Shirvon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ShirvonShim. Ozarbayjonda, Kaspiy dengizining gʻarbiy sohilida joylashgan tarixiy viloyat. "SH." atamasi — "Sharvan" shaklida sosoniylar davrida (226651) qadimiy Kavkaz Albaniyasi, keyinchalik Arronini bir qismini anglatish uchun qoʻllanilgan. 654 yil Sh. arablar tomonidan egallangan va keyinchalik Shaybon qabilasidan boʻlgan arab noiblarining merosiy mulkiga aylangan. shahrini 7991538 yillarda shirvonshohlar sulolasi boshqargan. Ularning davrida Sh. hududiga Kura daryosidan Darband shahrigacha boʻlgan yerlar kirgan. PoytaxtiShemaxa shahri Saljuqiylar bosqini vaqtida Sh. Ozarbayjon mustaqilligi uchun kurash markaziga aylangan. 1213-asrlarda ushbu kurash jarayonida Sh. Gruziya bilan yaqinlashgan. 15-asr oʻrtasida Sh. ancha kuchaygan. U ipak yetishtirish va toʻqimachilikning markazlaridan boʻlib, xalqaro savdoda muhim rol oʻynagan. Sh., shuningdek, yirik madaniy markaz boʻlib, unda Nizomiy, Xoqoniy. Falakiy va boshqalar ijod qilganlar. Sifaviylar davlati kuchayishi bilan Sh. ularga qaram boʻlib qolib, 1538-yil shirvonshohlar hokimiyati barham topgan. Sh. Safaviylar davlatining viloyatiga aylangan. 1748-yil Sh. hududida mustaqil Shirvon xonligi barpo etilgan.