Kunduz (shahar)
Kunduz yo Qunduz — Afgʻonistonning shim. qismidagi shahar, Qunduz daryosi boʻyida. Qunduz viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 61 ming kishi (1985). kobul — Qunduz avtomobil yoʻlining soʻnggi manzili. Paxta tozalash, yogʻ-moy va boshqa korxonalari bor.
Q. ilk bor 13-asrga oid qoʻlyozmalarda uchraydi. Baʼzi tarixiy manbalarga koʻra q. 10-a.da yirik shahar boʻlgan Valvaliz (Valvalij) oʻrnida yoki unga yaqin joyda vujudga kelgan. 13-asrda shahar viloyat markazi boʻlgan. 1505-yilda Q.ni Shayboniyxon egallagan. 1510-yilda boburiylar qoʻl ostiga oʻtgan. 1606-yilda Buxoro xoni Vali Muhammadxon Q.ni Balx viloyati tarkibiga kiritdi. 17-asr oʻrtalarida Mahmudiy Qatagʻon Toxa-riston, Taliqon, Keshm viloyatlarini birlashtirib Q.ni uning poytaxti deb eʼlon qilgan. 18—19-asrlarda Qun-duz xonligi tarkibida, 19-asr 2-yarmidan Afgʻoniston davlati tarkibida.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |