Choʻqon Valixonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Valixonov Choʻqon Chingizovich (asl ismi Muhammad Xanafiya) (1835, Qushmurun mavzesi, hozirgi Qozogʻistonning Qoʻstanay viloyati — 1865.? 10, Oltinamal mavzesi, hozirgi Qozogʻiston-ning Toldiqoʻrgʻon viloyati) — maʼrifatparvar-demokrat, tarixchi, etnograf va folklorshunos. Ablayxonning nabirasi xonadonida tugʻilgan. 1853 y. Omsk kadetlar korpusini tugatgach, Gʻarbiy Sibir gubernatorligida xizmat qilgan. Turkiston va Xitoyga qilingan bir qator ekspeditsiyalarda qatnashgan. 1858 y. musulmon savdogari qiyofasida Tyanshan toglari osha Qashqarga borgan, u yerda Sharqiy Turkiston etn. si va Oltishahar tarixiga oid materiallar toʻplagan. 1860—61 y.larda Peterburgda yashab rus demokratlari gʻoyasi bilan yaqindan tanishgan. V. birinchi qozoq rassomi edi Etn. mavzuidagi koʻplab suratlari uning ilmiy va kundalik daftarlarini bezagan. Dastgohli suratlar va akvarellar ("Katta Oʻrda qozoqlari", "Sari Bagʻish urugʻidan boʻlgan Sartay" va b.) yaratgan.

V.ning ilmiy dunyoqarashi keng qamrovli boʻlgan. U Turkiston va Fapbiy Xitoy xalqlarining tarixi va madaniyatiga oid qimmatli tadqiqotlar qoldirgan ("Jungʻoriya ocherklari", 1861; "Qirgʻizlar", 1858; "Ablay", 1861; "Sibir idorasidagi qirgʻizlarda sud islohoti haqida yozishmalar", 1904 va b.). V. xalqogʻzaki ijodi namunalari (doston, qoʻshiq, ertaklar)ni yozib olgan. Qirgʻizlarning qahramonlik eposi — "Manas"ning bir qismini birinchi boʻlib yozib olib rus tiliga tarjima qilgan. V.ning oqinlarning ijro etish sanʼatining oʻziga xos xususiyatlari, qoʻshiq turlari, qozoq sheʼriyatidagi vaznlar haqidagi mulohazalari katta qiziqish uygʻotadi. V. oʻz davridagi tuzumning zoʻravonligini, chorizmning mustamlakachilik siyosatini qoralagan, qozoqlarni oʻtroq hayot tarziga oʻtishini, dehqonchilikni targʻib qilgan. Ilmmaʼrifatga erishish va qisman islohotlar yoʻli bilan qozoq ovullaridagi turmush tarzini tubdan oʻzgartirish mumkin deb hisoblagan. V. gʻoyalari Oltinsarin, Abay Qunonboyev va b. qozoq maʼrifatparvarlari asarlarida oʻz rivojini topgan.

Manbalar[tahrir]

  • Sobraniye soch. v pyati tomax (Vstupit, st. A. Margulana), t. 1—4, Alma-Ata, 1961-68.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil