Batash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Batash, botosh — oʻzbek qabilalaridan biri. B.lar 18 — 19-asrlarda Buxoro xonligining siyosiy hayotida muhim rol oʻynagan. V. Radlovning yozishicha, mangʻitlar sulolasidan boʻlgan Buxoro xoni taxtga oʻtirar ekan, uni 4 qabila vakillari kigizga oʻtqazib 4 tomonidan koʻtarganlar. Bu qabilalar — ming, allot (arlot), bahrin va batash boʻlgan. 19-asrning 70-y.larida Qashqadaryo viloyatida 5 ming B. boʻlgan. B.lar oʻtroq holda Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida ham yashagan. Batash oʻzbek millati tarkibiga kirgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil