Foydalanuvchi:Yagonam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qashqadaryo viloyatiOʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924-yil 1-noyabrda tashkil etilgan. Respublikaning janubi-gʻarbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir-Oloy togʻ tizmasining gʻarbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma togʻlari orasida. Shimoli-gʻarbdan Buxoro va janubi-sharqdan Surxondaryo viloyatlari, janubi-gʻarb va gʻarbdan Turkmaniston Respublikasi, sharqdan Tojikiston Respublikasi hamda Samarqand viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km². Aholisi 3,408,300 kishi (3-oʻrin) (2022). Viloyat hokimi Murotjon Azimov (2021-yil 18-noyabrdan) Tarkibida 14 tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Koʻkdala tumani), Mirishkor, Muborak, Nishon, Qamashi, Qarshi, Yakkabogʻ, Gʻuzor, Shahrisabz, Chiroqchi, 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 4 shaharcha (Yangi Mirishkor,Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabogʻ, Pomuq), 147 qishloq fuqarolari yigʻini, 1064 qishloq bor (2005).

Qashqadaryo viloyati
viloyat
Tarkibida 14 ta tuman, 1 ta shahar
Maʼmuriy markazi Qarshi
Yirik shaharlari Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Gʻuzor, Yakkabogʻ
Hokim Murodjon Azimov
YAIM 49 trln. 520,8 mlrd. so'm
Rasmiy tili oʻzbekcha
Aholi 3,408,300

(9,7 % ,  (3-oʻrin)

Zichligi 109 kishi./km²
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 28,6 km²
Balandligidengiz sathidan Baland choʻqqisi 4643 metr m
Vaqt mintaqasi UTC+5
Kod ISO 3166-2 UZ-QA
Telefon kodi +998
Internet domeni .uz
Avtomobil raqami kodi 70
Rasmiy sayti Qashqadaryo viloyat hokimligi rasmiy veb sayti
Xaritada

Qashqadaryo viloyati tumanlari haqida alohida maqolalarga qarang: masalan, Dehqonobod tumani, Kasbi tumani va boshqalar.