Qohir Rasulzoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qohir Rasulzoda
Қоҳир Расулзода
Tavallud sanasi: 8-mart, 1961 (1961-03-08)(56 yosh)
Tavallud joyi: Soʻgd viloyati, Tojikiston SSR, SSSR
Fuqaroligi: Tojikiston
Partiyasi: Tojikiston Xalq demokratik partiyasi

Qohir Rasulzoda (toj. Қоҳир Расулзода, 2007-yilgachaNozirov Abduqahhor Rasulovich, 1961-yil 8-mart, Soʻgʻd viloyati, Tojikiston) – 2013-yil 23-noyabrda Prezident Emomali Rahmon tomonidan Tojikiston Bosh vaziri etib tayinlangan. Bunga qadar Soʻgʻd viloyati raisi edi[1].

Biografiyasi[tahrir]

1982-yilda Tojikiston qishloq xoʻjaligi institutini muhandis-mexanik sohasi boʻyicha bitirgan. Texnika fanlari nomzodi. 2000-yildan 2006-yilgacha Tojikiston Melioratsiya va suv xoʻjaligi vaziri boʻlgan. 2006-2008-yillarda - Soʻgʻd viloyati raisi (hokimi). Ikki marta Milliy majlisga (Parlament) saylangan. 2013-yildan mamlakat Bosh vaziri. Ushbu lavozimda 1999-yildan beri ishlab kelgan Oqil Oqilov esa isteʼfoga chiqqan[2][3].

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]