Uyshun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Uyshun, usun, uysun — qadimgi turkiy qabilalardan biri. 3 ta uruqqa (oʻchoqli yoki uchoqti, qoʻshtamgʻali va erganakli) boʻlingan. Mil. av. 3-asrga oid Xitoy manbalarida tilga olingan. Bu vaqtda Uyshunlar Xitoyning shimoli-gʻarbida yashashgan. Umumiy soni 63 ming kishi boʻlib, chorvachilik (asosan, yilqichilik) bilan shugʻullangan. Oʻzaro nizolar natijasida Uyshunlarning katta qismi (4 ming uyli Uyshunlar) mil. av. 2-asr oʻrtalarida Yettisuv va Tyanshanga kelib oʻrnashishgan. Turk xoqoshshgiga birlashgan va u yemirilgach, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston yerlaridagi ilk davlatlar tarkibiga qabila birligi sifatida kirgan. 19-asrning oxiri — 20-asrning boshlarida Uyshunlar oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, boshqird, noʻgʻay, xalqlarining tarkibida boʻlgan.

Manbalar[tahrir]