Kontent qismiga oʻtish

Zuhrabegim

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zuhrabegim — Shayboniylar oʻzbek sulolasi malikasi. Xon avlodiga mansub boʻlgan Zuhrobegim haramdagi barcha ayollardan farq qilib, oʻz davridagi diniy, dunyoviy ilmlardan xabardor boʻlgan hamda mamlakatning siyosiy ijtimoiy va madaniy hayotida faol ishtirok etgan fozila ayollardan biri sanalgan. Qurʼoni Karimda bayʼat qilish huquqi erkaklar bilan bir qatorda ayollarga ham berilgan. Islomda davlat rahbarini saylash, unga itoat etishga ahdlashish „bayʼat“ deyilgan. Oqila, zukko bu ashtarxoniy malika bayʼat yigʻinlarida doimo ishtirok etgan. Dilorom Sangirova islom dinida ayol kishi erkaklar bilan taʼlim olish va dunyo qarashini kengaytirishda teng huquqqa ega boʻlganligini hisobga olib, Zuhrobegim bilimli, did-farosatli, tadbirkor ayol edi degan xulosaga kelgan. U farzand tarbiyasini muhim davlat ishlari qatoriga qoʻygan. Uning farzandlari mamlakatning yetakchi hududlarini boshqarib turgan. Zuhrobegim ularga doimo dono maslahatlari bilan yordam berib borgan. Shuning uchun ham uning bir necha farzandlari va nabiralari ketma-ket Buxoro taxtini boshqargan[1]. Buxorodagi oʻzaro hokimiyat uchun kurashlar shayboniylar sulolasini zaiflashtirib qoʻygan edi. Shu sababdan Buxoro xoni Abdullaxon II (1534—1598) uni qoʻllab-quvvatlab turgan ashtarxoniy Yormuhammad bilan qarindoshlik aloqalarini yanada mustahkamlashga intilgan. Yormuhammadxon bilan shayboniyzoda Maʼsuma sulton xonimning toʻngʻich farzandi boʻlgan Joni Muhammadga Abdullaxon II oʻz singlisi Zuhrobegimni turmushga beradi. Shu orqali yangi sulolaning hokimiyatga kelishiga zamin yaratildi. Mana shu nikohdan dunyoga kelgan xonzodalar Dinmuhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad , Alim Muhammadlar edi. Shuningdek, ularning Ajab xonim va Ammaxonim ismli qiz farzandlari boʻlib, ular malikalar qatorida edi. Ajab xonim Zuhrobegimning toʻngʻich qizi boʻlib, uni mahalliy zodogonlardan Abduxojaga turmushga berishgan. Ularning nikohidan Ibodulla xoja degan farzand dunyoga kelgan. Ajabxonim Abduxojaning vafotidan keyin taomilga koʻra, shahzoda Abdulaziz sultonga turmushga chiqadi. Zuhrobegimning ikkinchi qizi Ammaxonim boʻlgan. Uning Tursun sulton bilan nikohidan bir oʻgʻil tugʻilgan. Tursunxojaning vafotidan keyin Toyibxoja binni Kalonxuja joʻyboriga turmushga chiqadi. Beva qolgan ayolning boshqa nikohga kiritilishi ayollarni taʼminotsiz qoldirmaslik maqsadida amalga oshirilgan[2].


  1. Сангирова Д. Бир сулола шажараси ҳақида. „Sharq mashʼali“. — 2018.
  2. Сангирова Д. Aштархоний хонимларнинг давлат бошқарувидаги ўрни. „Sharqshunoslik“. — 2017.