bir guruhi Chingizxon qoʻshini tarkibida Dashti Qipchoq va qisman hozirgi Oʻzbekiston hududi hamda Afgʻonistonning shim.ga kelib joylashgan, keyinchalik Ozarbayjon, Eronga ham oʻtishgan. Toyjuvutlar qabilasi bilan urushganda katta yordam berganlari tufayli Chingizxon saroyidagi eng nufuzli amirlar S.lardan boʻlgan. Ular Moʻgullar davlati tarkibidagi Movarounnahr, Moʻgʻuliston, Xitoy va Eronda xizmat qilishgan. Qoʻngʻirotlar amiri Qozogʻon (1346—58) vafotidan soʻng amir Bayon Sulduz bir necha yil Samarqandda hokimlik qilgan, Balx viloyatining bir qismiga S.larning qabila boshligʻi Oʻljoy bugʻo S. rahbarlik qilgan. S.lar Amir Temur va temuriylar davrida ham nufuzga ega boʻlishgan. Keyinchalik S.lar Shayboniyxon xizmatiga oʻtadilar. Tojikistonning Baljuvon bekligida S.bolo va S.poyon qishloqlari boʻlgan. S. nomi oʻzbek qabilalari roʻyxatiga kiritilgan oʻrta asr manbalarida uchraydi. 16—17-asrlarda Slar oʻtroklashib, mahalliy xalqdar tarkibiga singib ketgan. Ammo 20-asrning boshlarida oʻzbek urugʻkabilalari orasida S nomi uchramaydi. Chunki bu davrda S.lar Oʻrta Osiyo va Afganistan aholisiga batamom qorishib ketishgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • Qarmisheva B. X., Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и Узбекистана, M., 1976.

Manbalar[tahrir]

  • Ochil Boʻriyev. OʻzME. Toshkent, 2000-2005.